O‘ZBЕKISTON RЕSPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI TA’LIM SIFATINI NAZORAT QILISH DAVLAT INSPЕKSIYASI

Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda.

Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda.

Inspeksiya telefoni
998 71 231-07-53 Batafsil
  • Uzluksiz taʼlim tizimi pedagog kadrlari sifati nazorati

    Faoliyat yo‘nalishi bo‘yicha qisqacha ma’lumot

    Uzluksiz taʼlim tizimi pedagog kadrlari sifati nazorati boʻlimi (keyingi oʻrinlarda “Boʻlim” deb yuritiladi) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tarkibidagi Pedagog kadrlar sifati nazorati, taʼlim hujjatlarini legallashtirish, tan olish va nostrifikatsiya qilish bosh boshqarmasi (keyingi oʻrinlarda – “Bosh Boshqarma”)ning mustaqil boʻlimi boʻlib, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (keyingi oʻrinlarda “Davlat inspeksiya”si deb yuritiladi) rahbariyatiga boʻysunadi.

    Boʻlim oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari, farmoyishlari hamda boshqa tegishli normativ huquqiy hujjatlariga, Davlat inspeksiyasi Nizomiga, shuningdek, Bosh boshqarma Nizomi hamda ushbu Nizomga amal qiladi.

    Boʻlim taʼlimni boshqaruv organlari, taʼlim muassasalari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, jamoat va boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlikda faoliyatini amalga oshiradi.

    II. Boʻlimning asosiy vazifalari va funksiyalari

    1. Quyidagilar Boʻlimning asosiy vazifalari hisoblanadi:

    kadrlar tayyorgarligi darajasi va ularning kasbiy faoliyatini xolisona baholash sohasida davlat siyosatini amalga oshirish;

    uzluksiz taʼlim tizimida pedagog kadrlarga (keyingi oʻrinlarda “Pedagog kadrlar” deb ataladi) lavozim va malaka toifalarini berish jarayonini tashkil etish va amalga oshirish;

    taʼlim sohasidagi boshqaruv organlari hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining pedagog kadrlarga mos ravishda lavozim va malaka toifalarini berishni tashkil qilish va oʻtkazish borasidagi faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish;

    pedagog kadrlarga lavozim va malaka toifalarini berish uchun talablar va mezonlarni ishlab chiqish va takomillashtirish;

    Boʻlim vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha xalqaro aloqalarni rivojlantirish.

    2. Boʻlim oʻziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:

    “Taʼlim toʻgʻrisida”gi qonun, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi va taʼlim sohasiga oid normativ-huquqiy hujjatlarning kadrlar tayyorlash sifatiga taalluqli hamda pedagog kadrlar bilim saviyasi hamda kasb tayyorgarligiga boʻlgan talablar bajarilishini nazorat qilish;

    pedagog kadrlarga lavozim va malaka toifalari tartibini belgilovchi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda faol qatnashish;

    pedagog kadrlarga lavozim va malaka toifalarini berish jarayonini tashkil etish jadvallarini tuzish va tasdiqlash uchun Davlat inspeksiyasi rahbariyatga kiritish;

    pedagog kadrlarga lavozim va malaka toifalarini berish jarayonini va oʻtkazish uchun pedagog kadrlar haqidagi maʼlumotlar bazalarini shakllantirish va yakuniy natijalarini tahlil qilish hamda maʼlumotnomalar tayyorlash;

    pedagog kadrlarga lavozim va malaka toifalarini berish davriyligi haqidagi maʼlumotlar bazasini shakllantirish;

    lavozim va malaka toifalariga ega boʻlgan pedagog kadrlarga belgilangan namunadagi malaka toifalariga oid sertifikatlar berish;

    pedagog kadrlarga lavozim va malaka toifalariga oid maqola, uslubiy tavsiyalar ishlab chiqish va nashr ettirish;

    pedagog kadrlarga lavozim va malaka toifalarini berish jarayonini tashkil etish va uni oʻtkazish borasidagi ilgʻor xorijiy tajribalarni muntazam oʻrganib borish va ularni amaliyotga tatbiq etish;

    Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalari asosida va Davlat inspeksiyasi shartnomalariga muvofiq pedagog kadrlar lavozim va malaka toifalari bilan shugʻullanuvchi xorijiy taʼlimni boshqaruv organlari va muassasalari bilan oʻzaro aloqalar oʻrnatish.

     

     

     

    III. Boʻlimning huquqlari va javobgarligi

    1. Boʻlim oʻziga yuklatilgan vazifalarga muvofiq quyidagi huquqlarga ega:

    tasarrufida taʼlim muassasalari boʻlgan vazirliklar, taʼlimni boshqaruv organlari va taʼlim muassasalaridan pedagog kadrlar faoliyatiga oid maʼlumotlar va hujjatlarni oʻrnatilgan tartibda olish;

    pedagog kadrlarga lavozim va malaka toifalarini berish komissiyalari tarkibini tuzish va uni tasdiqlash uchun rahbariyatga kiritish;

    lavozim va malaka toifalarini berish jarayoniga oliy malaka toifali yoki bosh oʻqituvchilarni jalb qilish;

    taʼlim va kadrlar tayyorlash sifati sohasidagi xalqaro konferensiyalar, kongresslar, simpoziumlar va seminar-kengashlarda ishtirok etish.

    Boʻlim Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.

    2. Boʻlim boshligʻi va xodimlari oʻz zimmasiga yuklangan vazifalarni sifatli bajarish, huquqlaridan toʻgʻri foydalanish, oʻz faoliyatlarida qonunchilik va davlat manfaatlariga toʻla amal qilish hamda Davlat inspeksiyasi maxfiy maʼlumotlarini oshkor qilmaslik uchun javobgardir.

    IV. Boʻlim faoliyatini tashkil etish

    1. Boʻlim boshligʻi Davlat inspeksiyasi boshligʻi tomonidan tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi.

    Boʻlim faoliyati hamda mazkur Nizomdan kelib chiqadigan vazifalarni hal etishga Boʻlim boshligʻi vakolatlidir.

    2. Boʻlim boshligʻi boʻlim faoliyatiga oid normativ-huquqiy hujjatlar va uslubiy tavsiyalar tayyorlanishiga bevosita rahbarlik qiladi, tashkilotlar va fuqarolar bilan boʻlim faoliyatiga tegishli aloqani olib boradi, Davlat inspeksiyasi rahbariyatiga boʻlim faoliyatiga oid muammolarni qoʻyadi.

    3. Boʻlim shtatlari besh yildan kam boʻlmagan ilmiy-pedagogik staj va uslubiy tajribaga ega boʻlgan, asosan ilmiy darajali shaxslar hisobiga toʻldiriladi.

     

    Faoliyatni amalga oshirishda quyidagi me’yoriy hujjatlar asosida olib boriladi

    1. Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 7 apreldagi 107-son qarori bilan tasdiqlangan “Maktabgacha, umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, kasb-hunar va maktabdan tashqari davlat taʼlim muassasalari pedagog kadrlarini attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida Nizom”;

    2. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2016 yil
    21 dekabrda 2849-raqami bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan “Maktabgacha, umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, kasb-hunar va maktabdan tashqari davlat taʼlim muassasalari pedagog kadrlarining attestatsiya natijalarini
    BAHOLASH MЕZONLARI”;

    3. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2016 yil
    9 iyunda 279-raqami bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan “Pedagog kadrning attestatsiyadan oʻtganligi toʻgʻrisidagi sertifikatlarni hisobga olish, saqlash va topshirish tartibi toʻgʻrisidagi
    NIZOM”.

     

    Bog'lanish

    Uzluksiz taʼlim tizimi pedagog kadrlari sifati nazorati boʻlimi

    Tel: 0(371) 231-07-53

    Ichki raqam: 1032

HUDUDIY BO’LIMLAR
SAYT XARITASI