× Карта сайта
Sound
Звуковое сопровождение

На сайте присутствует звуковое сопровождение.

Чтобы прослушать текст необходимо выделите его мышкой

Maxsus imkoniyatlar Maxsus imkoniyatlar

Qoraqalpogʻistonda oʻtkazilgan seminarda pedagog kadrlari attestatsiyasidagi yangiliklar haqida ma`lumot berildi
20.11.2019

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xoʻjayli tumani 6-sonli umumtaʼlim maktabida “Pedagog kadrlar attestatsiyasiga tayyorgarlik koʻrish va baholash mezonlari”, “Xalqaro baholash dasturlari doirasida fan toʻgaraklarini tashkil etishning dolzarb vazifalari” mavzusida seminar boʻlib oʻtdi.

Unda Qoraqalpogʻistonning barcha shahar va tumanlaridagi inspektor metodistlar, pedagog kadrlar attestatsiyasiga masʼul xodimlar, iqtisodchilar, tayanch maktab direktorlari va har bir shahar va tumanlardan direktor oʻrinbosarlari, shuningdek, maktabgacha taʼlim, sport, madaniyat taʼlim muassasalari, kasb-hunar kollejlari va akademik litseylardan jami 200 ga yaqin masʼul xodimlar ishtirok etdi.

Seminar kun tartibidagi masalalar yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish inspeksiyasi boʻlim boshligʻi Safarali Xamrayev va Qoraqalpogʻiston Respublikasi xalq taʼlimi vaziri Amanjol Ayapov batafsil maʼlumot berdi.

Tadbirda Safarali Xamrayev mazkur Nizom talablari haqida maʼlumot berar ekan, yangi tartibga koʻra attestatsiyadan oʻtuvchi pedagog kadrlarga qator imkoniyatlar yaratilgani hamda attestatsiya jarayonlari yanada soddalashtirilganini aytib oʻtdi.

Xususan yuqoridagi Nizomga koʻra:

• pedagog kadrning yozma arizasiga binoan pedagog kadr navbatdan tashqari attestatsiyadan oʻtkazilishi mumkin. Navbatdan tashqari attestatsiya natijalariga koʻra birinchi va ikkinchi malaka toifali pedagoglarga nisbatan salbiy qaror qabul qilinmaydi;

• Ilmiy darajaga (fan nomzodi, falsafa doktori (Doctor of Philosophy (PhD) yoki fan doktori (Doctor of Sciyence (DSc) ega boʻlgan pedagog kadrlar attestatsiyaga jalb etilmaydi. Pensiya yoshida boʻlgan pedagog kadrlar attestatsiyaga oʻz xohishiga koʻra jalb etiladi;

• Attestatsiyaga jalb etilmagan pedagog kadrlarning mavjud malaka toifalari va lavozimlari taʼlim muassasalarida ishlagan davrida saqlanib qoladi;

• Suhbat jarayonidan toʻliq voz kechilmoqda;

• Hududiy boshqarmalar va tuman (shahar) komissiyalari tarkibiga Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi vakillari kiritilmoqda.

Shuningdek, hududiy xalq taʼlimi boshqarmalari, madaniyat boshqarmalari, jismoniy tarbiya va sport boshqarmalari, kasb-hunar taʼlimi hududiy boshqarmalari hamda oliy taʼlim muassasalari attestatsiya komissiyalari, tuman (shahar) va muassasalar attestatsiya komissiyalari, tasarrufida taʼlim muassasalari boʻlgan vazirliklar va idoralar attestatsiya komissiyalari tuzilishi tushuntirildi.

Yakunda pedagog kadrlari attestatsiyalarini oʻtkazish boʻyicha ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga batafsil javob qaytarildi.

Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi
Matbuot xizmati