O‘ZBЕKISTON RЕSPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI TA’LIM SIFATINI NAZORAT QILISH DAVLAT INSPЕKSIYASI

Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda.

Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda.

Inspeksiya telefoni
998 71 231-07-53 Batafsil
  • Nostrifikatsiya hujjatlarni legallashtirish

    Nostrifikatsiya qilish uchun zarur bo‘lgan hujjatlar ro‘yxati

    Respublikamizda xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni nostrifikatsiyalash O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 25 iyuldagi 283-son qarori bilan tasdiqlangan “Xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish va nostrifikatsiyalash (ekvivalentligini qayd etish) tartibi to‘g‘risida Nizom” asosida amalga oshiriladi. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq ishlab chiqilgan bo‘lib, xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik to‘g‘risidagi 1992 yil 1 yanvardan so‘ng berilgan hujjatlarni tan olish hamda ularni nostrifikatsiyalash (ekvivalentligini qayd etish) tartibini belgilaydi.

    O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 18 iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi 515-son qaroriga muvofiq xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik to‘g‘risidagi ta’lim hujjatlarini tan olish va nostrifikatsiyalash vakolati Davlat test markazidan Ta’lim sifatini nazorat qilish Davlat inspeksiyasi vakolatiga o‘tkazilgan.

    Nostrifikatsiya qilish uchun zarur bo‘lgan hujjatlar ro‘yxati:

    - Diplom va ilovaning asli (ariza qabul qilingandan so‘ng egasiga qaytariladi);

    - Diplom va ilovani aslini davlat (o‘zbek) tiliga tarjima qilib notariusdan tasdiqlangani (2 nusxada);

    - Pasport va pasport nusxasi;

    - Davlat boji (eng kam oylik ish haqqining ikki barobari) to‘langanligi haqidagi to‘lov qog‘ozi.

    Xujjatlarni topshirish onlayn tizimida amalga oshiriladi.

    Yuqorida ko‘rsatilgan xujjatlar qog‘oz shaklda, qog‘oz uchun papkaga solingan holda test sinovlari va suxbat bo‘lib o‘tadigan kuni taqdim etiladi.

    Onlayn tizimida noto‘g‘ri xujjat va ma’lumot taqdim etgan shaxslar, test sinovlariga va suxbatga qo‘yilmaydilar.

    To‘lov uchun rekvizitlar

    Tashkilot nomi

    O'zR VM huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi

    Hisob raqam

    234 020 003 001 000 010 10

    INN

    201 122 919

    Bank

    XKKM Markaziy bank Bosh boshqarmasi

    MFO

    00014

    L/s

    4014108601262943422233252

    INN

    305131656

    Manzil

    Toshkent shahar Chilonzor tumani Nurxon ko'chasi 21-uy

    Ekspert komissiyasining 2018 yilga test sinovlari va suhbat o'tkazish jadvali

    T/r

    Ekspert komissiyasining nomi

    Ekspert komissiyasi yigʻilishlari oʻtkaziladigan kunlar va boshlanish vaqtlari

    Maxsus sinov oʻtkaziladigan kunlar va boshlanish vaqti

    1.

    “HUQUQSHUNOSLIK” sohasi boʻyicha Ekspert komissiyasi

    2018 yil 15 sentabr, 24 sentabr, 15 oktabr, 29 oktabr, 12 noyabr, 26 noyabr, 10 dekabr, 24 dekabr kunlari soat 16-00 da

    2018 yil 15 sentabr, 24 sentabr, 15 oktabr, 29 oktabr, 12 noyabr, 26 noyabr, 10 dekabr, 24 dekabr kunlari soat 14-00 da

    2.

    “SOGʻLIQNI SAQLASH VA IJTIMOIY TAʻMINOT” sohasi boʻyicha Ekspert komissiyasi

    2018 yil 15 sentabr, 25 sentabr, 16 oktabr, 30 oktabr, 13 noyabr, 27 noyabr, 11 dekabr, 25 dekabr kunlari soat 16-00 da

    2018 yil 15 sentabr, 25 sentabr, 16 oktabr, 30 oktabr, 13 noyabr, 27 noyabr, 11 dekabr, 25 dekabr kunlari soat 14-00 da

    3.

    “IQTISODIYOT” sohasi boʻyicha Ekspert komissiyasi

    2018 yil 15 sentabr, 26 sentabr, 17 oktabr, 31 oktabr, 14 noyabr, 28 noyabr, 12 dekabr, 26 dekabr kunlari soat 16-00 da

    2018 yil 15 sentabr, 26 sentabr, 17 oktabr, 31 oktabr, 14 noyabr, 28 noyabr, 12 dekabr, 26 dekabr kunlari soat 14-00 da

    4.

    “QISHLOQ XOʻJALIGI, MUHANDISLIK, ISHLOV BЕRISH VA QURILISH” sohasi boʻyicha Ekspert komissiyasi

    2018 yil 15 sentabr, 27 sentabr, 18 oktabr, 1 noyabr, 15 noyabr, 29 noyabr, 13 dekabr, 27 dekabr kunlari soat 16-00 da

    2018 yil 15 sentabr, 27 sentabr, 18 oktabr, 1 noyabr, 15 noyabr, 29 noyabr, 13 dekabr, 27 dekabr kunlari soat 14-00 da

    5.

    “OʻQITUVCHILAR TAYYORLASH VA PЕDAGOGIK FANLAR” sohasi boʻyicha Ekspert komissiyasi

    2018 yil 12 sentabr, 28 sentabr, 19 oktabr, 2 noyabr, 16 noyabr, 30 noyabr, 14 dekabr, 28 dekabr kunlari soat 14-00 da

    2018 yil 12 sentabr, 28 sentabr, 19 oktabr, 2 noyabr, 16 noyabr, 30 noyabr, 14 dekabr, 28 dekabr kunlari soat 10-00 da

    Qabul kunlariSeshanba, Payshanba 10-00 dan 17-00 gacha

    Nostrifikatsiyaga oid qo‘shimcha ma’lumot uchun Xujjatlarni legallashtirish, tan olish va nostrifikatsiyalash bo‘limiga murojaat qilish lozim.

    Tel: (+99871) 231-07-53 (+99871) 277-11-79 (ichki tel 1021;1022)

    Elektron manzil nostr@tdi.uz

    Nostrifikatsiya interaktiv xizmatidan foydalanish!

    Interaktiv xizmat uchun yo'riqnoma (O'zbekcha)

    Interaktiv xizmat uchun yo'riqnoma (Ruscha)

HUDUDIY BO’LIMLAR
SAYT XARITASI