O‘ZBЕKISTON RЕSPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI TA’LIM SIFATINI NAZORAT QILISH DAVLAT INSPЕKSIYASI

Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda.

Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda.

Inspeksiya telefoni
998 71 231-07-53 Batafsil
  • Inspeksiya haqida

    O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish

    davlat inspeksiyasi to‘g‘risida

    NIZOM

    1-BOB. UMUMIY QOIDALAR

    1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining (keyingi o‘rinlarda Davlat inspeksiyasi deb ataladi) maqomi, asosiy vazifalari, funksiyalari, huquqlari va javobgarligi, shuningdek faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.

    2. Davlat inspeksiyasi ta’lim tizimida o‘quv-tarbiya jarayonlari, professor-o‘qituvchilar tarkibi, kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish sifatini nazorat qilish bo‘yicha davlat siyosatini amalga oshiradigan, idoraviy mansubligi va tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’i nazar, ta’lim muassasalarini attestatsiya va davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazadigan maxsus vakolatli davlat boshqaruv organi hisoblanadi.

    3. Davlat inspeksiyasi o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga bo‘ysunadi va unga hisobot beradi.

    4. Davlat inspeksiyasi yuridik shaxs hisoblanadi, O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o‘z nomi davlat tilida yozilgan muhrga, mustaqil balansga, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining g‘aznachiligida byudjet va byudjetdan tashqari shaxsiy g‘azna hisobvaraqlariga ega bo‘ladi.

    5. Davlat inspeksiyasi o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek ushbu Nizomga va boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi.

    6. Davlat inspeksiyasi tarkibiga yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlardagi hududiy bo‘limlar (keyingi o‘rinlardaHududiy bo‘limlar deb ataladi) kiradi.

    Hududiy bo‘limlar o‘z faoliyatini Davlat inspeksiyasi tomonidan tasdiqlanadigan nizomga muvofiq amalga oshiradi.

    7. Davlat inspeksiyasi o‘z faoliyatini davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlikda amalga oshiradi.

    2-BOB. DAVLAT INSPЕKSIYASINING

    ASOSIY VAZIFALARI VA FUNKSIYALARI

    8. Quyidagilar Davlat inspeksiyasining asosiy vazifalari hisoblanadi:

    ta’lim tizimida o‘quv-tarbiya jarayonlari, professor-o‘qituvchilar tarkibi, kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish sifatini nazorat qilish, pedagog kadrlarga malaka toifalarini berish bo‘yicha davlat siyosatini amalga oshirish;

    idoraviy mansubligi va mulkchilik shaklidan qat’i nazar, ta’lim muassasalarini attestatsiya va davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazish;

    o‘quvchilar, talabalar va tinglovchilar bilimlarining O‘zbekiston Respublikasi davlat ta’lim standartlari, davlat talablari va malaka talablariga muvofiqligini tahlil qilish, ta’lim muassasalari reytingini aniqlash;

    O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Nodavlat ta’lim muassasalari faoliyatini litsenziyalash komissiyasining ishchi organi sifatida nodavlat ta’lim muassasalariga litsenziyalar berishni tashkil etish;

    xorijiy mamlakatlarda berilgan ta’lim to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish va nostrifikatsiyalash (ekvivalentligini aniqlash)ni tashkil etish;

    respublika hududida xorijiy ta’lim muassasalarining ta’lim faoliyatini yuritish huquqiga ruxsatnomalar berish uchun taqdim etilgan hujjatlarni ekspertizadan o‘tkazish;

    ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari tomonidan beriladigan rasmiy hujjatlarga apostil qo‘yish.

    9. Davlat inspeksiyasi o‘ziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:

    a) ta’lim tizimida o‘quv-tarbiya jarayonlari, professor-o‘qituvchilar tarkibi, kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish sifatini nazoratqilish bo‘yicha davlat siyosatini amalga oshirish sohasida:

    o‘quvchilar, talabalar va tinglovchilar bilimlarining O‘zbekiston Respublikasi davlat ta’lim standartlari, davlat talablari va malaka talablariga muvofiqligini tizimli ravishda tahlil qilish;

    pedagog kadrlarga lavozim va malaka toifalarini berish uchun normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish;

    pedagog kadrlarga malaka toifalarini berish jarayonini tashkil etish jadvallarini tuzish va tasdiqlash;

    ta’lim sohasidagi boshqaruv organlari hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining pedagog kadrlarga mos ravishda lavozim va malaka toifalarini berishni tashkil qilish va o‘tkazish borasidagi faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish;

    pedagog kadrlarga lavozim va malaka toifalarini berish davriyligi haqidagi ma’lumotlar bazasini shakllantirish;

    pedagog kadrlarga lavozim va malaka toifalari berishni tashkil etish;

    lavozim va malaka toifalariga ega bo‘lgan pedagog kadrlarga belgilangan namunadagi malaka toifalariga oid sertifikatlar berish;

    pedagog kadrlarning nazorat sinovlari natijasi bo‘yicha lavozim va malaka toifalariga oid sertifikatlar berilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni Davlat inspeksiyasining rasmiy veb-saytida e’lon qilib borish;

    kadrlar tayyorlash sifatini nazorat qilishda ish beruvchilarning ta’lim muassasalarida kadrlar tayyorlash sifati bo‘yicha takliflari asosida mutaxassislik malaka talablarini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;

    davlat ta’lim standartlari, davlat talablari va malaka talablarini, shuningdek ular asosida ta’limning barcha turlari bo‘yicha ishlab chiqilgan o‘quv reja va dasturlarini ekspertizadan o‘tkazish;

    ta’lim muassasalarida o‘quv-tarbiya hamda kadrlar tayyorlash sifati monitoringini tashkil etish va amalga oshirish;

    uzluksiz ta’lim tizimida tashkil etiladigan fan olimpiadalari, bellashuvlar va turli ko‘rik-tanlovlarni xolis va adolatli o‘tkazilishini nazorat qilish, natijalarini tahlil etish;

    ta’lim sifatini baholash sohasida xalqaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish;

    b) idoraviy mansubligi va tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’i nazar, ta’lim muassasalarini attestatsiya va davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazish sohasida:

    O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi hamda Xalq ta’limi vazirligi bilan birgalikda ta’lim sifatini nazorat qilish va ta’lim muassasalari faoliyatini baholash mezonlarini ishlab chiqish;

    ta’lim sifati nazorati hamda attestatsiya jarayonida qo‘llaniladigan nazorat materiallarini ishlab chiqish, maxfiyligini saqlash bo‘yicha chora-tadbirlar kompleksini amalga oshirish;

    ta’lim muassasalarini attestatsiyadan o‘tkazish uchun jalb etiladigan ekspertlarni tanlash, o‘qitish va o‘qitish yakunlari bo‘yicha ushbu ekspertlarni saralab olish mexanizmini ishlab chiqish va takomillashtirish;

    ta’lim muassasalarini attestatsiyadan o‘tkazish jadvallarini ishlab chiqish va tasdiqlash;

    ta’lim muassasalarini attestatsiya va davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazish jarayonini muvofiqlashtirish va nazorat qilish;

    ta’lim sifati monitoringi, attestatsiya o‘tkazish jarayonida aniqlangan kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etilishini nazorat qilish;

    attestatsiya natijalariga ko‘ra, ta’lim muassasalarini davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazish;

    davlat akkreditatsiyasidan o‘tgan ta’lim muassasalarining reyestrini yuritish;

    ta’lim muassasalarini attestatsiyadan o‘tkazish jarayoni va natijalariga doir masalalar bo‘yicha ekspert xulosalari, hisobotlar, tahliliy materiallar tayyorlash;

    idoraviy mansubligidan va tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’i nazar, ta’lim muassasalarini tashkil etish (qayta tashkil etish, tugatish) hamda ularning maqomini qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha tegishli xulosalar tayyorlash;

    v) o‘quvchilar, talabalar va tinglovchilar bilimlarining O‘zbekiston Respublikasi davlat ta’lim standartlari, davlat talablari va malaka talablariga muvofiqligini tahlil qilish, ta’lim muassasalari reytingini aniqlash sohasida:

    o‘quvchilar, talabalar va tinglovchilar bilimlarini aniqlash maqsadida nazorat materiallarini ishlab chiqish;

    nazorat ishlarini o‘tkazish, natijalarni tahlil qilish, ta’lim sifatiga ta’sir ko‘rsatgan omillarni aniqlash, shu jumladan ta’lim muassasalarida umumta’lim fanlari va kasbiy fanlar bo‘yicha tanlab olish asosida bitiruvchilarning ta’lim tayyorgarligi darajasi va o‘qitish sifati monitoringini o‘tkazish orqali ta’lim sifatiga ta’sir etuvchi omillarni aniqlash;

    o‘quvchilar, talabalar va tinglovchilar o‘rtasida ta’lim sifatini oshirish, davlat ta’lim standartlari, davlat talablari va malaka talablarini bajarish darajasini o‘rganishga qaratilgan intellektual ko‘rik-tanlovlar, musobaqalarni tashkil etish;

    ta’lim va kadrlar tayyorlash sifati monitoringini olib borish va nazorat qilish bo‘yicha tashkiliy-huquqiy va metodik ko‘rsatmalarni ishlab chiqishni tashkil etish;

    zamonaviy axborot-telekommunikatsiya texnologiyalariga asoslangan holda ta’lim va kadrlar tayyorlash sifati monitoringini olib borish;

    ta’lim muassasalarida o‘qitish va kadrlar tayyorlash sifatini o‘rganish maqsadida ijtimoiy so‘rovlarni o‘tkazish;

    ta’lim sifatini baholash natijalari bo‘yicha tahliliy ma’lumotlar tayyorlash;

    ta’lim sifatini baholash natijalari asosida ta’lim va kadrlar tayyorlash sifatining umumiy holati bo‘yicha ta’lim muassasalari reytingini aniqlash;

    g) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Nodavlat ta’lim muassasalari faoliyatini litsenziyalash komissiyasining ishchi organi sifatida nodavlat ta’lim muassasalariga litsenziyalar berish sohasida:

    talabgorlarning litsenziya berish to‘g‘risidagi arizalarini qabul qilish va ko‘rib chiqishni tashkil etish;

    talabgorlarning arizalarini ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha ekspert xulosasini tayyorlash;

    talabgorlarning arizalarini ko‘rib chiqish natijalari haqida talabgorlarga ma’lumot berish;

    ijobiy ekspert xulosalari asosida litsenziyalarni rasmiylashtirish va nodavlat ta’lim muassasalariga berish;

    d) xorijiy mamlakatlarda berilgan ta’lim to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish va nostrifikatsiyalash (ekvivalentligini aniqlash)ni tashkil etish sohasida:

    O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Adliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralarning vakillaridan iborat tarkibda tegishli ta’lim yo‘nalish (mutaxassislik)lari bo‘yicha xorijiy mamlakatlarda berilgan ta’lim to‘g‘risidagihujjatlarni tan olish va nostrifikatsiyalash (ekvivalentligini aniqlash) bo‘yicha ekspertizadan o‘tkazuvchi ekspert komissiyasini (keyingi o‘rinlarda Ekspert komissiyasi deb ataladi) shakllantirish va uning ishini tashkil etish;

    talabgorlardan xorijiy mamlakatlarda berilgan ta’lim to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish va nostrifikatsiyalash (ekvivalentligini aniqlash) uchun zarur bo‘lgan ta’lim to‘g‘risidagi va boshqa hujjatlarni qabul qilib olish;

    ta’lim to‘g‘risidagi hujjatlarni nostrifikatsiyalash (ekvivalentligini qayd etish) jarayoni uchun barcha zarur hujjatlar mavjudligini aniqlash va materiallarni Ekspert komissiyasiga yuborishni tashkil etish;

    Ekspert komissiyasi tomonidan nostrifikatsiyalash (ekvivalentligini qayd etish) uchun taqdim etilgan ta’lim to‘g‘risidagi hujjatni ekspertizadan o‘tkazish natijasiga ko‘ra xulosa tayyorlanishini tashkil etish;

    Ekspert komissiyasining xulosasi haqida talabgorga ma’lum qilish;

    xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlar tan olinganda va nostrifikatsiyalash (ekvivalentligini qayd etish) amalga oshirilganda talabgorga davlat namunasidagi guvohnomalar rasmiylashtirilishini tashkil etish;

    ye) respublika hududida xorijiy ta’lim muassasalarining ta’lim faoliyatini yuritish huquqiga ruxsatnomalar berish uchun taqdim etilganhujjatlarni ekspertizadan o‘tkazish sohasida:

    respublika hududida xorijiy ta’lim muassasalarining ta’lim faoliyatini yuritish huquqiga ruxsatnomalar berish uchun taqdim etilgan hujjatlarni qabulqilib olish;

    respublika hududida xorijiy ta’lim muassasalarining ta’lim faoliyatini yuritish huquqiga ruxsatnomalar berish uchun taqdim etilgan hujjatlarni ekspertizadan o‘tkazish;

    pedagog kadrlar ta’minoti, moddiy-texnik baza, o‘quv-laboratoriya jihozlari va boshqa texnik vositalarni ta’lim dasturini amalga oshirish uchun yetarliligi yuzasidan ekspert xulosasini tayyorlash;

    j) ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari tomonidan beriladigan rasmiy hujjatlarga apostil qo‘yish sohasida:

    apostil qo‘yish uchun murojaatlar va tegishli hujjatlarni qabul qilish hamda ro‘yxatdan o‘tkazish;

    apostil qo‘yish to‘g‘risidagi murojaatni ko‘rib chiqish;

    apostil qo‘yish to‘g‘risidagi murojaatni ko‘rib chiqish natijalari haqida ariza beruvchiga ma’lumot berish.

    10. Hududiy bo‘limlar quyidagi vazifalarni amalga oshiradi:

    ta’lim muassasalari attestatsiyasining o‘tkazilishini, uning sifatli va samarali tashkil qilinishini muvofiqlashtirish va nazorat qilish;

    ta’lim muassasalarini attestatsiyadan o‘tkazish jarayonida Davlat inspeksiyasi va ta’lim sohasidagi hududiy boshqaruv organlari o‘rtasidagi o‘zarohamkorlikni muvofiqlashtirish;

    oliy ta’lim, oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim hamda kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash ta’lim muassasalarini attestatsiyadan o‘tkazish jarayonida oliy ta’lim muassasalarining ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limlari tomonidan o‘tkaziladigan ichki attestatsiya jarayonini muvofiqlashtirish;

    ta’lim va kadrlar tayyorlash monitoringini olib borish va sifatini nazorat qilish jarayonida tashkiliy ishlarni amalga oshirish.

    3-BOB. DAVLAT INSPЕKSIYASINING

    HUQUQLARI VA JAVOBGARLIGI

    11. Davlat inspeksiyasi o‘ziga yuklatilgan vazifalar va funksiyalarni amalga oshirish uchun quyidagi huquqlarga ega:

    o‘ziga yuklatilgan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun vazirliklar, idoralar, ta’lim muassasalaridan zarur ma’lumotlar va materiallarni olish;

    ta’lim tizimida o‘quv-tarbiya jarayonlari, professor-o‘qituvchilar tarkibi, kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish sifatini nazorat qilish bo‘yicha ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari rahbarlari tomonidan ta’lim to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilgan holda qabul qilingan buyruqlar, farmoyishlar vaqarorlarning amal qilishini to‘xtatib qo‘yish;

    ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini, ta’limning barcha turlari bo‘yicha o‘quv rejalari va dasturlarining davlat ta’lim standartlariga, davlat talablari va malaka talablariga muvofiqligini belgilangan tartibda tekshirish;

    attestatsiya jarayonida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ta’lim sohasidagi boshqaruv organlari va ta’lim muassasalaridan talab qilib olish;

    shartnoma asosida ilmiy-metodik va axborot-konsalting xizmatlarini ko‘rsatish;

    o‘ziga yuklatilgan vazifalarni hal etish uchun vazirliklar va idoralar, ta’lim muassasalarining olimlari, amaliyotchi pedagog o‘qituvchi-metodistlar hamda xorijiy ekspertlarni jalb etgan holda innovatsion laboratoriyalar, tayanch ta’lim muassasalarini belgilash, maqsadli ilmiy-tadqiqot, ijodiy guruhlar, ilmiy kengash va komissiyalar tashkil etish;

    o‘z vakolatlari doirasida vazirliklar va idoralar, xalqaro va xorijiy tashkilotlar bilan hamkorlikni amalga oshirish;

    ta’lim va kadrlar tayyorlash sifati muammolari bo‘yicha xalqaro konferensiyalar, kongresslar, simpoziumlar, seminar va o‘quvlar tashkil etish va ularda ishtirok etish, shuningdek davlatlararo va hukumatlararo hamkorlik masalalari bo‘yicha muzokaralarda qatnashish;

    o‘zining vakolatlariga kiradigan masalalar yuzasidan mahalliy davlat hokimiyati organlari va ta’lim sohasidagi boshqaruv organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari rahbarlari va mutaxassislarini jalb etgan holda ta’lim sifati monitoringini, konferensiyalar, yig‘ilishlar, seminarlar va boshqa tadbirlarni o‘tkazish;

    o‘z vakolatiga tegishli masalalarda o‘quv qo‘llanma, metodik ishlanmalar, nazorat materiallarini ishlab chiqish;

    ta’lim muassasalarini attestatsiyadan o‘tkazish jarayonida ta’lim sifatiga oid aniqlangan kamchiliklar va nuqsonlar uchun ushbu muassasalarning rahbar va pedagog xodimlariga nisbatan jarimalar qo‘llash.

    Davlat inspeksiyasi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.

    12. Davlat inspeksiyasi o‘z vakolatlari doirasida vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari boshqa tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilishga haqlidir.

    Davlat inspeksiyasi zarur hollarda, davlat boshqaruvining boshqa organlari bilan birgalikda belgilangan tartibda qo‘shma qarorlar va boshqa hujjatlar chiqarish huquqiga ega.

    13. Davlat inspeksiyasi o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradi.

    4-BOB. DAVLAT INSPЕKSIYASI

    FAOLIYATINI TASHKIL ETISH

    14. Davlat inspeksiyasiga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozodqilinadigan boshliq boshchilik qiladi.

    Davlat inspeksiyasi boshlig‘ining O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan o‘rinbosari bo‘ladi.

    Davlat inspeksiyasi boshlig‘i maqomiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi vaziriga, o‘rinbosar esa - tegishli ravishda vazir o‘rinbosariga tenglashtiriladi.

    Davlat inspeksiyasining bosh boshqarma boshliqlari, bo‘lim boshliqlari va xodimlari, shu jumladan Hududiy bo‘limlar xodimlari Davlat inspeksiyasi boshlig‘i tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.

    15. Davlat inspeksiyasi boshlig‘i:

    Davlat inspeksiyasi faoliyatiga bevosita rahbarlik qiladi va Davlat inspeksiyasiga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi yuzasidan shaxsan javob beradi;

    Davlat inspeksiyasi xodimlari tomonidan bajarilishi majburiy bo‘lgan buyruqlar chiqaradi va ko‘rsatmalar beradi;

    Davlat inspeksiyasining tarkibiy bo‘linmalari va Hududiy bo‘limlari to‘g‘risidagi nizomlarini tasdiqlaydi;

    Davlat inspeksiyasi vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha qarorlar qabul qiladi;

    Davlat inspeksiyasi faoliyatining joriy va istiqbol rejalarini tuzilishini tashkil etadi;

    Davlat inspeksiyasi xodimlarini rag‘batlantiradi hamda ularni davlat mukofotlari, faxriy unvonlar, faxriy yorliqlar berilishiga tavsiya etadi;

    Davlat inspeksiyasi xodimlarini zarur hollarda intizomiy javobgarlikka tortadi.

    Davlat inspeksiyasi boshlig‘i qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.

    16. Davlat inspeksiyasida Davlat inspeksiyasi boshlig‘i, uning o‘rinbosari, bosh boshqarma boshliqlari, bo‘lim boshliqlari va yuqori malakali xodimlardan iborat tarkibda ilmiy-metodik kengash tashkil etiladi. Ilmiy-metodik kengash a’zolarining soni va shaxsiy tarkibi Davlat inspeksiyasi boshlig‘i buyrug‘i bilan tasdiqlanadi.

    17. Ilmiy-metodik kengash mazkur Nizomga muvofiq Davlat inspeksiyasiga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirish jarayoniga oid ilmiy, metodik va normativ-huquqiy hujjatlarga oid masalalarni ko‘rib chiqadi.

    Ilmiy-metodik kengash qarorlari Davlat inspeksiyasi boshlig‘ining buyrug‘i bilan amalga oshiriladi.

    5-BOB. DAVLAT INSPЕKSIYASI

    FAOLIYATINI MOLIYALASHTIRISH

    18. Davlat inspeksiyasi faoliyati quyidagi manbalar hisobidan moliyalashtiriladi:

    O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag‘lari;

    homiylar - yuridik va jismoniy shaxslarning, O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari va norezidentlarining mablag‘lari;

    grantlar, xizmat ko‘rsatishdan tushgan daromadlar hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.

    19. Davlat inspeksiyasining xarajatlar smetasi, daromadlar va xarajatlar smetasi belgilangan tartibda Davlat inspeksiyasi boshlig‘i tomonidan tasdiqlanadi va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligida ro‘yxatdan o‘tkaziladi.

    20. Davlat inspeksiyasi o‘zining kasaba uyushmasining taklifiga muvofiq Davlat inspeksiyasi rahbarlari va xodimlariga ustamalar belgilashi hamda oylik ish haqining bir baravari miqdorigacha mukofotlashi mumkin.

    6-BOB. YAKUNIY QOIDA

    21. Davlat inspeksiyasini qayta tashkil etish va tugatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.


    "O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami",

    2017 yil 24 iyul, 29-son, 698-modda

HUDUDIY BO’LIMLAR
SAYT XARITASI