× Карта сайта
Sound
Звуковое сопровождение

На сайте присутствует звуковое сопровождение.

Чтобы прослушать текст необходимо выделите его мышкой

Maxsus imkoniyatlar Maxsus imkoniyatlar

UNESCO vakillari bilan Ta`limni boshqarish boʻyicha axborot tizimi (EMIS)ni yurtimizda tatbiq etish istiqbollari muhokama qilindi
06.11.2019

Joriy yilning 5-noyabr kuni Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻi Ulugʻbek Tashkenbayev UNESCO tashkilot vakillari bilan uchrashdi.

UNESCO taʼlim sektori rahbari Gvang Chol Chang, ekspert Piyer Chapelet va milliy kordinator Baxtiyor Namozov hamda taʼlim inspeksiyaning tegishli boshqarmalari rahbarlari ishtirokida UNESCOnung dasturuy mahsuloti hisoblagan Taʼlimni boshqarish boʻyicha axborot tizimi – OpenEMIS (Yedusation Management Ipformation System) ni Oʻzbekistonda tatbiq etish masalasi muhokama qilindi.

Maʼlumki, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Fransiya Respublikasiga rasmiy tashrif mobaynida BMTning Taʼlim, fan va madaniyat masalalari boʻyicha tashkiloti (UNESCO) Bosh direktori Odri Azule bilan uchrashib, Oʻzbekiston bilan UNESCO oʻrtasidagi 2018-2021-yillarga moʻljallangan qoʻshma Harakatlar rejasini tasdiqlagan edi.

Mazkur hujjatga asosan munosabatlarni yangi bosqichga koʻtarish, tomonlar oldida turgan vazifalarni birgalikda innovatsiyalar orqali hal etish va barcha yoʻnalishlarda oʻzaro hamkorlikni mustahkamlash belgilangan.

Yuqoridagi kelishuvga asosan UNESCOnung dasturuy mahsuloti hisoblangan OpenEMISOʻzbekistonda joriy etish boʻyicha hamkorlikda ishlar olib borilmoqda. Mazkur dastur oʻquv muassasalarida oʻquvchilar soni, davomati, faoliyat olib borayotgan oʻqituvchilar, sinflar, darsliklar, infratuzilma, moliya va oʻquv natijalari kabi keng qamrovli maʼlumotlarni boshqarish imkonini beradi.

Ulugʻbek Tashkenbayev xalqaro tashkilot vakillariga inspeksiya tomonidan taʼlim sifati baholash borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida maʼlumot berar ekan, ushbu jarayonda xolislik va shaffoflikni taʼminlash maqsadida zamonaviy axborot texnologiyalaridan unumli foydalanilayotganini taʼkidlab oʻtdi.

Shundan soʻng, UNESCO ekspert janob Piyer Chapelet Taʼlimni boshqarish boʻyicha axborot tizimi – EMIS haqida taqdimot oʻtkazib, ushbu tizimning afzalliklari va undan unumli foydalanib kelayotgan mamlakatlar tajribasi va erishilgan natijalar haqida maʼlumot berdi.

UNESCO taʼlim sektori rahbari janob Gvang Chol Chang ushbu tizimni tatbiq etishning afzalliklari haqida gapirar ekan uning taʼlim sifatini monitoring qilish va baholab borishda qulayliklar yaratishini aytib oʻtdi.

Hozirgi kunda mazkur platformaning ayrim imkoniyatlari Maktabgacha taʼlim va Xalq taʼlimi vazirligi tasarrufidagi taʼlim tashkilotlarida qoʻllanib kelinmoqda. Xalqaro tashkilot vakillari ushbu dasturni Oʻzbekistonda joriy etishdagi muammoli jihatlar boʻyicha yaʼni maktabgacha, xalq taʼlimi va oliy taʼlim tizimlari oʻrtasida uzluksizlikni taʼminlash, oʻzaro integratsiya qilish, maʼlumotlarning ishonchliligi va xavfsizligini taʼminlash kabi masalalarda Taʼlim inspeksiyasidan hamkorlik qilishni soʻrashdi.

Taʼlim inspeksiyasi boshligʻi ushbu loyiha yurtimizda taʼlim tizimi isloh qilish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar, xususan, xalq taʼlimi va oliy taʼlimi tizimini rivojlantirish konsepsiyalarida koʻrsatilgan vazifalarga mos tushishini taʼkidlar ekan, tizimga kiritiladigan maʼlumotlar haqqoniyligini taʼminlash mexanizmini ishlab chiqish, turli vazirlik va idoralar tasarrufidagi taʼlim muassasalari tomonidan kiritilayotgan maʼlumotlarni yagona standartlar asosida joylashtirish, axborotlarni integratsiya qilish lozimligini maʼlum qildi. Shuningdek, ushbu tizimni doimiy hamkorlikda ishlashi uchun barcha taʼlim vazirliklari va Taʼlim inspeksiyasi ekspertlaridan tashkil topgan muvofiqlashtiruvchi kengash (koordinatsion komitet)tashkil qilish taklifi bildirildi.

Yakunda tomonlar OpenEMISni yurtimizda tatbiq etish boʻyicha hamkorlikni davom ettirish va amalga oshirilgan ishlar boʻyicha oʻzaro fikr almashish turishga kelishib olishdi.

Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi Matbuot xizmati