× Карта сайта
Sound
Звуковое сопровождение

На сайте присутствует звуковое сопровождение.

Чтобы прослушать текст необходимо выделите его мышкой

Maxsus imkoniyatlar Maxsus imkoniyatlar

Xalqaro aloqalar

Xalqaro aloqalar bo‘limi O‘zbekiston Respublikasi prezidentining PQ-4119- sonli qarori asosida 2019 yil 16 yanvarda tashkil etilgan bo‘lib, u o‘z faoliyati davomida xorijiy mamlakatlar ta’lim tizimi hamda xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatish borasida qator ishlarni amalga oshirdi. Jumladan Rossiya Federatsiyasi, Janubiy Koreya, Finlyandiya, Angliya, AQSh, Polsha, Turkmaniston va Fransiya kabi 20 tadan ortiq xorijiy davlatlarning elchixonalaridan hamkorlik qilish bo‘yicha takliflar olindi, 40 dan ortiq rasmiy uchrashuvlar o‘tkazildi. Shuningdek AQSh, Rossiya, Fransiya, Malaziya, Qozog‘iston kabi davlatlarga 15 dan ortiq rasmiy tashriflar tashkil qilindi.

Xamkorliklar natijasi sifatida joriy muddatga qadar 2 ta Rossiya Federatsiyasi hamda Belorussiya respublikalari bilan ta’lim hujjatlarini, malakaviy va ilmiy darajalarni o‘zaro tan olish bo‘yicha Hukumatlararo Bitim imzolandi.

3 ta kelishuv shartnomasi imzolandi. Jumladan:
  • O‘zbekistonning PISA 2021 xalqaro baholash tadqiqotlarida ishtirok etish shartnomasi OECD boshqaruv kengashi bilan imzolandi.
  • Ta’lim yutuqlarini baholash xalqaro assotsiatsiyasi (IEA) bilan PIRLS-2021 dasturida O‘zbekistonning ishtiroki uchun rasmiy kelishuv imzolanishiga erishildi.
  • Rossiya Fanlar akademiyasining Rossiya ta’lim taraqqiyoti strategiyasi instituti bilan ta’lim sifatini baholashda nazariy va strategik yo‘nalishlarda xamkorlik qilish borasida kelishuv shartnomasi imzolandi.

Hozirga qadar xalqaro tashkilotlar bilan 5 ta memorandum imzolandi: bular Janubiy Koreyaning (KCUE, KRIVET, KEDI) kabi yetakchi ta’lim tizimi tashkilotlari, shuningdek Avstraliyaning ACER, Rossiyaning Glavekspertsentr tashkiloti.

Xorijiy hamkorlar bilan amalga oshirilgan ishlar:
  • Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda 4 ta loyiha amalga oshirilmoqda. Jumladan Jahon Banki va ta’lim vazirliklari bilan 3 ta UNICEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi bilan «Barchaga sifatli ta’lim» loyihasi.
  • Xalqaro baholash tadqiqotlariga tayyorgarlik bo‘yicha 20 kishilik Milliy menejerlar guruhi Rossiya federatsiyasi tashkil etilgan seminarda ishtirok etdi.
  • Toshkentda Rossiyalik ekspertlar ishtirokida PISA, PIRLS dasturlari doirasida 200 dan ortiq mutaxassislar uchun seminar-treninglar tashkil qilindi.
  • O‘zbekistonning barcha hududlarida PISA, PIRLS dasturlari bo‘yicha xududiy seminarlar tashkil etildi. Bunda Respublika bo‘ylab jami 4000 dan ortiq o‘qituvchilar hamda Xalq ta’limi vakillari ishtirok etishdi.
  • Mark Zelman, Galina Kovaleva, Bastian Bauman hamda Ursula Svanter kabi dunyoning eng nufuzli tashkilotlari vakillaridan iborat xalqaro ekpertlar guruhi shakllantirildi.