O‘ZBЕKISTON RЕSPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI TA’LIM SIFATINI NAZORAT QILISH DAVLAT INSPЕKSIYASI

Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda.

Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda.

Inspeksiya telefoni
998 71 231-07-53 Batafsil
  • Apostil qo'yish

    O‘ZBЕKISTON RЕSPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI TA’LIM SIFATINI NAZORAT QILISH DAVLAT INSPЕKSIYASI
    O‘ZBЕKISTON RЕSPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING 2011 YIL 17 NOYABRDAGI “APOSTIL QO‘YISH TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASH HAQIDA”GI 307-SONLI QARORIGA MUVOFIQ APOSTIL QO‘YISH UCHUN HUJJATLAR RO‘YXATI:

    Taqdim etiladigan hujjatlar ro‘yixati:
    - rasmiy hujjatga apostil qo‘yish to‘g‘risida ariza (ushbu Nizomga 1-ilova);
    - ariza beruvchining shaxsini tasdiqlaydigan hujjatning nusxasi;
    - xorijiy davlat - Konvensiya qatnashchisi hududida foydalaniladigan rasmiy hujjat;
    - apostil qo‘yilganligi uchun yig‘im to‘lash to‘g‘risidagi hujjat taqdim etiladi.
    Apostil qo‘yish to‘g‘risidagi ariza, shuningdek apostil qo‘yilganligi uchun yig‘im to‘lash to‘g‘risidagi hujjat yagona asl nusxada taqdim etiladi.
    Rasmiy hujjat ikki nusxada taqdim etiladi, ulardan biri ishga (nusxasi) tikiladi, boshqasi esa (asl nusxa) ariza beruvchiga beriladi.

    Eslatma:
    -rasmiy hujjatlarda tegishli rekvizitlar (tartib raqami, sana, imzo, muhr) bo‘lishi kerak;
    - apostil qo‘yish uchun taqdim etilgan rasmiy hujjatlar aniq bajarilishi kerak. Apostil qo‘yish uchun taqdim etilgan rasmiy hujjatlardagi mansabdor shaxslarning imzolari va muhrlar bosma izi aniq bo‘lishi kerak;
    - agar rasmiy hujjatda tuzatishlar va (yoki) qo‘shimcha yozuvlar bo‘lsa, ular hujjatga imzo chekkan shaxs tomonidan qayd etilishi kerak. Ko‘rsatib o‘tilgan qo‘shimcha yozuvlar va (yoki) tuzatishlar barcha xato yozilgan, keyinchalik esa tuzatilgan va ustidan chizilganlarni dastlabki shaklda o‘qish mumkin bo‘lgan tarzda bajarilishi kerak.

    Fan va ta’lim sohasi tashkilotlaridan chiqadigan rasmiy hujjatlarga apostil qo‘yish bo‘yicha hujjatlarni qabul qilish va ularga maslahat berish kunlari

    T/r

    Qabul kunlari

    Hujjat qabul qilish vaqti

    Hujjat qabuli uchun ma’sul shaxs

    Tushlik

    Hujjat tarqatish vaqti

    Hujjat tarqatish uchun ma’sul shaxs

    1

    Dushanba

    10-00 dan 13-00 gacha

    Sattarov O.

    13-00 dan 14-00 gacha

    16-00 dan 18-00 gacha

    Xolmatov D.

    2

    Seshanba

    10-00 dan 13-00 gacha

    Sattarov O.

    13-00 dan 14-00 gacha

    16-00 dan 18-00 gacha

    Xolmatov D.

    3

    Payshanba

    10-00 dan 13-00 gacha

    Sattarov O.

    13-00 dan 14-00 gacha

    16-00 dan 18-00 gacha

    Xolmatov D.

    4

    Juma

    10-00 dan 13-00 gacha

    Sattarov O.

    13-00 dan 14-00 gacha

    16-00 dan 18-00 gacha

    Xolmatov D.

    O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasiga ta’lim va fan sohasidan chiqqan hujjatlarga Apostil qo‘ydirish uchun arizani elektron tarzda yuborish

    • http://resultapostille.tdi.uz/ saytiga internet orqali kiriladi;
    • Jismoniy shaxs nomidan arizalar jo‘natish oynasi tanlanadi;
    • Hujjat egasining ma’lumotlari degan oynada hujjat egasining ismi, familiyasi, otasining ismi pasportda qanday yozilgan bo‘lsa huddi shunday lotin alifbosida kiritiladi;
    • Tug‘ilgan sana katagida (yil-oy-kun) tartibida kiritiladi;
    • Yashash manzili pasport propiskasida yozilgan manzil ko‘rsatiladi;
    • Ariza beruvchining jinsi, pasport seriyasi, pasport raqami, berilgan vaqti (yil-oy-kun tartibida) va joyi kiritiladi;
    • Keyingi kataklarga telefon raqami ko‘rsatiladi (kod telefon raqami AA XXX-XX-XX);
    • Diplomning seriyasi, nomeri va nusxalar soni katagida apostil qo‘ydirish uchun topshirilayotgan diplom ma’lumotlari kiritiladi;
    • Shundan so‘ng diplom turi va ta’lim muassasasi nomi to‘liq kiritiladi;
    • Apostil taqdim etiladigan mamlakat tanlanadi;
    • Apostil bosma izi qaysi tilda to‘ldirilishi kerakligi ko‘rsatiladi;
    • Ariza beruvchining amaldagi elektron pochta manzili ko‘rsatiladi;
    • “Dobavit” tugmasi bosiladi;
    • Ko‘rsatilgan elektron pochta manziliga PDF formatida ariza yuboriladi;
    • Qabul qilingan Ariza 2 nus’hada chop etiladi;
    • O‘rnatilgan tartibda Davlat inspeksiyasiga hafataning dushanba, seshanba, payshanba, juma kunlari soat 10:00 dan 13:00 gacha olib kelib topshiriladi (hujjat topshirish va olib ketish uchun ariza beruvchi o‘z shaxsini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etishi shart);
    • Davlat inspeksiyasiga olib kelinadigan hujjatlar ro‘yxati:
      • Rasmiy hujjatga apostil qo‘yish to‘g‘risida ariza;
      • Ariza beruvchining va hujjat egasining shaxsini tasdiqlaydigan hujjatning nusxasi;
      • Xorijiy davlat — Konvensiya qatnashchisi hududida foydalaniladigan rasmiy hujjat (diplom, shahodatnoma va boshqalar);
      • Apostil qo‘yilganligi uchun yig‘im to‘langanligi to‘g‘risidagi hujjat (eng kam ish haqining 10 % miqdori 20 273 so‘m);
      • Rasmiy hajjatning notarial tasdiqlangan nusxasi;
      • Jild (Papka dlya bumag)
    • Hujjatlar o‘rnatilgan tartibda topshirilgandan so‘ng ularning xolatini resultapostille.tdi.uz saytiga kirib Xujjat holatini tekshirish oynasi tanlanadi;
    • Unda pasport seriyasi va raqami kiritilsa hujjatning holati ko‘rsatiladi.
    • Tayyor apostil olib ketish xaftaning qabul kunlari soat 15:00dan 18:00 ga qadar amalga oshiriladi.

    PS. Boshqa fuqaro hujjatlarini topshirish notarial tasdiqlangan ishonchnoma orqali amalga oshiriladi.

    REKVIZITLAR:

    APOSTIL

    Tashkilot nomi:

    O‘zR VM huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi

    Hisob raqam:

    23402000300100001010

    INN:

    201 122 919

    Bank:

    XKKM Markaziy banki Bosh boshqarmasi

    MFO:

    00014

    L/S:

    4014108602262943422220252

    INN:

    305 131 656

    Adres:

    Toshkent sh. Chilonzor tum., Nurxon ko‘chasi 21-uy

     

     

HUDUDIY BO’LIMLAR
SAYT XARITASI