× Карта сайта
Sound
Звуковое сопровождение

На сайте присутствует звуковое сопровождение.

Чтобы прослушать текст необходимо выделите его мышкой

Maxsus imkoniyatlar Maxsus imkoniyatlar

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi ishga taklif etadi
25.11.2019

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi taʼlim tizimini tubdan isloh qilish boʻyicha aniq takliflarga ega boʻlgan shijoatli, zamonaviy fikrlaydigan va eng muhimi yosh avlod taʼlim-tarbiyasiga befarq boʻlmagan malakali mutaxassislarni ishga taklif etadi.

Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasida ishlash istagidagi nomzodlar quyidagi talablarga javob berishi lozim:

– oliy maʼlumotli;

– taʼlim sohasida kamida 3 yil ish tajribasiga ega boʻlishi;

– chet tilini bilishi ustunlik beradi (ingliz, nemis, fransuz, koreys tillari boʻyicha);

– taʼlim sohasida zarur bilim va ish tajribasiga ega boʻlishi;

– zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan (Microsoft Excel, Word, PowerPoint va boshqalar boʻyicha) foydalanish qobiliyatiga ega boʻlishi;

– oʻzbek va rus tillarida ish yurita olishi zarur.

Taʼlim sohasi boʻyicha xorijiy tajribaga ega boʻlgan, davlat idoralari, vazirlik va tashkilotlarda faoliyat olib borayotganlar qoʻllab-quvvatlanadi.

Taʼlim inspeksiyasi xodimi degan nomga dogʻ tushirmaydigan, vazifalarni vijdonan va halol olib boradigan yuqori malakali mutaxassis boʻlishi talab etiladi.

Taʼlim inspeksiyasi xodimlarining oylik maoshi va boshqa moddiy va maʼnaviy ragʻbatlantirilishi tizimi:

  • 3 mln soʻmdan kam boʻlmagan ish haqqi;

  • xodimlarning oylik maoshi hamda malaka va professionalizmi uchun oylik maoshiga qoʻshimchalar;

  • xodim ish faoliyati natijadorligi, shaxsiy tashabbuskorligi va tizim faoliyatini yanada takomillashtirishga va rivojlantirishga qoʻshayotgan hissasiga qarab ragʻbatlantiruvchi ustamalar;

  • Qonun hujjatlarida belgilangan bayram kunlari munosabati bilan mukofot pullari;

  • xodimni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlanishi;

  • xodimni maʼnaviy qoʻllab-quvvatlanishi kabi ragʻbatlantirish mexanizmlari joriy etiladi.

Nomzodlardan b.bashirov@tdi.uz elektron pochta manziliga oʻzi haqidagi maʼlumotlar(obyektivka)ni yuborish soʻraladi.

Ishga qabul qilish suhbat orqali amalga oshiriladi.

Manzil: Toshkent shahri, Nurxon koʻchasi 21-uy.

Telefon: (71) 231-07-53 (1006)