× Карта сайта
Sound
Звуковое сопровождение

На сайте присутствует звуковое сопровождение.

Чтобы прослушать текст необходимо выделите его мышкой

Maxsus imkoniyatlar Maxsus imkoniyatlar

Ta’lim xujjatlarini legallashtirish, tan olish va nostrifikatsiya qilish bo‘limi

Faoliyat yo‘nalishi bo‘yicha qisqacha ma’lumot

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2017 yil 20 apreldagi PQ-2909-son qaroriga muvofiq ta’lim sifatini ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda olib borilayotgan islohotlar talablariga muvofiq yuksak darajaga ko‘tarish, shuningdek, uzluksiz ta’lim tizimida ta’lim sifatini nazorat qilishni yanada takomillashtirish, kadrlar tayyorlash sifati va o‘quv jarayoni samaradorligini xolisona baholanishini nazorat qilish sohasida davlat siyosatini amalga oshirish maqsadida Davlat test markazining Kadrlar tayyorlash sifatini nazorat qilish, pedagog kadrlar va ta’lim muassasalarini attestatsiya qilish boshqarmasi negizida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasini tashkil etish belgilandi.

Prezident qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2017 yil 18 iyulda 515-son qarori qabul qilindi va unga asosan Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (keyingi o‘rinlarda Davlat inspeksiyasi deb yuritiladi) tashkil topdi va faoliyatini boshladi.

Qarorga asosan Davlat inspeksiyasining tarkibiy strukturasi tasdiqlangan bo‘lib, Pedagog kadrlar sifati, ta’lim hujjatlarini legallashtirish, tan olish va nostrifikatsiya qilish bosh boshqarmasi tashkiliy tuzilmasida “Ta’lim xujjatlarini legallashtirish, tan olish va nostirifikatsiya qilish” bo‘limi tashkil etildi va faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Bo‘limning shtatlar birligi soni 4 tani tashkil etadi.

Vazirlar Mahkamasining qaroriga asosan Davlat inspeksiyasining asosiy vazifalari sifatida belgilab berilgan quyidagi vazifalar bevosita bo‘lim faoliyati bilan bog‘liq:

xorijiy mamlakatlarda berilgan ta’lim to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish va nostrifikatsiyalash (ekvivalentligini aniqlash)ni tashkil etish;

ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari tomonidan beriladigan rasmiy hujjatlarga apostil qo‘yish.

Shuningdek, bo‘lim oldiga yuqoridagi asosiy vazifalar bilan bir qatorda quyidagi muhim vazifalarni ham amalga oshirishi belgilangan. Xususan:

xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish borasida davlat siyosatini amalga oshirish;

xorijiy davlatlarning ta’lim sohasiga tegishli organlari va xalqaro tashkilotlar bilan muntazam xalqaro aloqalarda bo‘lish, ular bilan ta’lim sohasida, jumladan, xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish bo‘yicha erishilgan yutuqlar haqida axborotlar almashish;

xorijiy davlatlarning ta’lim hujjatlarini tan olish sohasidagi ilg‘or tajribalarini o‘rganish, hamda ta’lim to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish jarayonini yanada takomillashtirib borish;

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Adliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralarning vakillaridan iborat tarkibda tegishli ta’lim yo‘nalish (mutaxassislik)lari bo‘yicha xorijiy mamlakatlarda berilgan ta’lim to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish bo‘yicha ekspertizadan o‘tkazuvchi ekspert komissiyasini (keyingi o‘rinlarda Ekspert komissiyasi deb ataladi) shakllantirish va uning ishini tashkil etish;       

talabgorlardan davlat xizmatlari markazlari yoki yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali kelib tushgan xorijiy mamlakatlarda berilgan ta’lim to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish uchun zarur bo‘lgan ta’lim to‘g‘risidagi va boshqa hujjatlarni qabul qilib olish;

qabul qilib olingan xujjatlarni belgilangan tartibda ma’lumotlar ba’zasiga kiritib borish;

ta’lim to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish jarayoni uchun barcha zarur hujjatlar mavjudligini aniqlash va materiallarni Ekspert komissiyasiga yuborishni tashkil etish;

ekspert komissiyasi tomonidan tan olish uchun taqdim etilgan ta’lim to‘g‘risidagi hujjatni ekspertizadan o‘tkazish natijasiga ko‘ra xulosa tayyorlanishini tashkil etish;

xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik to‘g‘risidagi ta’lim hujjatlarini ekspertizadan o‘tkazish, tegishli xulosalarni olish, maxsus sinovlarni tashkil etish va o‘tkazish, tegishli buyruq loyihasini tayyorlash;

ekspert komissiyalarining xulosalari bilan talabgorlarni xabardor qilish;

xorijiy ta’lim muassasalariga so‘rov xatlari yuborish;

ekspert komissiyalari tomonidan ijobiy xulosa berilgan xorijiy davlatlarda oliy ta’lim va kadrlarni qayta tayyorlash ta’limi olganlik to‘g‘risidagi hujjatlari tan olish uchun topshirilgan talabgorlar uchun test sinovlari tashkil etish;

test sinovlarining o‘tkazilish vaqtlari haqidagi ma’lumot sinovlar boshlanishidan kamida o‘n kun oldin Davlat inspeksiyasining Internet jahon axborot tarmog‘idagi rasmiy veb-saytiga joylashtirish;

test sinovlarini talabgorlarning ta’lim olgan ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari bo‘yicha mutaxassislik fanlaridan o‘tkazish;

maxsus sinov natijalarini e’lon qilish;

xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlar tan olinganda talabgorlarga guvohnomalar rasmiylashtirilishini tashkil etish;

ta’lim va fan sohasidan chiqadigan rasmiy hujjatlarga apostil qo‘yish hamda xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish bo‘yicha jismoniy va yuridik shaxslardan kelgan xatlar va arizalar ijrosini ta’minlash;

«Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonun, Kadrlar tayyorlash milliy Dasturi va boshqa huquqiy-me’yoriy hujjatlarning kadrlar tayyorlash sifatiga, apostil qo‘yish va tan olishga taalluqli talablari bajarilishini izchil nazorat qilish;

apostil qo‘yish uchun hujjatlar tushgandan keyin rasmiy hujjatdagi mansabdor shaxsning imzosi va tashkilot muhri bosma izining mavjud namunalarga muvofiqligini, shuningdek aytib o‘tilgan shaxsda apostil qo‘yish uchun taqdim etilgan rasmiy hujjatni imzolash huquqiga vakolatlar mavjudligini tekshirish;

ta’lim va fan sohasi tashkilotlaridan chiqadigan rasmiy hujjatlarga (keyingi o‘rinlarda - Rasmiy hujjatlar) apostil qo‘yish masalalari bo‘yicha maslahatlar (ma’lumotnomalar) berish;

chiquvchi hujjatlarni hisobga olish jurnaliga hujjatlar qabul qilinganligi to‘g‘risidagi yozuvni belgilangan tartibda kiritish;

hujjatlar tushgandan keyin rasmiy hujjatdagi mansabdor shaxsning imzosi va tashkilot muhri bosma izining mavjud namunalarga muvofiqligini, shuningdek aytib o‘tilgan shaxsda apostil qo‘yish uchun taqdim etilgan rasmiy hujjatni imzolash huquqiga vakolatlar mavjudligini tekshirish;

apostil qo‘yish uchun taqdim etilgan rasmiy hujjatdagi muhr bosma izi mavjud namunaga muvofiqligini ko‘z bilan tekshirish davomida tozalashlar, qo‘shimcha yozuvlar, qayd etilmagan tuzatishlar mavjud emasligini tekshirish;

apostil qo‘yish rad etilishi uchun asoslar yo‘qligini aniqlash, shu jumladan mansabdor shaxsning imzosi va rasmiy hujjatdagi tashkilotning muhri bosma izi mavjud namunalarga muvofiqligini tekshirish;

apostilni qo‘yish (apostil qo‘yish rad etilishi uchun asoslar mavjud bo‘lmagan taqdirda);

apostil qo‘yish rad etilishi (apostil qo‘yish rad etilishi uchun asoslar aniqlangan taqdirda);

Rasmiy hujjatga apostil qo‘yish to‘g‘risidagi murojaatni ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha apostil qo‘yish yoki apostil qo‘yishni rad etish to‘g‘risida qarorlardan biri qabul qilish;

apostil qo‘yish rad etilganligi yoki hujjatlarni rasmiylashtirish tugallangan sana va ularni olish mumkinligi to‘g‘risida ariza beruvchini majburiy tartibda xabardor qilish;

Rasmiy hujjatga apostil va gerbli muhr bosilgandan keyin Apostilni ro‘yxatdan o‘tkazish daftariga tegishli yozuvni kiritish va ariza beruvchiga hujjatlarni berish.

Rasmiy hujjatga apostil qo‘yish bo‘yicha elektron bazani yuritish;

faoliyati bo‘yicha choraklik va yillik hisobotlar tayyorlash;

jismoniy va yuridik shaxslardan kelgan xatlar va arizalarga o‘z vaqtida yozma javob berish.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 11 apreldagi “Davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimini jadal rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3662-son qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi tomonidan tasdiqlangan xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni nostrifikatsiyalash (ekvivalentligini qayd etish) bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning Vaqtinchalik ma’muriy reglamentiga muvofiq 2018 yil                1 iyundan jismoniy shaxslarga mazkur davlat xizmati Davlat xizmatlari markazlari (DXM) yoki yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali O‘zbekiston Respublikasi vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan amalga oshirilishi belgilandi.

2019 yilning 1-yarim yilligida (2018 yilning 1-yarim yilligida) jami 7358 ta (1073 ta) ariza qabul qilingan bo‘lib, shundan:

6927 ta (2018 yilning 1-yarim yilligida DXM orqali qabul qilinmagan) ariza davlat xizmatlari markazlari orqali;

431 ta (2018 yilning 1-yarim yilligida YaIDXP orqali qabul qilinmagan) ariza yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali kelib tushgan.

2019 yilning 1-yarim yilligida (2018 yilning 1-yarim yilligida) qabul qilingan 7358 ta (1073 ta) arizalar bo‘yicha ariza kelib tushgan vaqtdan boshlab bir ish kunida texnik ekspertizadan o‘tkazilgan. Natijada 341 ta (118 ta) ariza bo‘yicha texnik ekspertiza jarayonida hujjatlar to‘liq bo‘lmaganligi yoki belgilangan davlat yig‘imi to‘lanmaganligi sababli arizalar qabul qilinmagan. 7017 ta (955 ta) ariza texnik ekspertiza natijasida qabul qilingan va sohalar bo‘yicha shakllantirilgan Ekspert komissiyalariga maxsus ekspertiza uchun yuborilgan.

Xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish va nostrifikatsiyalashda taqdim etiladigan xujjatlar sonini amaldagi 5 tadan 2 taga kamaytirildi.

Mazkur tizimga asosan ariza berilgan kundan boshlab 15 ish kunida hujjatlarni maxsus ekspertizadan o‘tkazish va fuqarolarga davlat xizmatlari orqali xulosani yetkazish, belgilangan maxsus sinovlarni o‘tkazish va sinovdan muvaffaqiyatli o‘tgan fuqarolarga elektron tartibda nostrifikatsiya guvohnomalarini berish tizimi joriy qilindi.

2019 yil 1-yarim yilligida xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish va nostrifikatsiyalash bo‘yicha jami 7358 ta (2018 yil 1-yarim yilligida 1073 ta) murojaat tushgan bo‘lib, shundan 1362 tasi (2017 yil 402 ta) nostrifikatsiyalangan.

2019 yilda davlat inspeksiyasiga xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik to‘g‘risidagi ta’lim hujjatlarini tan olish va nostrifikatsiyalashni so‘rab murojaat qilgan talabgorlarning asosiy salmog‘i (93,6 %) quyidagi 6 ta mamlakat ta’lim muassasalarida, ya’ni, Rossiya Federatsiyasi (12,6 %), Qirg‘iziston (35,3 %), Tojikiston (34,7 %), Qozog‘iston (8,3 %), Turkmaniston (1,5 %) va Ukraina (1,2 %) Respublikalari ta’lim muassasalarida ta’lim olgan.

Xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik to‘g‘risidagi ta’lim hujjatlarini tan olish va nostrifikatsiyalash bo‘yicha 2019 yilning birinchi yarim yilligida tushgan arizalarni viloyatlar kesimida tahlil qilib chiqadigan bo‘lsak, mamlakatimiz chegara hududlari hisoblangan Andijon, Farg‘ona, Namangan, Surxondaryo, Toshkent viloyatlari fuqarolari hamda Toshkent shahri fuqarolari ko‘pchilik qismni tashkil etadi.

“Rossiya Federatsiyasi hukumati hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi o‘rtasida ta’lim hujjatlarini, malakaviy va ilmiy darajalarni o‘zaro tan olish bo‘yicha Bitim” 2019 yil 30 may kuni Urgench shahrida imzolandi.

Shuningdek, 2018 yil 20 dekabr kuni Rossiya Federatsiyasining Moskva shahrida Rossiya Federatsiyasining Fan va ta’lim sohasini nazorat qilish federal xizmati huzuridagi Ta’limni baholash davlat bosh ekspert markazi bilan Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolandi.

Milliy ta’lim tizimining xalqaro hamjamiyatga integratsiyasini yanada kengaytirish, oliy ta’lim muassasalarining jozibardorligi va eksport salohiyatini oshirish, ta’lim oluvchilar va professor-o‘qituvchilar mobilligini ta’minlash, xorijda ta’lim olayotgan yoshlarimizni vatanlariga qaytishlaridagi sun’iy to‘siqlarni olib tashlashda malakalarni tan olish tizimini xalqaro standartlar asosida takomillashtirish muhim o‘rin egallaydi.

Davlat inspeksiyasi malakalarni tan olish bo‘yicha mas’ul davlat organi sifatida faoliyatining dastlabki kunlaridanoq xorijiy diplomlarni tan olish va nostrifikatsiya qilish tizimini yanada soddalashtirishni o‘z faoliyatining asosiy ustuvor vazifalaridan biri etib belgiladi.

Shunga qaramay, milliy ta’lim tizimi va kvalifikatsiyalar bo‘yicha ochiq va shaffof ma’lumotlar bazasining mavjud emasligi xorijda ta’lim olayotgan fuqaromizga ortiqcha byurokratik to‘siqlar va tranzaksion xarajatlarni keltirib chiqarmoqda. Bu muammoni bartaraf etish maqsadida YuNESKO bilan hamkorlikda Davlat inspeksiyasi qoshida Milliy Axborot Markazi tashkil etilmoqda va unda ta’lim tizimi, kvalifikatsiyalar to‘g‘risida elektron ma’lumotlar bazasi yaratilmoqda. Ushbu bazani ENIC-NARIC va boshqa milliy bazalarga ulash orqali tan olishda kerak bo‘ladigan barcha ma’lumotlarni onlayn tarzda olish imkoniyati yaratiladi, ortiqcha qog‘ozbozlik va sansolorlikka barham beriladi.

Davlat inspeksiyasi tan olish tizimini yanada soddalashtirish maqsadida o‘zining so‘nggi ikki yildagi harakatlari rejasini ishlab chiqdi. Unga ko‘ra, ikki tomonlama va ko‘p tomonlama xalqaro shartnomalarga qo‘shilish orqali tan olish tizimini xalqaro standartlar bilan muvofiqlashtirish va bu orqali uni yanada soddalashtirish maqsad qilib quyilgan.

Bundan tashqari, 2018 yil dekabr va 2019 yil mart oylarida Inspeksiya mutaxassislari Parijda Oliy ta’lim kvalifikatsiyalarini tan olish bo‘yicha Global konvensiyani ishlab chiqish jarayonida qatnashdilar.

Hozirda Davlat Inspeksiyasida YuNESKO va xorijiy ekspertlar bilan birgalikda Global konvensiya, Lissabon konvensiyasi, Tokio konvensiyasi kabi xujjatlarning talablari o‘rganib chiqilmoqda va xalqaro ko‘p tomonlama shartnomalarga qo‘shilish bo‘yicha tajribalar o‘rganilmoqda.

Ta’lim xujjatlarini legallashtirish, tan olish va nostrifikatsiya qilish bo‘limi o‘z faoliyatini quyidagi hujjatlar asosida tashkil etadi:

Ta’lim xujjatlarini legallashtirish, tan olish va nostrifikatsiya qilish bo‘limi faoliyatining rejasi:
Ta’lim xujjatlarini legallashtirish, tan olish va nostrifikatsiya qilish bo‘limi faoliyatidagi o‘rganishlar natijasi: