× Карта сайта
Sound
Звуковое сопровождение

На сайте присутствует звуковое сопровождение.

Чтобы прослушать текст необходимо выделите его мышкой

Maxsus imkoniyatlar Maxsus imkoniyatlar

Uzluksiz taʼlim tizimi pedagog kadrlarining sifatini nazorat qilish boʻlimi

Faoliyat yo‘nalishi bo‘yicha qisqacha ma’lumot

Uzluksiz taʼlim tizimi pedagog kadrlari sifati nazorati boʻlimi (keyingi oʻrinlarda “Boʻlim” deb yuritiladi) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tarkibidagi Pedagog kadrlar sifati nazorati, taʼlim hujjatlarini legallashtirish, tan olish va nostrifikatsiya qilish bosh boshqarmasi (keyingi oʻrinlarda – “Bosh Boshqarma”)ning mustaqil boʻlimi boʻlib, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (keyingi oʻrinlarda “Davlat inspeksiya”si deb yuritiladi) rahbariyatiga boʻysunadi.

Boʻlim oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari, farmoyishlari hamda boshqa tegishli normativ huquqiy hujjatlariga, Davlat inspeksiyasi Nizomiga, shuningdek, Bosh boshqarma Nizomi hamda ushbu Nizomga amal qiladi.

Boʻlim taʼlimni boshqaruv organlari, taʼlim muassasalari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, jamoat va boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlikda faoliyatini amalga oshiradi.

Quyidagilar Boʻlimning asosiy vazifalari hisoblanadi:
  • kadrlar tayyorgarligi darajasi va ularning kasbiy faoliyatini xolisona baholash sohasida davlat siyosatini amalga oshirish;
  • uzluksiz taʼlim tizimida pedagog kadrlarga (keyingi oʻrinlarda “Pedagog kadrlar” deb ataladi) lavozim va malaka toifalarini berish jarayonini tashkil etish va amalga oshirish;
  • taʼlim sohasidagi boshqaruv organlari hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining pedagog kadrlarga mos ravishda lavozim va malaka toifalarini berishni tashkil qilish va oʻtkazish borasidagi faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish;
  • pedagog kadrlarga lavozim va malaka toifalarini berish uchun talablar va mezonlarni ishlab chiqish va takomillashtirish;
  • Boʻlim vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha xalqaro aloqalarni rivojlantirish.
Boʻlim oʻziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
  • “Taʼlim toʻgʻrisida”gi qonun, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi va taʼlim sohasiga oid normativ-huquqiy hujjatlarning kadrlar tayyorlash sifatiga taalluqli hamda pedagog kadrlar bilim saviyasi hamda kasb tayyorgarligiga boʻlgan talablar bajarilishini nazorat qilish;
  • pedagog kadrlarga lavozim va malaka toifalari tartibini belgilovchi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda faol qatnashish;
  • pedagog kadrlarga lavozim va malaka toifalarini berish jarayonini tashkil etish jadvallarini tuzish va tasdiqlash uchun Davlat inspeksiyasi rahbariyatga kiritish;
  • pedagog kadrlarga lavozim va malaka toifalarini berish jarayonini va oʻtkazish uchun pedagog kadrlar haqidagi maʼlumotlar bazalarini shakllantirish va yakuniy natijalarini tahlil qilish hamda maʼlumotnomalar tayyorlash;
  • pedagog kadrlarga lavozim va malaka toifalarini berish davriyligi haqidagi maʼlumotlar bazasini shakllantirish;
  • lavozim va malaka toifalariga ega boʻlgan pedagog kadrlarga belgilangan namunadagi malaka toifalariga oid sertifikatlar berish;
  • pedagog kadrlarga lavozim va malaka toifalariga oid maqola, uslubiy tavsiyalar ishlab chiqish va nashr ettirish;
  • pedagog kadrlarga lavozim va malaka toifalarini berish jarayonini tashkil etish va uni oʻtkazish borasidagi ilgʻor xorijiy tajribalarni muntazam oʻrganib borish va ularni amaliyotga tatbiq etish;
  • Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalari asosida va Davlat inspeksiyasi shartnomalariga muvofiq pedagog kadrlar lavozim va malaka toifalari bilan shugʻullanuvchi xorijiy taʼlimni boshqaruv organlari va muassasalari bilan oʻzaro aloqalar oʻrnatish.
Uzluksiz taʼlim tizimi pedagog kadrlarining sifatini nazorat qilish bo‘limi o‘z faoliyatini quyidagi hujjatlar asosida tashkil etadi:

Uzluksiz taʼlim tizimi pedagog kadrlarining sifatini nazorat qilish bo‘limi faoliyatining rejasi:
Uzluksiz taʼlim tizimi pedagog kadrlarining sifatini nazorat qilish bo‘limi faoliyatidagi o‘rganishlar natijasi: