× Карта сайта
Sound
Звуковое сопровождение

На сайте присутствует звуковое сопровождение.

Чтобы прослушать текст необходимо выделите его мышкой

Maxsus imkoniyatlar Maxsus imkoniyatlar

Xorijiy davlatlarda ta`lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish uchun navbatdagi sinov testlari o‘tkaziladigan kunlar ma`lum bo‘ldi
12.11.2019

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 24 iyuldagi 620-son qarori bilan tasdiqlangan “Xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom ijrosini ta’minlash maqsadida Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasida (Toshkent shahar, Chilonzor tumani, Nurxon ko‘chasi, 21-uy) 2019 yil 18 - 22 noyabr kunlari sohalar bo‘yicha sinov testlari bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

Huquqshunoslik”, “Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy ta’minot”, “Iqtisodiyot”, “Qishloq xo‘jaligi, muhandislik, ishlov berish va qurilish” hamda “O‘qituvchilar tayyorlash va pedagogik fanlar” sohalari bo‘yicha sinov testlari o‘tkaziladigan sanasi va sinov testida ishtirok etuvchilar ro‘yxati quyidagi jadvalga muvofiq belgilanadi.

Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi ogohlantiradi:

Xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish uchun belgilangan sinov testlariga o‘z vaqtida kelmagan, sinov testida ishtirok etuvchilar ro‘yxatida mavjud bo‘lmagan talabgorlarga sinovlarga kirishga ruxsat etilmaydi. 

“HUQUQSHUNOSLIK” sohasi bo‘yicha

“SOG‘LIQNI SAQLASH VA IJTIMOIY TA’MINOT” sohasi bo‘yicha

“IQTISODIYOT” sohasi bo‘yicha

“QISHLOQ XO‘JALIGI, MUHANDISLIK, ISHLOV BERISH VA QURILISH” sohasi bo‘yicha

“O‘QITUVCHILAR TAYYORLASH VA PEDAGOGIK FANLAR” sohasi bo‘yicha (Boshlang‘ich ta’lim)

“O‘QITUVCHILAR TAYYORLASH VA PEDAGOGIK FANLAR” sohasi bo‘yicha (Pedagogika)