O‘ZBЕKISTON RЕSPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI TA’LIM SIFATINI NAZORAT QILISH DAVLAT INSPЕKSIYASI

Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda.

Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda.

Inspeksiya telefoni
998 71 231-07-53 Batafsil
  • Litsenziyalash

    O‘ZBЕKISTON RЕSPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI TA’LIM SIFATINI NAZORAT QILISH DAVLAT INSPЕKSIYASI

    O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining  2018 yil 27 martdagi 241-son  qaroriga  muvofiq:

    LITSЕNZIYA OLISH UCHUN KЕRAK BO‘LADIGAN HUJJATLAR RO‘YXATI

    • litsenziya berish to‘g‘risidagi ariza (unda yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, joylashgan joyi, pochta manzili, ta’lim faoliyatini amalga oshirish joyining manzili, bank muassasasining nomi va bankdagi hisob raqami, faoliyatning litsenziyalanayotgan turi, ta’lim faoliyati yo‘nalishlari ro‘yxati. Litsenziya berish to‘g‘risidagi arizada litsenziya da’vogarining litsenziya talablari va shartlariga rioya qilishi to‘g‘risidagi roziligi va elektron manzili ko‘rsatiladi);
    • yong‘in va sanitariya-epidemiologiya nazorati organlarining mavjud binolar va xonalarning yong‘in xavfsizligi talablariga va sanitariya-gigiyena normalariga muvofiqligi to‘g‘risidagi xulosalari;
    • pedagog kadrlar haqida ma’lumot;
    • o‘quv rejasi va dasturlarining elektron nusxalari;
    • ariza ko‘rib chiqilganligi uchun litsenziya da’vogari tomonidan yig‘im to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat nusxasi.

    QO‘SHIMCHA MA’LUMOT

    Quyidagilar nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatuvchi yuridik shaxslar faoliyatini amalga oshirishda litsenziya talablari va shartlari hisoblanadi:

    • O‘zbekiston Respublikasining ta’lim sohasidagi qonun va qonunosti hujjatlariga majburiy rioya qilish;
    • ta’lim-tarbiya jarayonini davlat ta’lim standartlariga (davlat talablariga), o‘quv rejalariga va ta’lim dasturlariga muvofiq tashkil etish;
    • litsenziya da’vogarida litsenziyalanayotgan faoliyatni bajarish uchun mo‘ljallangan, unga mulkiy yoki boshqa ashyoviy huquq bilan tegishli bo‘lgan, belgilangan talablarga muvofiq binolarning (xonalarning) mavjud bo‘lishi;
    • auditoriyalarni, o‘quv xonalarini zamonaviy axborot-kommunikatsiya asbob-uskunalari, o‘qitishning texnik vositalari va anjomlar bilan jihozlash;
    • ta’lim dasturlarining belgilangan darajasini amalga oshirish uchun o‘quv binolarini zarur darsliklar, o‘quv-metodik adabiyotlar va boshqa kutubxona-axborot resurslari hamda vositalari bilan ta’minlash;
    • ta’lim dasturlarini umumiy o‘rta, kasb-hunar va oliy ta’lim davlat ta’lim standartlariga muvofiq, shuningdek, maktabgacha ta’lim, maktabdan tashqari ta’lim, kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlashga qo‘yiladigan davlat talablariga muvofiq amalga oshirish;
    • ta’limning majburiy ravishda dunyoviy xarakterda bo‘lishi, ta’lim jarayonida urushni, zo‘ravonlikni targ‘ib qilishdan foydalanishga, fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlari va erkinligi kamsitilishiga, mamlakatdagi xavfsizlik va ijtimoiy-siyosiy barqarorlikka, jamiyatning huquqiy va ma’naviy asoslari, fuqarolar osoyishtaligiga, millatlararo va dinlararo totuvlikka raxna solinishiga, O‘zbekiston Respublikasi to‘g‘risida noto‘g‘ri axborotlar tarqatilishiga hamda uning tarixiy, madaniy va ma’naviy qadriyatlari buzib ko‘rsatilishiga yo‘l qo‘ymaslik;
    • iqtidorli bolalar va iste’dodli yoshlarni aniqlash va qo‘llab-quvvatlash orqali ta’lim-tarbiyaning yuqori sifatini ta’minlaydigan qulay shart-sharoitlar yaratish;
    • ilg‘or xalqaro tajribalarni inobatga olib, o‘qitishning innovatsion shakllari hamda zamonaviy texnologiyalaridan foydalanish asosida ta’lim sohasidagi samaradorlik va natijadorlikni oshirish;
    • ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning qobiliyatli va iqtidorli farzandlarini tanlov asosida muassasadagi jami tarbiyalanuvchilar, o‘quvchilar umumiy sonining 10 foizidan kam bo‘lmagan miqdorda bepul o‘qishga qabul qilish;
    • bitiruvchilarga belgilangan tartibda ta’lim to‘g‘risida hujjat berish.

HUDUDIY BO’LIMLAR
SAYT XARITASI