× Карта сайта
Sound
Звуковое сопровождение

На сайте присутствует звуковое сопровождение.

Чтобы прослушать текст необходимо выделите его мышкой

Maxsus imkoniyatlar Maxsus imkoniyatlar

Oʻzbekistonda oliy taʼlim muassasasi sifatida faoliyat koʻrsatish huquqi ega boʻlmagan tashkilotlardan ogoh boʻling
25.11.2019

Taʼlim xizmatlari koʻrsatish bozorida sogʻlom raqobatni shakllantirish taʼlim tizimini rivojlantirishning asosiy strategik yoʻnalishlari sifatida biri belgilandi. Xususan, nodavlat taʼlim tashkilotlari tarmogʻini yanada rivojlantirish, ushbu sohaga davlat-xususiy sheriklikning turli shakllarini samarali joriy etish hamda davlat va nodavlat taʼlim tashkilotlari oʻrtasida sogʻlom raqobat muhitini yaratish uchun qulay shart-sharoitlar yaratilmoqda.

Taʼlim faoliyati bilan shugʻullanish uchun litsenziya olish muddati 30 kundan 10 kunga qisqartirildi. Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan davlat xizmatlari orqali hujjatlarni fuqaro oʻz yashash hududidan elektron koʻrinishda topshirish imkoniyati yaratildi.

Soʻnggi paytlarda ayrim qoʻshtirnoq ichidagi oʻzini “nodavlat oliy taʼlim tashkiloti” yoki “xorijiy oliy taʼlim tashkilotlarining filiali” deb tanitib, xalq orasida turli xil ijtimoiy tarmoqlarda va OAVda, reklama roliklarida oʻzining yolgʻonlari, gʻaraz maqsadlari yoʻlida yoshlarni chalgʻitish, aldash holatlari uchramoqda.

Yangi oʻquv yili boshlanganiga 3 oy boʻlgan boʻlsada, 2019/2020 oʻquv yili uchun oʻqishga kirishga abituriyentlardan hujjat qabul qilish jarayoni davom etayotganligi va ushbu xizmat uchun pul undirilayotganligi, kontrakt shartnomalari tuzilayotganligi toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasiga abituriyentlar, ularning ota-onalari va yaqinlari tomonidan koʻplab murojaatlar kelib tushmoqda.

Xususan, fuqarolardan boʻlayotgan murojaatlarga koʻra Rossiya Federatsiyasining ayrim oliy taʼlim muassasalari Oʻzbekiston Respublikasi hududida oliy taʼlim berishga ruxsat beruvchi hujjatlarga ega boʻlmay turib, abituriyentlardan hujjat qabul qilmoqda.

 Jumladan:
  • Tomsk davlat boshqaruv tizimlari va radioelektronika universiteti
  • Moliya, iqtisod va zaxiradagi ofitserlar huquqi instituti
  • “Tadbirkorlik oliy maktabi” xususiy oliy taʼlim muassasasi
  • “Sharqiy-Yevropa instituti” xususiy oliy taʼlim muassasasi
  • “Sibir biznes va axborot texnologiyalari instituti” nodavlat oliy taʼlim muassasasi va boshqalar.


Qonun hujjatlarida belgilangan talablarga muvofiq, nodavlat taʼlim tashkiloti sifatida Taʼlim inspeksiyasi roʻyxatidan oʻtmagan nodavlat taʼlim tashkilotlari tomonidan berilgan taʼlim olganligi toʻgʻrisidagi hujjatlar yuridik huquqqa ega emas.

Taʼlim inspeksiyasi fuqarolarni haqqoniy va shaffof maʼlumot bilan taʼminlash hamda ularning faoliyat bilan shugʻullanish vakolatiga ega boʻlgan taʼlim tashkilotlaridagi taʼlim sifati boʻyicha maʼlumotlarga boʻlgan ehtiyojini qondirish maqsadida Oʻzbekistonda akkreditatsiyalangan va diplomi tan olinadigan oliy taʼlim muassasalari roʻyxatini eʼlon qilib bormoqda. Quyidagi manzil (tdi.deepx.uz) orqali tanishishingiz mumkin.

Mazkur masala yuzasidan oʻzingizni qiziqtirgan savollar bilan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish inspeksiyasiga quyidagi telegram bot orqali murojaat qilishingiz mumkin: @Uztdibot

 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish inspeksiyasi