× Карта сайта
Sound
Звуковое сопровождение

На сайте присутствует звуковое сопровождение.

Чтобы прослушать текст необходимо выделите его мышкой

Maxsus imkoniyatlar Maxsus imkoniyatlar

Faoliyat

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi – uzluksiz ta’lim tizimida ta’lim sifatini nazorat qilishni yanada takomillashtirish, kadrlar tayyorlash sifati va o‘quv jarayoni samaradorligining xolisona baholanishini ta’minlash, shuningdek, mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlarga mos ravishda ta’lim sifatini yuksak darajaga ko‘tarish sohasida davlat siyosatini amalga oshiradi.

Ta’lim tizimida o‘quv-tarbiya jarayonlari, kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish sifatini nazorat qilish, pedagog kadrlarga malaka toifalarini berish, barcha turdagi davlat va nodavlat ta’lim tashkilotlarini attestatsiya va davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazish, nodavlat ta’lim tashkilotlariga litsenziyalar berish, xorijiy mamlakatlarda berilgan ta’lim to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olishni tashkil etish, ta’lim va fan sohasi tashkilotlari tomonidan beriladigan rasmiy hujjatlarga apostil qo‘yish, O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalari reytingini tuzish va rasman e’lon qilish Davlat inspeksiyasining asosiy vazifalaridan hisoblanadi.

Shuningdek, Davlat inspeksiyasi ta’lim tizimida o‘quv-tarbiya jarayonlari, professor-o‘qituvchilar tarkibi, kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish sifatini nazorat qilish bo‘yicha ta’lim va ilmiy-tadqiqot tashkilotlari rahbarlari tomonidan ta’lim to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga zid holda qabul qilingan buyruqlar, farmoyishlar va qarorlarning amal qilishini to‘xtatib qo‘yish huquqiga ega.