O‘ZBЕKISTON RЕSPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI TA’LIM SIFATINI NAZORAT QILISH DAVLAT INSPЕKSIYASI

Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda.

Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda.

Inspeksiya telefoni
998 71 231-07-53 Batafsil
  • Ta'lim muassasalari attestatsiyasi va davlat akkreditatsiyasi

    Faoliyat yo‘nalishi bo‘yicha qisqacha ma’lumot

    Attestatsiya - ta’lim muassasasi faoliyatini baholashda davlat nazoratining asosiy shakli hisoblanib, ta’lim muassasasida kadrlar tayyorlash mazmuni, darajasi va sifatining davlat ta’lim standartlari hamda davlat talablariga muvofiqligini aniqlashdan iborat.

    Davlat akkreditatsiyasi - ta’lim muassasasi faoliyatining davlat ta’lim standartlari va davlat talablari mezon va talablariga javob berishining davlat tomonidan e’tirof etilishi hamda uning bitiruvchilariga davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi ma’lumot to‘g‘risidagi hujjatlarni topshirish huquqini berishdan iborat.

    Faoliyatni amalga oshirish mexanizmi

    Ta’lim muassasalarini attestatsiya va davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazish O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida”gi qonunlari hamda “O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalarini davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi Nizom” va “O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalarini attestatsiyadan o‘tkazish mezonlari bo‘yicha Yo‘riqnoma”ga asosan tashkil etiladi.

    O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2015 yil 27 martda “Xalq ta’limi vazirligi, boshqa vazirliklar va idoralar tasarrufidagi hamda nodavlat maktabgacha va umumiy o‘rta ta’lim muassasalarini 2015-2020 yillarda attestatsiyadan o‘tkazish rejasi” tasdiqlangan. Mazkur reja asosida ta’lim muassasalari attestatsiyadan o‘tkazilib, akkreditatsiyalanmoqda.

    Ta’lim muassasasini akkreditatsiyalash Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan attestatsiyaga asosan amalga oshiriladi.

    ATTЕSTATSIYA O‘TKAZISH TARTIBI

    Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari 9 yilda, maktabgacha ta’lim muassasalari 5 yilda bir marta attestatsiyadan o‘tkaziladi. Yangi tashkil etilgan ta’lim muassasasi attestatsiyasi birinchi bitiruv yakunlariga ko‘ra ta’lim oluvchilar tayyorlash davri to‘la tugagandan so‘ng o‘tkaziladi.

    Attestatsiya jarayonida ta’lim turlari bo‘yicha ta’lim muassasalarining oxirgi uch yillik faoliyatini kompleks tahlil etilib, asosan ta’lim-tarbiya jarayonining davlat ta’lim standartlari va davlat talablariga muvofiq tashkil etilganligi, o‘quvchi va tarbiyalanuvchilarning ta’lim-tarbiya dasturlarini o‘zlashtirish darajasi, tarbiyachi-pedagog kadrlarning salohiyati o‘quv-uslubiy ishlarning olib borilishi va o‘quvchilarning darsliklar bilan ta’minlanishiga alohida e’tibor qaratiladi.

    Shuningdek, maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalar rivoji uchun o‘yinchoqlar, uslubiy qo‘llanma va bolalar adabiyoti bilan ta’minlanganligi, sport maydonchalari va zarur sharoitlarning yaratilganligi, ovqatlanish hamda dam olish xonalarining belgilangan sanitariya-gigiyenik va estetik talablarga mosligi hisobga olinadi.

    Ta’lim muassasalari attestatsiyasi xolislik, to‘la oshkoralik, davriylik va pedagogik etika me’yorlariga amal qilingan holda o‘tkazilib, Davlat inspeksiyasida attestatsiyadan o‘tuvchi ta’lim muassasasi uchun attestatsiyadan o‘tkazish bilan bog‘liq bo‘lgan hujjatlar yig‘ma jildi yig‘iladi va navbatdagi attestatsiya o‘tkazilgunga qadar saqlanadi.

    ATTЕSTATSIYA KOMISSIYALARINI TASHKIL ETISH VA ULARNING TARKIBI

    Maktabgacha va umumiy o‘rta ta’lim muassasalarini attestatsiyadan o‘tkazish uchun Davlat inspeksiyasi tomonidan mahalliy davlat hokimlik organlari bilan hamkorlikda qo‘shma qaror qabul qilinib, Attestatsiya komissiyalari tuziladi. Komissiyani tuman (shahar) hokimining mas’ul o‘rinbosari boshqaradi.

    Davlat inspeksiyasi ta’lim muassasalari attestatsiyasini tashkil etish va o‘tkazish yuzasidan ta’limni boshqarish bo‘yicha vakolatli davlat organlari hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatini muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi.

    ATTЕSTATSIYA YAKUNLARI

    Komissiya ta’lim muassasasidagi ta’lim dasturlarini attestatsiya qilib, ularda kadrlar tayyorlash mazmuni, darajasi va sifatining davlat ta’lim standartlari hamda davlat talablariga muvofiqligi haqida xulosa tayyorlaydi.

    Maktabgacha ta’lim muassasalari attestatsiyasi bo‘yicha ekspertlar tomonidan tarbiyalanuvchilar uchun o‘tkazilgan nazorat ishlari natijalari, davlat talablarini o‘zlashtirish darajasi, ta’lim muassasasi Ustavida belgilangan vazifalarning bajarilishi bo‘yicha ta’lim muassasasi to‘g‘risida quyidagi xulosalardan biri qabul qilinadi:

    o‘tkazilgan nazorat ishlarida tarbiyalanuvchilarning 80 foizi va undan ko‘pi ijobiy baholanib, ta’lim muassasasi faoliyati mezonda belgilangan umumiy ballning 80 foizi va undan yuqori ball to‘plaganda “Attestatsiyadan o‘tdi”;

    o‘tkazilgan nazorat ishlarida tarbiyalanuvchilarning 60 foizi va undan ko‘pi ijobiy baholanib, ta’lim muassasasi mezonda belgilangan umumiy ballning 65 foizi va undan yuqori baholanganda “Attestatsiyadan shartli o‘tdi”;

    o‘tkazilgan nazorat ishlarida tarbiyalanuvchilarning 60 foizidan kami ijobiy baholanib, ta’lim muassasasi mezonda belgilangan umumiy ballning 65 foizidan past baholanganda “Attestatsiyadan o‘tmadi” deb e’tirof etiladi.

    Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari attestatsiyasi bo‘yicha so‘nggi uch yilda ta’lim muassasasi bitiruvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasi va ekspertlar tomonidan o‘tkazilgan nazorat ishlari natijalari, ta’lim muassasasi davlat ta’lim standartlari va Ustavida belgilangan vazifalarning bajarilish darajasi asosida ta’lim muassasasi to‘g‘risida quyidagi xulosalardan biri qabul qilinadi:

    bitiruvchilarning 75 foizi va undan ko‘pi, nazorat ishlarida o‘quvchilarning 60 foizi va undan ko‘pi ijobiy baholanib, ta’lim muassasasi mezonda belgilangan umumiy ballning 70 foizi va undan ko‘pini to‘plaganda “Attestatsiyadan o‘tdi”;

    bitiruvchilarning 60 foizi va undan ko‘pi, nazorat ishlarida o‘quvchilarning 50 foizi va undan ko‘pi ijobiy baholanib, ta’lim muassasasi mezonda belgilangan umumiy ballning 55 foizi va undan ko‘pini to‘plaganda “Attestatsiyadan shartli o‘tdi”;

    bitiruvchilarning 50 foizi va undan kami “qoniqarli” baholangan bo‘lib, nazorat ishlarida o‘quvchilarning 50 foizi va undan ko‘pi “qoniqarsiz” baholanib, ta’lim muassasasi mezonda belgilangan umumiy ballning 55 foizidan kam ball to‘plaganda “Attestatsiyadan o‘tmadi” deb e’tirof etiladi.

    Davlat inspeksiyasi ta’lim muassasalari attestatsiyasi jarayonida aniqlangan kamchilik va nuqsonlarning o‘z vaqtida bartaraf etilishini muntazam nazorat qiladi.

    “Attestatsiyadan o‘tdi” deb e’tirof etilgan ta’lim muassasasini akkreditatsiyalash uchun zarur hujjatlar Davlat inspeksiyasiga taqdim etiladi.

    Maktabgacha va umumiy o‘rta ta’lim muassasalari “Attestatsiyadan shartli o‘tdi” deb e’tirof etilganda, ular bir yildan keyin qayta attestatsiyadan o‘tkaziladi.

    Umumiy o‘rta ta’lim muassasasi “Attestatsiyadan o‘tmadi” deb topilsa, u holda ta’lim muassasasi rahbarlari navbatdan tashqari attestatsiyaga jalb etiladi va ta’lim muassasasi bitiruvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasi boshqa ta’lim muassasasi bitiruvchilari bilan qo‘shib o‘tkaziladi.

    Maktabgacha ta’lim muassasalari “Attestatsiyadan o‘tmadi” deb topilsa ularni tugatish yoki qayta tashkil etish masalasi qo‘yiladi.

    DAVLAT AKKRЕDITATSIYASINI O‘TKAZISH TARTIBI

    Ta’lim muassasasini akkreditatsiyalash uchun Davlat inspeksiyasi buyrug‘i bilan doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi Akkreditatsiya komissiyasi tarkibi tasdiqlanadi va Davlat inspeksiyasi boshlig‘i Akkreditatsiya komissiyasining raisi hisoblanadi.

    Ta’lim muassasasini akkreditatsiyalash uchun Attestatsiya komissiyasi tomonidan ta’lim muassasasi attestatsiyasi xulosasi Akkreditatsiya komissiyasiga taqdim etiladi. Ta’lim muassasasini davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazish haqidagi qaror hujjatlar topshirilgandan keyin bir oy muddatda qabul qilinadi.

    Ta’lim muassasasini akkreditatsiyalash yuzasidan ijobiy qaror qabul qilingan taqdirda, ta’lim muassasasiga 2 hafta davomida davlat akkreditatsiyasi haqida sertifikat beriladi. Sertifikat umumiy o‘rta ta’lim muassasalariga 9 yil, maktabgacha ta’lim muassasalariga 5 yil muddatga beriladi. Ta’lim muassasasi qayta tashkil etilgan yoki tugatilgan taqdirda davlat akkreditatsiyasi haqidagi sertifikat o‘z kuchini yo‘qotadi.

    Shuningdek, Davlat akkreditatsiyasidan o‘tgan ta’lim muassasasi tomonidan ta’limga oid qonunlar buzilganligi yoki amalga oshirilayotgan ta’lim xizmatlari Davlat ta’lim standartlari va davlat talablariga mos kelmasligi yoki sertifikatda belgilangan ko‘rsatkichlar doirasidan chetga chiqishlar aniqlangan taqdirda Davlat inspeksiyasi tomonidan belgilangan tartibda davlat akkreditatsiyasi haqidagi sertifikat bekor qilinishi mumkin. Davlat akkreditatsiyasidan o‘tgan ta’lim muassasalari Davlat inspeksiyasida hisobga olinadi va ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinadi.

                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                Bog'lanish

                                                                                                                                                                                                                                                           Maktabgacha, umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim muassasalarini attestatsiyadan o‘tkazish bo‘limi

                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                           Tel: 0(371) 231-07-53 

                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                            Ichki raqam: 1017

     

    __________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________

    ATTESTATSIYA VA AKKREDITATSIYA RAQAMLARDA...

    O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 18 iyuldagi 515-sonli Qaroriga asosan idoraviy mansubligi va mulkchilik shaklidan qat’i nazar, barcha ta’lim muassasalarini attestatsiya va davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazish vazifasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasiga yuklatilgan.

    O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan Xalq ta’limi vazirligi, boshqa vazirliklar va idoralar tasarrufidagi, shuningdek, nodavlat maktabgacha hamda umumiy o‘rta ta’lim muassasalarini 2015-2020 yillarda attestatsiyadan o‘tkazish rejasiga asosan o‘tgan o‘quv yilida 233 ta maktabgacha, 1987 ta umumiy o‘rta ta’lim muassasalari attestatsiyadan o‘tkazildi. Shuningdek, joriy 2018-2019 o‘quv yili rejasiga asosan 1687 ta maktabgacha, 1876 ta umumiy o‘rta ta’lim muassasalarini attestatsiyadan o‘tkazish belgilangan.

     

    __________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________

    Maktabgacha va umumiy o‘rta ta’lim muassasalarini attestatsiyadan o‘tkazish uchun

    tayyorlanadigan hujjatlarni yuritishga doir

    TAVSIYALAR

     

    O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 10 fevraldagi 21-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalarini davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi Nizom”ga asosan tuman (shahar)larda tashkil etilgan attestatsiya komissiyalariga amaliy yordam ko‘rsatish, ta’lim muassasalarini attestatsiya va akkreditatsiyadan o‘tkazishni yaxshilash, ushbu jarayonga mas’ul bo‘lgan xodimlarning mas’uliyatini yanada oshirish hamda 2018-2019 o‘quv yili rejasining bajarilishini belgilangan muddatlarda ta’minlash maqsadida attestatsiya jarayonini tashkil etish, komissiya va ekspertlar guruhining vazifalariga aniqlik kiritish maqsadida  yuritiladigan hujjatlarni rasmiylashtirish tartiblari haqida metodik tavsiya berilmoqda.

     

    Ta’lim muassasalari attestatsiya komissiyasi  va ekspertlar guruhini shakllantirish tartibi to‘g‘risida

    Maktabgacha va umumiy o‘rta ta’lim muassasalarini attestatsiyadan o‘tkazish uchun komissiya tuman (shahar) hokimliklari qoshida tashkil etiladi. (Maktabgacha ta’lim va umumiy o‘rta ta’lim maktablari uchun 1 ta komissiya tashkil etiladi) Komissiya tarkibi tuman hokimining qarori bilan tasdiqlanadi. Qarorda komissiya tarkibi va ta’lim muassasalarining attestatsiyadan o‘tkazish muddatlari ko‘rsatilgan jadval ilova qilinishi shart.

             Komissiya tarkibiga (7 kishi) hokimning ta’lim sohasi bo‘yicha mas’ul o‘rinbosari, mahalliy Davlat hokimiyati vakili, xalq ta’limi bo‘limi hamda maktabgacha ta’lim bo‘limi mutaxassislari, fan va ta’lim kasaba uyushmasi xodimlari, jamoatchilik vakillari (tuman mahalla jamg‘arma raisi) kiritiladi:

    Komissiya raisi - hokimning ta’lim sohasi bo‘yicha mas’ul o‘rinbosari

    Komissiya raisi o‘rinbosari – XTB hamda MTB tuman ( shahar) bo‘limining mudirlari

    A’zolari Malakali pedagoglar

                        (ta’lim muassasalari rahbarlari tarkibidan 3 kishi)

                        Fan va ta’lim kasaba uyushmasi a’zosi,

                        Tuman fuqarolar yig‘ini vakili

    Komissiyani tuman hokimining mas’ul o‘rinbosari boshqaradi. Komissiya ta’lim muassasasida 10 kundan oshmagan muddatda faoliyat ko‘rsatadi.

     

    Attestatsiya komissiyasining ish taqsimoti

    Attestatsiya komissiyasining ish rejasi va ish taqsimoti komissiyaning yig‘ilishida kelishilgan holda, komissiya raisi  tomonidan tasdiqlanadi.

    Maktabgacha va umumta’lim muassasalarining attestatsiya natijalarini, komissiyaning yig‘ilish bayoni va qarorlarini qayd qilish daftar yuritiladi. Daftar tikilgan, sahifalangan va komissiya raisi tomonidan imzolanib, muhrlangan bo‘lishi shart.  Bayonnomalar komissiya raisi va kotiba tomonidan imzolanadi. Kotiba komissiya a’zolaridan saylanadi. Bayonnoma komissiyaning barcha a’zolari tomonidan to‘liq tasdiqlanadi.

    Komissiya a’zolaridan biri ishdan bo‘shaganda yoki boshqa ishga o‘tganda uning o‘rniga ishga qabul qilingan xodim komissiya a’zosi tarkibiga kiradi. Masalan: hokimning mas’ul o‘rinbosari, fuqarolar yig‘ini vakili, fan va ta’lim kasaba uyushmasi a’zosi o‘zgargan holatda ularning o‘rniga ishga kelgan xodim to‘g‘ridan-to‘g‘ri komissiya a’zosi sifatida faoliyat ko‘rsatadi. Ta’lim muassasasi rahbarlaridan kiritilgan a’zolar o‘zgargan holatda komissiya tarkibiga kiritiladigan xodimlar XTB va MTBning tavsiyasi asosida kiritiladi. Tavsiya attestatsiya komissiyasi raisi nomiga yoziladi.

    Barcha holatlarda komissiya tarkibidagi o‘zgarishlar to‘g‘risida o‘z vaqtida Davlat  inspeksiyasiga ma’lumot berib boriladi. Ma’lumot  tuman hokimiyati blankasida Attestatsiya komissiyasi raisi tomonidan imzolangan holatda topshiriladi.

    Attestatsiya komissiyasini tashkil etish, ularning ish tartibi, ta’lim muassasalarining attestatsiya jarayoni VMning 2006 yil 10 fevraldagi 21-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizom asosida olib borilishi shart.

     

    Ekspertlar guruhini shakllantirish

             Komissiya qoshida faoliyat ko‘rsatuvchi ekspertlar guruhi tuman (shahar) XTB va MTM bo‘limlarining buyrug‘i bilan tasdiqlanadi.

    Maktabgacha va umumta’lim muassasalari uchun ekspertlar alohida-alohida tashkil etiladi. Ularning tarkibi alohida-alohida buyruq bilan tasdiqlanadi. Ekspertlar sonini ta’lim muassasalari soni va ulardagi o‘quvchi va tarbiyalanuvchilarining sonidan kelib chiqqan holda ixtiyoriy tanlanishi mumkin. Ularning tarkibiga malakali va ilg‘or tajribali mutaxassislar jalb etiladi. Ekspertlar guruhini tuzishda tanlangan xodimlarning salohiyati, tajribasi, AKTni bilish darajasi e’tiborga olinishi lozim. 

    Ekspertlar guruhiga,

    Maktablar uchun:

    Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi -1 nafar;

    Ona  tili va adabiyoti fani o‘qituvchisi- 3 nafar;

    Fizika fani o‘qituvchisi -1 nafar;

    Matematika fani o‘qituvchisi- 2 nafar;

    Tarix (huquq, MIG‘) fani o‘qituvchisi – 2 nafar;

    Kimyo fani o‘qituvchisi -1 nafar;

    Biologiya fani o‘qituvchisi -1 nafar;

    Rus tili (o‘zbek tili) fani o‘qituvchisi -1 nafar;

    Xorijiy til  o‘qituvchisi – 1 nafar.

    Tuman (shahar) XTBning ta’lim sifati monitoringi inspektor-metodisti, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha sho‘ba mudiri va boshqa tegishli mutaxassislari jalb etiladi.

    O‘qitish boshqa tillarda olib boriladigan ta’lim muassasalarida  tillar bo‘yicha ekspertlar ehtiyojdan kelib chiqib shakllantirish mumkin.

     

    Maktabgacha ta’lim muassasalari uchun ekspertlar guruhi:

    Maktabgacha ta’lim muassasasi metodisti;

    Maktabgacha ta’lim muassasasi psixologi;

    Maktabgacha ta’lim muassasasi hamshirasi;

    Logoped va defektolog.

    Tuman (shahar) MTM bo‘limining sport ishlari bo‘yicha mas’ul xodimi;

    Maktabgacha ta’lim muassasasi musiqa  rahbaridan iborat bo‘ladi.

    Ekspert guruhlarining tarkibi, ish rejasi va ish taqsimotlari har o‘quv yili boshida tuman (shahar) XTB va MTM bo‘limlarining buyrug‘i bilan tasdiqlanadi.

    Ekspertlar tomonidan nazorat ishlari olinadi hamda tegishli hujjatlar o‘rganiladi.

     Attestatsiya jarayonida olinadigan nazorat ishlari tuman (shahar) XTB hamda MTB metodistlari tomonidan tayyorlanadi. Yo‘riqnomada belgilangan talab asosida fanlardan test, yozma ish, diktant va bayon matnlari ko‘p variantlilik ko‘rinishida tuziladi. Tayyor materiallar ta’lim muassasalari attestatsiyasi uchun mas’ulga topshiriladi. Tayyorlangan nazorat ishlarining maxfiyligini saqlagan holda ta’lim muassasalari attestatsiyasi uchun mas’ul bo‘lgan ekspertlar ishtirokida ekspertizadan o‘tkaziladi. Ekspertizadan o‘tgan nazorat ishlari konvertlarga joylanadi, muhrlanadi va attestatsiya komissiyasi raisiga topshiriladi. Komissiya tomonidan qabul qilingan nazorat ishlari attestatsiya uchun joriy etiladi. Ekspertlar bevosita attestatsiya komissiya raisi tomonidan shu bo‘limga mas’ul etib tayinlagan komissiya a’zosi bilan birga ish  olib boradi. Olingan nazorat ishlarini baholaydi, dalolatnoma tuzadi va komissiya a’zosiga topshiradi.

    Ekspertlar attestatsiyaga jalb etilgan kundan muassasada 6 kun faoliyat ko‘rsatadi. Ekspertlar tomonidan tayyorlangan xulosa imzolangan holda komissiyaga taqdim etiladi.

              ESLATMA: Ekspertlar guruhini tashkil etish va ularning ish tartibi  Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 10 fevraldagi 21-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizom asosida olib borilishi hamda jami yo‘nalishlarda olib boriladigan  ishlar 6 kun davomida yakunlanishi shart.

     

    Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarini attestatsiyadan o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish va amalga oshiriladigan ishlar tartibi.

     Attestatsiyadan o‘tkaziladigan ta’lim muassasasi rasmiy ravishda komissiya tomonidan 3 (uch) oy oldin ogohlantiriladi. Bunda ta’lim muassasasiga tuman hokimining qarori, mos ravishda tuman (shahar) XTB va MTBlarining buyruqlaridan ko‘chirmalar va attestatsiyaga oid hujjatlar to‘plami yetkazilgan bo‘lishi shart.

    Ta’lim muassasalari attestatsiyaga tayyorgarlik ko‘rish va uni belgilangan muddatda o‘tkazish uchun attestatsiyada o‘rganiladigan  hujjatlarni to‘plashi, kerakli jadvallarni to‘ldirishi, ya’ni ichki nazoratni o‘tkazgan bo‘lishi kerak. Ta’lim muassasasi  attestatsiya jarayoni oldidan ichki nazoratni quyidagi tartibda amalga oshiradi:

    a) navbatdan tashqari pedagogika kengashini o‘tkazish;

    b) jamoani attestatsiya o‘tkazilishi haqidagi buyruq bilan tanishtirish;

    v) bo‘limlar uchun mas’ullarni belgilash;

    g) attestatsiya jarayonida o‘rganiladigan jadvallarni to‘liq to‘ldirish uchun mas’ulni belgilash.

     

    Bo‘limlar bo‘yicha mas’ullarni belgilash

    Direktorning o‘quv-tarbiya ishlari bo‘yicha o‘rinbosari va fanlar bo‘yicha uslub birlashmalar raislariga:

    • Ta’lim muassasasidagi ta’lim jarayoniga davlat ta’lim standartlarining joriy etilganligi;
    • Ta’lim muassasasi o‘quvchilari bilim darajalarining Davlat ta’lim standartlarigi muvofiqligi;
    • Ta’lim muassasasida o‘quv-uslubiy ishlarning olib borilishi va o‘quvchilarning darslik hamda uslubiy qo‘llanmalar bilan ta’minlaganligi;
    • Ta’lim muassasasida ta’lim jarayoniga zamonaviy o‘qitish uslublari va axborot texnologiyalarining joriy etilganligi.

    Kadrlar ishi bo‘yicha mas’ulga:

    • Ta’lim muassasasi pedagog kadrlari salohiyati.

    Xo‘jalik ishlari bo‘yicha rahbar o‘rinbosari va hamshiraga:

    • Ta’lim muassasasining moddiy-texnik salohiyati rivojlantirish bo‘yicha davlat dasturining bajarilganligi.

    Ma’naviy va ma’rifish ishlar bo‘yicha rahbar o‘rinbosari, psixologga:

    • Ta’lim muassasasi ma’naviy-ma’rifiy ishlari;
    • Ta’lim muassasasidagi o‘quvchilarini kasb-hunarga yo‘naltirish  ishlarining sifati.

    Monitoring ishlari bo‘yicha mas’ulga:

    • Ta’lim muassasasida reyting baholash tizimining qo‘llanish sifati.

    Ta’lim muassasasi attestatsiyasi belgilangan muddatda komissiya a’zolari va ekspertlar tomonidan ish taqsimoti asosida o‘tkaziladi.

    Ta’lim muassasasi tomonidan ichki nazorat o‘tkazilmagan hollarda attestatsiyadan o‘tkazish jarayoni kechiktiriladi va muassasa rahbariga tegishli ma’muriy jazo ko‘rish uchun  komissiya tomonidan vakolatli davlat organlariga dalolatnoma kiritiladi.

    Ta’lim muassasasining tarbiyalanuvchi va o‘quvchilaridan nazorat ishlari olinadi. Nazorat ishlari ta’lim muassasasining ta’lim-tarbiya jarayoniga xalaqit bermasdan, mashg‘ulotlar jadvaliga asoslangan holda Komissiya raisi tomonidan tasdiqlangan jadvalga muvofiq o‘tkaziladi.

     

    Maktabgacha va umumiy o‘rta ta’lim muassasalarini attestatsiyadan o‘tkazish ishlarini  tashkil etish

     Ta’lim muassasalarini attestatsiyadan o‘tkazish jarayonida komissiya tarkibi 10 kundan oshmagan muddatda faoliyat olib boradi. Barcha yo‘nalishlar bo‘yicha o‘rganish ishlari 6 kun davomida tugatilib, 3 kun ichida umumlashtiriladi. Umumlashtirib, rasmiylashtiriladigan barcha hujjatlarning elektron varianti attestatsiyadan o‘tayotgan oy tugamasdan (Masalan: maktab 10-20 oktyabr kunlari attestatsiyadan o‘tayotgan bo‘lsa, 22 oktyabrdan kech qolmagan holda) Xalq ta’limi boshqarmasiga yuboriladi. Maktabgacha ta’lim muassasalarining attestatsiya hujjatlari elektron variantda viloyat Maktabgacha ta’lim boshqarmasiga yuboriladi. Yuborilgan hujjatlar   mas’ul xodimlar tomonidan ko‘rib chiqiladi va aniqlangan kamchiliklar bo‘yicha amaliy yordam beriladi va tuzatish uchun joylarga qaytariladi. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etilib, ta’lim muassasalarining attestatsiya hujjatlari rasmiylashtiriladi,  keyingi oyning  (M: noyabr oyi) 10-sanasigacha  viloyat XTB va MTBlarning attestatsiya bo‘yicha mas’ul xodimlari tomonidan Davlat inspeksiyasiga topshiriladi.

     Izoh: Ta’lim muassasalarida attestatsiya jarayonida to‘ldirilgan hujjatlarning aniq va to‘g‘ri to‘ldirilishiga shaxsan attestatsiya komissiyasining raisi javobgardir. Barcha hujjatlar kirill alifbosida, bir xil shriftda to‘ldirilishi va faqat so‘ralgan ma’lumotlar taqdim etilishi lozim.

    Ta’lim muassasalarida o‘tkazilgan attestatsiya natijalarini

     xulosalash va rasmiylashtirish

     

    Attestatsiya jarayonida olingan  yozma ishlar, testlar va o‘quvchilarning javob varaqalari sinflar va fanlar kesimida tikiladi.

             Tikilgan barcha ishlar, to‘ldirilgan jadvallar, qo‘llanilgan materiallar maxsus qutiga joylashtiriladi. Komissiya ishtirokida va muassasa rahbari guvohligida maxsus quti yelimlanadi, muhrlanadi va mazkur holat to‘g‘risida dalolatnoma yoziladi hamda imzolanadi. Dalolatnomaning bir nusxasi Davlat inspeksiyasiga topshiriladi.

     Attestatsiya hujjatlari keyingi attestatsiyaga qadar ta’lim muassasasida saqlanadi. Uning saqlanishiga shaxsan ta’lim muassasasi rahbari mas’ul hisoblanadi.

    Davlat inspeksiyasiga topshiriladigan hujjatlar:

    I  JILD

    • ta’lim muassasasining attestatsiyadan o‘tkazilganligini va uning natijasi haqidagi  attestatsiya komissiyasining xati (rasmiy xat);
    • maktabning guvohnomasi (tasdiqlangan);
    • maktabning Ustavi ( tuman hokimiyati ro‘yxatidan o‘tgan bo‘lishi);
    • attestatsiyadan    o‘tkazilganligi natijalari  bo‘yicha xulosa;
    • attestatsiya komissiyasining (maktabning attestatsiyadan o‘tkazish natijalari to‘g‘risida) yig‘ilish bayonnomasidan ko‘chirma;
    • maktabning  (maktabda o‘tkazilgan attestatsiya natijalari bo‘yicha xulosa va attestatsiya natijalari bilan jamoani tanishtirish haqida) navbatdan tashqari pedagogika kengashi bayonnomasi;
    • 9 ta bo‘limning  “ Umumiy o‘rta ta’lim maktabi faoliyatini attestatsiya jarayonida baholash mezondari bo‘limiga tegishli “mos”, “mos emas” ko‘rsatkichlari to‘ldirilgan jadvallardan olingan  jadvallar;
    • 9-bo‘lim baholash jadvallari (bunda  2-bo‘limdagi 2.1, 2.2 jadval hamda  nazorat ishlarining umumiy natijalari;
    • dalolatnoma (Attestatsiya  yakuniy hujjatlarini viloyati, tuman, sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi  direktoriga topshirish haqida. Bu  dalolatnomaga  attestatsiya komissiyasi a’zolari,maktab direktori imzosi bo‘lishi kerak).

     

    II JILD

    “Umumiy o‘rta va maktabgacha ta’lim muassasalarining akkreditatsiya qilish uchun attestatsiyadan o‘tkazishga oid to‘ldiriladigan jadvallar va jadval bandlari bo‘yicha berilgan baholarni  hisoblash texnologiyalari”    tikilgan yig‘ma jild  topshiriladi.

          Eslatma: Barcha bo‘limlarning bandlari bo‘yicha  umumlashtirilgan baholash mezonlari jadvallarida attestatsiya komissiyasi raisining, tuman  (shahar) XTB hamda MTB mudirining va muassasa rahbarining imzolarini  haqiqiyligini tasdiqlovchi muhr bo‘lishi shart.

     

HUDUDIY BO’LIMLAR
SAYT XARITASI