× Карта сайта
Sound
Звуковое сопровождение

На сайте присутствует звуковое сопровождение.

Чтобы прослушать текст необходимо выделите его мышкой

Maxsus imkoniyatlar Maxsus imkoniyatlar

Ta’lim muassasalari attestatsiyasi va davlat akreditatsiyasi bosh boshqarmasi

Attestatsiya

Ta’lim muassasasi faoliyatini baholashda davlat nazoratining asosiy shakli hisoblanib, ta’lim muassasasida kadrlar tayyorlash mazmuni, darajasi va sifatining davlat ta’lim standartlari hamda davlat talablariga muvofiqligini aniqlashdan iborat.

Davlat akkreditatsiyasi

Ta’lim muassasasi faoliyatining davlat ta’lim standartlari va davlat talablari mezon va talablariga javob berishining davlat tomonidan e’tirof etilishi hamda uning bitiruvchilariga davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi ma’lumot to‘g‘risidagi hujjatlarni topshirish huquqini berishdan iborat.

Faoliyatni amalga oshirish mexanizmi

Ta’lim muassasalarini attestatsiya va davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazish O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida” gi va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida” gi qonunlari hamda “Davlat ta`lim muassasalari hamda nodavlat ta`lim tashkilotlarini attestatsiyadan va davlat akkreditatsiyasidan o`tkazish tartibi to'g'risida nizom” va “O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalarini attestatsiyadan o‘tkazish mezonlari bo‘yicha Yo‘riqnoma”ga asosan tashkil etiladi.

Ta’lim muassasasini akkreditatsiyalash Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan attestatsiyaga asosan amalga oshiriladi.

Attestatsiya o‘tkazish tartibi

Ta’lim tashkilotlari har 5 yilda bir marta attestatsiyadan o‘tkaziladi. Yangi tashkil etilgan ta’lim tashkilotlari 5 yildan so’ng attestatsiyadan o’tkaziladi.

Attestatsiya jarayonida ta’lim turlari bo‘yicha ta’lim muassasalarining oxirgi ikki yillik faoliyatini kompleks tahlil etilib, asosan ta’lim-tarbiya jarayonining davlat ta’lim standartlari va davlat talablariga muvofiq tashkil etilganligi, o‘quvchi va tarbiyalanuvchilarning ta’lim-tarbiya dasturlarini o‘zlashtirish darajasi, tarbiyachi-pedagog kadrlarning salohiyati o‘quv-uslubiy ishlarning olib borilishi va o‘quvchilarning darsliklar bilan ta’minlanishiga alohida e’tibor qaratiladi.

Shuningdek, maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalar rivoji uchun o‘yinchoqlar, uslubiy qo‘llanma va bolalar adabiyoti bilan ta’minlanganligi, sport maydonchalari va zarur sharoitlarning yaratilganligi, ovqatlanish hamda dam olish xonalarining belgilangan sanitariya-gigiyenik va estetik talablarga mosligi hisobga olinadi.

Ta’lim muassasalari attestatsiyasi xolislik, to‘la oshkoralik, davriylik va pedagogik etika me’yorlariga amal qilingan holda o‘tkazilib, Davlat inspeksiyasida attestatsiyadan o‘tuvchi ta’lim muassasasi uchun attestatsiyadan o‘tkazish bilan bog‘liq bo‘lgan hujjatlar yig‘ma jildi yig‘iladi va navbatdagi attestatsiya o‘tkazilgunga qadar saqlanadi.

Attestatsiya komissiyalarini tashkil etish va ularning tarkibi

Maktabgacha, umumiy o`rta va maktabdan tashqari ta`lim tashkilotlarini attestatsiyadan o`tkazish uchun Davlat inspektsiyasi tegishliligi bo`yicha O`zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta`lim vazirligi, Xalq ta`limi vazirligi, Madaniyat vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Sog’liqni saqlash vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda qo`shma qaror qabul qiladi.

Attestatsiya yakunlari

Komissiya ta’lim muassasasidagi ta’lim dasturlarini attestatsiya qilib, ularda kadrlar tayyorlash mazmuni, darajasi va sifatining davlat ta’lim standartlari hamda davlat talablariga muvofiqligi haqida xulosa tayyorlaydi.

Davlat inspeksiyasi ta’lim muassasalari attestatsiyasi jarayonida aniqlangan kamchilik va nuqsonlarning o‘z vaqtida bartaraf etilishini muntazam nazorat qiladi.

“Attestatsiyadan o‘tdi” deb e’tirof etilgan ta’lim muassasasini akkreditatsiyalash uchun zarur hujjatlar Davlat inspeksiyasiga taqdim etiladi.

Davlat akkreditatsiyasini o‘tkazish tartibi

Ta`lim tashkilotlarini akkreditatsiyadan o`tkazish uchun Davlat inspektsiyasida doimiy faoliyat ko`rsatuvchi akkreditatsiya komissiyasi tuziladi. Akkreditatsiya komissiyasi tarkibi Davlat inspektsiyasi boshlig’ining buyrug’i bilan tasdiqlanadi. Yuridik kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni amalga oshiruvchi ta`lim tashkilotlarini akkreditatsiyadan o`tkazishda akkreditatsiya komissiyasi tarkibiga O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi mas`ul xodimi jalb etiladi. Davlat inspektsiyasi boshlig’i akkreditatsiya komissiyasining raisi hisoblanadi. Ta’lim muassasasini akkreditatsiyalash uchun Attestatsiya komissiyasi tomonidan ta’lim muassasasi attestatsiyasi xulosasi Akkreditatsiya komissiyasiga taqdim etiladi. Ta’lim muassasasini davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazish haqidagi qaror hujjatlar topshirilgandan keyin bir oy muddatda qabul qilinadi.

Ta`lim tashkilotini akkreditatsiyadan o`tkazish yuzasidan ijobiy qaror qabul qilingan ta?dirda, ikki hafta davomida ta`lim tashkilotining davlat akkreditatsiyasidan o`tganligi to`g’risida sertifikat beriladi.

Ta’lim muassasalari attestatsiya komissiyasi va ekspertlar guruhini shakllantirish tartibi to‘g‘risida

Maktabgacha, umumiy o`rta va maktabdan tashqari ta`lim tashkilotlarini attestatsiyadan o`tkazish uchuní Davlat inspektsiyasi tegishliligi bo`yicha O`zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta`lim vazirligi, Xalq ta`limi vazirligi, Madaniyat vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Sog’liqni saqlash vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda qo`shma qaror qabul qiladi. Hududlardagi ekspert komissiyalari manfaatdor vazirliklar va idoralarning tegishli hududiy bo`linmalarining Davlat inspektsiyasi hududiy bo`limlari bilan kelishgan holda qabul qilingan buyrug’i (qarori) bilan tuziladi.

Ekspert komissiyalari tarkibiga Davlat inspektsiyasi, tegishliligi bo`yicha maktabgacha, xalq ta`limi, madaniyat, jismoniy tarbiya va sport tuman (shahar) bo`limlari, davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazi mutaxassislari, manfaatdor vazirliklar va idoralarning hududiy bo`linmalari vakillari, maktabgacha, umumiy o`rta va maktabdan tashqari ta`lim tashkilotlarining kuzatuv kengashlari vakillari, rahbarlari, rahbar o`rinbosarlari, pedagog xodimlari va nodavlat notijorat tashkilotlar vakillari jalb etiladi. Ekspert komissiyasi tarkibiga xorijiy ekspertlar ham jalb etilishi mumkin.

Ekspert komissiyalariga tegishliligi bo`yicha tizimida maktabgacha, umumiy o`rta va maktabdan tashqari davlat ta`lim muassasalari bo`lgan vazirliklar va idoralarning hududiy bo`linmalari mas`ul xodimlari raislik qiladi. Davlat inspektsiyasi yoki uning hududiy bo`limlari vakillari ekspert komissiyalari tarkibiga rais o`rinbosarlari sifatida kiritiladi hamda ta`lim tashkilotlari faoliyatini tashqi baholashni tashkil etish va o`tkazish ishlarini nazorat qiladi.

Bo‘limlar

Oliy ta’lim va oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim muassasalarini attestatsiyadan o‘tkazish bo‘limi

Bog‘lanish:

Telefon: +998 71 231 07 53

Ichki raqam: 1014

Malaka oshirish va qayta tayyorlash ta’lim muassasalarini attestatsiyadan o‘tkazish bo‘limi

Bog‘lanish:

Telefon: +998 71 231 07 53

Ichki raqam: 1016

O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarini attestatsiyadan o‘tkazish bo‘limi

Bog‘lanish:

Telefon: +998 71 231 07 53

Ichki raqam: 1015

Umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim muassasalarini attestatsiyadan o‘tkazish bo‘limi

Bog‘lanish:

Telefon: +998 71 231 07 53

Ichki raqam: 1017

Maktabgacha ta’lim muassasalarini attestatsiyadan o‘tkazish bo‘limi

Bog‘lanish:

Telefon: +998 71 231 07 53

Ichki raqam: 1046