× Карта сайта
Sound
Звуковое сопровождение

На сайте присутствует звуковое сопровождение.

Чтобы прослушать текст необходимо выделите его мышкой

Maxsus imkoniyatlar Maxsus imkoniyatlar

Nodavlat ta’lim muassasalari faoliyatini litsenziyalash va ta’lim sifati nazorati bo‘limi

Bo‘limning asosiy vazifalari:
  • nodavlat ta’lim muassasalari faoliyatini litsenziyalash bo‘yicha ishlarni tashkil etish;
  • nodavlat ta’lim muassasalari faoliyatini nazorat qilish;
  • xorijiy davlatlarning ta’lim bo‘yicha organlari va xalqaro tashkilotlar bilan muntazam aloqada bo‘lish, ular bilan ta’lim sohasida, jumladan litsenziyalash va ta’lim sifati nazorati bo‘yicha erishilgan yutuqlar haqida axborotlar almashish;
  • xorijiy davlatlarning litsenziyalash va ta’lim muassasalarini akkreditatsiyalash sohalaridagi ilg‘or tajribalarini o‘rganish, nodavlat ta’lim muassasalari faoliyatini litsenziyalash jarayonini yanada takomillashtirib borish;
  • litsenziyalash jarayoniga oid maqola, uslubiy tavsiyalar ishlab chiqish va nashr ettirish;
  • O‘zbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalari asosida va Davlat inspeksiyasi shartnomalariga muvofiq nodavlat ta’lim bilan shug‘ullanuvchi xorijiy ta’limni boshqaruv organlari va muassasalari bilan o‘zaro aloqalar o‘rnatish.

Nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatish sohasidagi faoliyat O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan litsenziyalanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2001 yil 12 maydagi “Litsenziyalanadigan faoliyat turlari ro‘yxati to‘g‘risida”gi 222-II-son qaroriga muvofiq nodavlat ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish sohasidagi faoliyat litsenziya talab qilinadigan faoliyat turlariga kiritilgan.

Hozirgi kunda, nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatish sohasidagi faoliyatni litsenziyalash O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 27 martdagi 241-son qarori bilan tasdiqlangan “Nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatish sohasidagi faoliyatni litsenziyalash tartibi to‘g‘risida”gi nizom asosida amalga oshiriladi.

Nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatish sohasida ta’lim turlari bo‘yicha litsenziya olish uchun litsenziya da’vogari quyidagi hujjatlarni davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasiga yuboradi:
  • litsenziya berish to‘g‘risidagi ariza (unda yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, joylashgan joyi, pochta manzili, ta’lim faoliyatini amalga oshirish joyining manzili, bank muassasasining nomi va bankdagi hisob raqami, faoliyatning litsenziyalanayotgan turi, ta’lim faoliyati yo‘nalishlari ro‘yxati. Litsenziya berish to‘g‘risidagi arizada litsenziya da’vogarining litsenziya talablari va shartlariga rioya qilishi to‘g‘risidagi roziligi va elektron manzili ko‘rsatiladi);
  • yong‘in va sanitariya-epidemiologiya nazorati organlarining mavjud binolar va xonalarning yong‘in xavfsizligi talablariga va sanitariya-gigiena normalariga muvofiqligi to‘g‘risidagi xulosalari;
  • pedagog kadrlar haqida ma’lumot (chet tillarini o‘rgatish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 31 dekabrdagi 352-son qaroriga muvofiq sertifikat talab qilinadi);
  • o‘quv rejasi va dasturlarining elektron nusxalari;
  • ariza ko‘rib chiqilganligi uchun litsenziya da’vogari tomonidan yig‘im to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat nusxasi.
Quyidagilar nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatuvchi yuridik shaxslar faoliyatini amalga oshirishda litsenziya talablari va shartlari hisoblanadi:
  • O‘zbekiston Respublikasining ta’lim sohasidagi qonun va qonunosti hujjatlariga majburiy rioya qilish;
  • ta’lim-tarbiya jarayonini davlat ta’lim standartlariga (davlat talablariga), o‘quv rejalariga va ta’lim dasturlariga muvofiq tashkil etish;
  • litsenziya da’vogarida litsenziyalanayotgan faoliyatni bajarish uchun mo‘ljallangan, unga mulkiy yoki boshqa ashyoviy huquq bilan tegishli bo‘lgan, belgilangan talablarga muvofiq binolarning (xonalarning) mavjud bo‘lishi;
  • auditoriyalarni, o‘quv xonalarini zamonaviy axborot-kommunikatsiya;
  • asbob-uskunalari, o‘qitishning texnik vositalari va anjomlar bilan jihozlash;
  • ta’lim dasturlarining belgilangan darajasini amalga oshirish uchun o‘quv binolarini zarur darsliklar, o‘quv-metodik adabiyotlar va boshqa kutubxona-axborot resurslari hamda vositalari bilan ta’minlash;
  • ta’lim dasturlarini umumiy o‘rta, kasb-hunar va oliy ta’lim davlat ta’lim standartlariga muvofiq, shuningdek, maktabgacha ta’lim, maktabdan tashqari ta’lim, kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlashga qo‘yiladigan davlat talablariga muvofiq amalga oshirish;
  • ta’limning majburiy ravishda dunyoviy xarakterda bo‘lishi, ta’lim jarayonida urushni, zo‘ravonlikni targ‘ib qilishdan foydalanishga, fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlari va erkinligi kamsitilishiga, mamlakatdagi xavfsizlik va ijtimoiy-siyosiy barqarorlikka, jamiyatning huquqiy va ma’naviy asoslari, fuqarolar osoyishtaligiga, millatlararo va dinlararo totuvlikka raxna solinishiga, O‘zbekiston Respublikasi to‘g‘risida noto‘g‘ri axborotlar tarqatilishiga hamda uning tarixiy, madaniy va ma’naviy qadriyatlari buzib ko‘rsatilishiga yo‘l qo‘ymaslik;
  • iqtidorli bolalar va iste’dodli yoshlarni aniqlash va qo‘llab-quvvatlash orqali ta’lim-tarbiyaning yuqori sifatini ta’minlaydigan qulay shart-sharoitlar yaratish;
  • ilg‘or xalqaro tajribalarni inobatga olib, o‘qitishning innovatsion shakllari hamda zamonaviy texnologiyalaridan foydalanish asosida ta’lim sohasidagi samaradorlik va natijadorlikni oshirish;
  • ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning qobiliyatli va iqtidorli farzandlarini tanlov asosida muassasadagi jami tarbiyalanuvchilar, o‘quvchilar umumiy sonining 10 foizidan kam bo‘lmagan miqdorda bepul o‘qishga qabul qilish;
  • bitiruvchilarga belgilangan tartibda ta’lim to‘g‘risida hujjat berish.
Nodavlat ta’lim muassasalari faoliyatini litsenziyalash va ta’lim sifati nazorati bo‘limi o‘z faoliyatini quyidagi hujjatlar asosida tashkil etadi:

Nodavlat ta’lim muassasalari faoliyatini litsenziyalash va ta’lim sifati nazorati bo‘limi faoliyatining rejasi:
Nodavlat ta’lim muassasalari faoliyatini litsenziyalash va ta’lim sifati nazorati bo‘limi faoliyatidagi o‘rganishlar natijasi: