× Карта сайта
Sound
Звуковое сопровождение

На сайте присутствует звуковое сопровождение.

Чтобы прослушать текст необходимо выделите его мышкой

Maxsus imkoniyatlar Maxsus imkoniyatlar

Ta’lim sifatini monitoring qilish bosh boshqarmasi

Nazorat materiallari bankini shakllantirish va sinovlarni tashkil etish bo‘limi

Uzluksiz taʼlim tizimida taʼlim sifatini nazorat qilish ishlarida jumladan, taʼlim muassasalari va pedagog kadrlar attestatsiyasida, kadrlar tayyorlash monitoringini olib borish va sifatini nazorat qilish jarayonlarida, taʼlim toʻgʻrisidagi hujjatlarni tan olishda zarur boʻladigan nazorat materiallari bankini shakllantirish hamda oʻquvchilar, talabalar, tinglovchilar va talabgorlarning bilim darajasini aniqlash maqsadida oʻtkaziladigan sinovlarni tashkil qilish ishlariga rahbarlik qiladi.

Kadrlar tayyorlash sifatini monitoring va nazorat qilish hamda reytinglar tuzish bo‘limi

Uzluksiz taʼlim tizimi uchun kadrlar tayyorlash sifati monitoringi tizimini ishlab chiqish va amaliyotda joriy etish, taʼlim muassasalaridan kadrlar tayyorlash sifati hamda ular faoliyati toʻgʻrisida umumiy maʼlumotlarni muntazam olish, tahlil qilish va ular asosida tahliliy maʼlumotnomalar tayyorlash ishlariga ilmiy, uslubiy va tashkiliy rahbarlik qiladi. Monitoring natijasida taʼlim muassasalaridan olingan maʼlumotlar asosida tayyorlangan tahliliy maʼlumotnomalarni va/yoki taʼlim muassasalari reyting natijalarini ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilishni nazorat qiladi.

Ta’lim sifatini monitoring qilish bosh boshqarmasi faoliyatiga doir manbalar:
Bo‘limlar

Nazorat materiallari bankini shakllantirish va sinovlarni tashkil etish bo‘limi

Bog‘lanish:

Telefon: +998 71 231 07 53

Ichki raqam: 1018

Kadrlar tayyorlash sifatini monitoring va nazorat qilish hamda reytinglar tuzish bo‘limi

Bog‘lanish:

Telefon: +998 71 231 07 53

Ichki raqam: 1019