O‘ZBЕKISTON RЕSPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI TA’LIM SIFATINI NAZORAT QILISH DAVLAT INSPЕKSIYASI

Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda.

Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda.

Inspeksiya telefoni
998 71 231-07-53 Batafsil
  • Uzluksiz ta’lim tizimida kadrlar tayyorlash monitoringini olib borish va sifatini nazorat qilish

    Faoliyat yo’nalishi bo’yicha qisqacha ma’lumot

    Uzluksiz ta’lim tizimida kadrlar tayyorlash monitoringini olib borish va sifatini nazorat qilish – zamonaviy reyting indikatorlari asosida maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta’lim muassasalarida kadrlar tayyorlash sifatini muntazam kuzatib borish orqali bitiruvchilarning ta’lim tayyorgarligi darajasi va sifatiga oid xolis ma’lumotlar to‘plash, ularni tahlil qilish orqali ta’lim sifatiga ta’sir etuvchi omillarni, ta’lim berish holatini o‘rganish, tayyorlanayotgan kadrlar sifati bo‘yicha xulosalar tayyorlab, kadrlar tayyorlash sifatini oshirish va ta’lim muassasalarining faoliyatini takomillashtirish va rivojlantirish bo‘yicha qarorlar qabul qilishi uchun mutasaddi organlarni axborot bilan ta’minlash, keng jamoatchilikni ta’lim sifatining umumiy holati to‘g‘risida ma’lumotlar bilan ta’minlab borish.
    Bo‘lim inspeksiya boshlig‘ining tegishli buyruqlari asosida ta’lim muassasalariga chiqib ta’lim sifati indikatorlari bo‘yicha monitoring o‘tkazadi. Monitoring jarayonida nazorat sinovlari orqali o‘quvchi, talaba, tinglovchilarning bilimlari aniqlanadi va ta’lim sifatini o‘rganishga qaratilgan ijtimoiy so‘rovlar o‘tkaziladi. Mazkur jarayon inspeksiyaning hududiy bo‘limlari orqali ham amalga oshirilishi mumkin.
    Shuningdek, monitoring natijalari asosida ta’lim muassasalarining reytingi aniqlanadi. Barcha o‘rganilgan ma’lumotlar tegishli soha mutaxassislarini jalb qilgan holda ekspertiza qilinib, yakuniy xulosalar tayyorlanadi. Ta’lim muassasalaridan olingan ma’lumotlarning tahlili asosida respublika uzluksiz ta’lim tizimida kadrlar tayyorgarligi sifati va bilim darajasining umumiy holati aniqlanib, ijobiy tajribalar ommalashtiriladi.
    Monitoring va reyting natijalari asosida tahliliy ma’lumotlar tayyorlab, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga va ta’limni boshqaruv organlariga taqdim etiladi.
    Ota-onalar farzandlari ta’lim olayotgan muassasalarida berilayotgan ta’limning sifati to‘g‘risida, shuningdek ta’lim muassasalari reytingi to‘g‘risida ma’lumotlarga ega bo‘ladi, ijtimoiy so‘rovlar o‘tkazishda bevosita ishtirok etish huquqidan foydalanadi. Bu orqali kelgusida farzandlarining qaysi ta’lim muassasasida ta’limni davom ettirishi maqsadga muvofiqligi va istiqbolliligi to‘g‘risida xulosalarga ega bo‘ladi.

    Ma`lumki, Davlat inspeksiyasi tomonidan respublikamizdagi mahalliy oliy ta`lim muassasalarining faoliyatini aks ettiruvchi 59 ta raqamli ko’rsatkichlarni tahliliy o’rganish asosida, ularning reytingi aniqlanib, 2018 yil 1 avgustda ommaviy axborot vositalarida va reyting.tdi.uz saytida e`lon qilindi. Ushbu sayt orqali reyting tizimining maqsadi va vazifalari, xalqaro tajribalar, ta`lim tizimida milliy reyting indikatorlarining ahamiyati, oliy ta`lim muassasalarning reytingdagi o’rni va asosiy ko’rsatkichlari, sohalar bo’yicha reyting natijalari hamda reytingni aniqlash metodikasi bilan batafsil tanishish mumkin.

    Shuningdek www.kadr.tdi.uz sayti yaratilib, unda so’nggi o’quv yilida (2017-2018) Respublikamizda tayyorlangan oliy ma`lumotli kadrlar statistikasi barcha ta`lim yonalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo’yicha viloyatlar kesimida berilgan.

    Faoliyat bo‘yicha qabul qilingan qarorlar, nizomlar, farmoyish va qo‘shimcha qonun hujjatlari

    1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 29 dekabrdagi “Respublika oliy ta’lim muassasalari reytingini baholash tizimini joriy etish to‘g‘risida”gi 371-sonli qarori;

    2. 2007 yil 10 sentyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimida magistratura faoliyatini yanada takomillashtirish, uning samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 190-sonli qarori;

    3. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi, Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazining 2008 yil 22 apreldagi 01-128/QQ, 16 va 14/QQ-son qarori bilan tasdiqlangan “Akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarining umumta’lim fanlari bo‘yicha ta’lim tayyorgarligi darajasi va sifati monitoringini o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi yo‘riqnoma;

    4. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirining 2017 yil 9 iyundagi “Maktabgacha ta’limga qo‘yiladigan davlat talablarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 5-mh-son buyrug‘i.

    Bog'lanish


    http://reyting.tdi.uz
    Elektron pochta manzili: monitoring@tdi.uz
    Tel: (+99871) 231-07-53 (ichki raqamlar 1019, 1029, 1044)

HUDUDIY BO’LIMLAR
SAYT XARITASI