× Карта сайта
Sound
Звуковое сопровождение

На сайте присутствует звуковое сопровождение.

Чтобы прослушать текст необходимо выделите его мышкой

Maxsus imkoniyatlar Maxsus imkoniyatlar

Fargʻonada maktablar attestatsiyasidagi yangiliklar boʻyicha seminar oʻtkazildi
06.11.2019

Joriy yilning 5-noyabr kuni Fargʻonada “Umumiy oʻrta va maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlarini attestatsiyadan oʻtkazish – taʼlim sifatini oshirishning muhim omili” mavzusidagi viloyat seminari tashkil etildi.

Fargʻona politexnika instituti faollar tashkil etilgan tadbirda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boʻlim boshligʻi R.Ergashev, Taʼlim inspeksiyasining hududiy boʻlimi xodimlari, Fargʻona viloyati xalq taʼlimi boshqarmasi monitoring boʻlimi xodimlari, tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimi mudirlari, xalq taʼlimi boʻlimlarining monitoring boʻlimi mutaxassislari, 2020-yilda attestatsiyadan oʻtadigan 227 ta umumtaʼlim maktablarining direktorlari va ularning oʻquv-tarbiya ishlari boʻyicha oʻrinbosarlari hamda OAVlari xodimlari ishtirok etishdi.

Tadbir Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 7-iyundagi 470-sonli qarori bilan “Davlat taʼlim muassasalari hamda nodavlat taʼlim tashkilotlarini attestatsiyadan va davlat akkreditatsiyasidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom asosida joylarda tashkil etiladigan yangicha tartibdagi attestatsiya jarayonlari mazmun-mohiyatini soha vakillariga yetkazish maqsadida tashkil etilgan

Seminarda umumiy oʻrta taʼlim maktablarida taʼlim sifatini oshirishning asosiy omillaridan biri sifatida oʻquvchilarning sifatli bilim olishlari uchun yetarlicha shart-sharoitlar yaratish muhim ahamiyatga ega ekanligiga alohida ahamiyat qaratildi.

Maʼruzachilar oʻzlarining chiqishlarida taʼlim muassasalarining attestatsiyasi ayni shu maqsadga yoʻnaltirilganligi, unda oʻquvchilarning yetarlicha bilim olishlari uchun muassasada yaratilgan sharoitlarga baho berilishi, attestatsiya jarayonida oʻquvchilarning bilim darajasi, oʻqituvchilarning salohiyati, ish hujjatlarining yuritilishi, oʻquv va laboratoriya xonalarning jihozlanishi oʻrganilishi, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf qilish choralari koʻrilishi boʻyicha atroflicha taʼkidlab oʻtishdi. Bu borada ota-onalarning fikrlari va oʻquvchilarning talablarini inobatga olgan holda maktabni rivojlantirish boʻyicha “Yoʻl xarita”lari belgilanib, amalga tatbiq etilishi, pirovardida taʼlim muassasasidagi sharoitlar yaxshilanib, taʼlim sifati oshishiga erishilishi koʻzda tutilganligi aytildi.

Soʻzga chiqqan maʼruzachilar tomonidan tasdiqlangan nizom avvalgisidan tubdan farq qilishi, unga koʻra attestatsiya jarayonlari mutlaqo yangi tartib asosida tashkil etilishi, har bir bosqich boʻyicha baholash mezonlari toʻgʻrisida yetarlicha maʼlumotlar berildi.

Seminar davomida mutaxassislar tomonidan taʼlim muassasalarini ichki va tashqi attestatsiyadan oʻtkazish tartiblari bayon etilib, shoʻba yigʻilishlarida muhokama qilindi. Ishtirokchilarga seminar materiallari tarqatildi hamda ishtirokchilar mavzuga aloqador savollariga mutaxassislar atroflicha javob berildi.

Mazkur seminar materiallari asosida joriy yil 8-9-noyabr kunlari tuman (shahar)lar miqyosida targʻibot ishlari davom ettirilib, nizom talablarini barcha maktab rahbarlariga, har bir pedagog xodimlargacha yetib borishini taʼminlash boʻyicha kelishib olindi.