× Карта сайта
Sound
Звуковое сопровождение

На сайте присутствует звуковое сопровождение.

Чтобы прослушать текст необходимо выделите его мышкой

Maxsus imkoniyatlar Maxsus imkoniyatlar

Oʻzbekiston OTMlaridagi ayrim yoʻnalish va mutaxassisliklar yopilishi mumkin
07.11.2019

6-noyabr kuni Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamkorligida oliy taʼlim muassasalarini attestatsiya va davlat akkreditatsiyasidan oʻtkazishdagi yangicha tartiblar toʻgʻrisida seminar oʻtkazilgani haqida xabar bergan edik.

Tadbirda Taʼlim sifatini nazorat sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻi Ulugʻbek Tashkenbayev 2018-2019-yillar davomida oʻtkazilgan oliy taʼlim muassasalari (OTM) attestatsiya natijalari haqida maʼlumot berdi.

Taʼlim inspeksiyasi tomonidan 2018-2019-yillar davomida
24 ta oliy taʼlim muassasa (OTM)lar attestatsiyaga jalb qilingan boʻlib, ulardan 10 tasi (41,7%) “Attestatsiyadan oʻtdi” deb eʼtirof etilgan va akkreditatsiyalan. 13 tasi (54,2%) esa “Attestatsiyadan shartli oʻtdi” deb eʼtirof etilib, ularga kamchiliklarni bartaraf etish uchun 1 yil muddat berildi. 1 ta OTM (4,2%) “Attestatsiyadan oʻtmadi” deb eʼtirof etilgan va akkreditatsiyalanmagan.

Ushbu natija taʼlim yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklari boʻyicha tahlil qilinganda:

426 ta taʼlim yoʻnalishlaridan 288 tasi (67,6%) “Attestatsiyadan oʻtdi”, 138 ta (32,4%) “Attestatsiyadan oʻtmadi”;

282 ta magistratura mutaxassisliklaridan 242 tasi (85,8%) “Attestatsiyadan oʻtdi”, 40 tasi (14,2%) “Attestatsiyadan oʻtmadi”.

Oliy oʻquv yurtidan keyingi taʼlim boʻyicha 186 ta ixtisoslikdan 132 tasi (71%) “Attestatsiyadan oʻtmadi”, 54 tasi (29%) “Attestatsiyadan oʻtmadi”.

Taʼlim inspeksiyasi joriy yilning sentyabr oyida 22 ta OTMlari va 5 ta ilmiy tadqiqot muassasalarining attestatsiyadan oʻtmagan taʼlim yoʻnalishlari, magistratura mutaxassisliklari hamda ixtisosliklarni qayta attestatsiyadan oʻtkazdi.

Qayta attestatsiya natijasiga koʻra:

40 ta taʼlim yoʻnalishlaridan 17 ta (42,5%) “Attestatsiyadan oʻtmadi” (TAQI -1 ta, TDMRXOM – 1 ta, TATU – 2 ta, OʻzDK – 3 ta TKTI – 1 ta, TDTU – 2 ta, TerDU – 2ta, GulDU – 1 ta, JizDPI - 3 ta, TDAU Nukus f. – 1 ta);

17 ta magistratura mutaxassisliklaridan 4 tasi (23,5%) “Attestatsiyadan oʻtmadi” (TDTU – 4 ta);

60 ta ixtisoslikdan 19 ta (31,7%) “Attestatsiyadan oʻtmadi”
(BuxDU-1, BuxDTI-1, TDAU-2, TDTU-9, TIQXMMI-1, Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti-4, Umumiy va noorganik kimyo instituti-1) deb xulosa qilindi va qabul toʻxtalishi belgilandi.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil
7-iyundagi 470-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomga asosan bundan buyon “Shartli oʻtdi” degan tushuncha boʻlmaydi, attestatsiyadan oʻtmagan taʼlim yoʻnalishi yoki mutaxassisligiga qabul toʻxtatiladi.

Ilgʻor xorijiy tajribalar asosida oliy taʼlim muassasalarini attestatsiya va davlat akkreditatsiyasidan oʻtkazish tartibi takomillashtirildi. Yangi nizomda OTMlarni akkreditatsiyalash 4 bosqichda amalga oshirilishi belgilandi: oʻzini-oʻzini baholash (ichki baholash), mustaqil ekspertlar tomonidan tashqi baholash, xulosalar tayyorlash, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha aniq chora-tadbirlarni belgilash va ularni doimiy monitoring qilib borish. Bunda OTMda taʼlim sifatini oʻzini-oʻzi baholash mexanizmi mavjudligi va uning doimiy ravishda olib borilishi akkreditatsiyalanishning asosiy sharti sifatida belgilandi.

Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi Matbuot xizmati