O‘ZBЕKISTON RЕSPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI TA’LIM SIFATINI NAZORAT QILISH DAVLAT INSPЕKSIYASI

Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda.

Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda.

Inspeksiya telefoni
998 71 231-07-53 Batafsil
  • Media reja

     O‘ZBЕKISTON RЕSPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI TA’LIM SIFATINI NAZORAT QILISH DAVLAT INSPЕKSIYASI                                                                                                          AXBOROT XIZMATINING MЕDIA RЕJASI

     

    Chora-tadbirlar

    Amalga oshirish mexanizmi

    Muddat

    Mas’ullar

    1.

    Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining rasmiy veb-sayti tdi.uz ga axborotlarni tezkorlik bilan joylashtirish va ularni o‘z vaqtida yangilab borish

    Ta’lim sohasiga oid islohotlarni e’lon qilish hamda inspeksiya boshqarma va bo‘limlaridan axborotlarni jamlash, tahrirlash va joylashtirish

    Doimiy

    Axborot xizmati vakillari, boshqarma va bo‘limlardagi tegishli mas’ullar bilan birgalikda

    2.

    Ta’lim sohasiga ixtisoslashgan matbuot nashrlariga Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining barcha boshqarma va bo‘limlaridagi belgilangan xodimlar bilan birgalikda axborot-tahliliy materiallar, ilmiy-uslubiy maqolalar tayyorlash;

    Respublikada faoliyat yuritayotgan tahririyatlar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish (“Ma’rifat”, “Xalq so‘zi” va h.k.). Boshqarma va bo‘limlardan ilmiy-uslubiy maqolalarni yig‘ish, ekspertiza qilish va nashrga berish

    Doimiy

    Axborot xizmati vakillari, boshqarma va bo‘limlardagi tegishli mas’ullar, OAV xodimlari bilan birgalikda

    3.

    Ta’lim sifatini aniqlash indikatorlari, attestatsiya va akkreditatsiya natijari, Ta’lim sohasida nodavlat sektorni rivojlantirish istiqbollari, apostil qo‘yish, nostrifikatsiya qilish, litsenziya berishda yaratilayotgan imkoniyatlarga oid axborotlarni internet saytlarida yoritib borish

    Internet jurnalistikasi vakillari bilan hamkorlikdakun.uz, xabar.uz, daryo.uz saytlariga chiqishlarni tashkil etish, ma’lumotlar berish, intervyular uyushtirish

    Doimiy

    Axborot xizmati vakillari, boshqarma va bo‘limlardagi tegishli mas’ullar, OAV xodimlari bilan birgalikda

    4.

    Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi faoliyatini xolisona, sifatli va tezkor yortilishini ta’minlash maqsadida mahalliy telekanallarda namoyish etiladigan ko‘rsatuvlarda chiqishlar qilish

    Respublikamiz telekanal-laridagi ko‘rsatuvlarga chiqishlarni tashkil etish va uchun xodimlarni tayyorlash

    Doimiy

    Axborot xizmati vakillari, boshqarma va bo‘limlardagi tegishli mas’ullar, OAV xodimlari bilan birgalikda

    5.

    Keng jamoatchilikni Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining faoliyati, uning sohaga doir normativ-huquqiy hujjatlari to‘g‘risida xolisona, sifatli va tezkor xabardor qilish maqsadida OAV vakillari ishtirokida PRЕSS-konferensiyalar tashkil etish

    Press-konferensiya o‘tkazishga ketadigan sarf-xarajatlar rejasini shakllantirish, rejadan kelib chiqib, press-konferensiya o‘tkazish joyini aniqlash, OAV vakillarini jalb etish va press-reliz tayyorlash

    Yilda bir marta

    Axborot xizmati vakillari, boshqarma va bo‘limlardagi tegishli mas’ullar (ishlar boshqaruvchisi, kasaba uyushmasi, yurist), OAV xodimlari bilan birgalikda

    6.

    Ta’lim sifatini nazorat kilish davlat inspeksiyasi tomonidan faoliyatga doir axborotlar bilan keng jamoatchilikni xabardor etish maqsadida ta’lim sohasi vakillari hamda jurnalistlar ishtirokida ko‘chma mediaturlarni uyushtirish (Samarqand, Xorazm...)

    Ko‘chma mediaturlarning rejasi va dasturini ishlab chiqish, sarf-xarajatlarni hisoblash, mediaturlarga OAV vakillarini jalb etish

    Yilda bir marta

    Axborot xizmati vakillari, boshqarma va bo‘limlardagi tegishli mas’ullar, OAV xodimlari bilan birgalikda

    7.

    Inspeksiya faoliyati haqida batafsilma’lumot beruvchi mediamateriallarni tayyorlash

    Inspeksiya faoliyatiga doir broshyuralar, taqdimot materiallari (prezentatsiya) va videoroliklar (Introductory) tayyorlash

    Iyun-avgust

    Axborot xizmati vakillari, AKT bo‘limi

    8.

    Ommaviy axborot vositalari vakillari shuningdek, inspeksiyaning boshqarma va bo‘limlari o‘rtasida inspeksiya faoliyatga doir axborotlarni sifatli va keng yoritganligi uchun “O‘zbekistondata’lim sifatini nazorat qilish va ta’lim samaradorligini oshirish to‘g‘risida eng yaxshi yoritilgan mediamaterial” tanlovini o‘tkazish va tanlov g‘oliblarini rag‘batlantirish

    Tanlov nizomini ishlab chiqish, komissiya tarkibini aniqlash va tashkil etish

    Dekabr

    Axborot xizmati vakillari, boshqarma va bo‘limlardagi tegishli mas’ullar (ishlar boshqaruvchisi, kasaba uyushmasi, yurist).

    9.

    Ta’lim sifatini nazorat kilish davlat inspeksiyasining faoliyat sohasiga aloqador matnli, foto, audio va videomateriallar ma’lumotlar bankini shakllantirish, yuritish, Media Archive hamda arxivlashtirish

    Arxiv materiallari (foto, audio, bosma, video) bazasini shakllantirish

    Dekabr

    Axborot xizmati vakillari, AKT bo‘limi

    10.

    Rahbariyatning topshirig‘iga ko‘ra davlat organlarida respublika va xalqaro ahamiyatga ega bo‘lgan tadbirlarda Xizmat vakolatiga taalluqli masalalar bo‘yicha Davlat inspeksiyasi nomidan vakillik qilish

    Videoselektorlar, seminar-treninglar, brifinglar, press-konferensiyalar, mahalliy va xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyalarda ta’lim sifatiga doir taklif va tavsiyalar bilan ishtirok etish

    Yil davomida

    Axborot xizmati vakillari, boshqarma va bo‘limlardagi tegishli mas’ullar bilan birgalikda

    11

    Yil davomida inspeksiya tomonidan ta’lim tizimiga joriy etilgan mexanizmlar, indikatorlar,bajarilgan ishlar xususida matbuot anjumani tashkil etish

    Matbuot anjumani tashkil etish va unda mahalliy   OAVlarni ishtirokini ta’minlash

    Yil nyakunida

    Axborot xizmati vakillari, boshqarma va bo‘limlardagi tegishli mas’ullar, OAV xodimlari bilan birgalikda

    Izoh:

    -materiallar o‘zbek va rus tillarida tayyorlanadi;

    -materiallarning tayyorlanish hamda tadbirlarning o‘tkazilish muddati, davriyligi o‘zgarishi mumkin;

     

HUDUDIY BO’LIMLAR
SAYT XARITASI