O‘ZBЕKISTON RЕSPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI TA’LIM SIFATINI NAZORAT QILISH DAVLAT INSPЕKSIYASI

Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda.

Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda.

Inspeksiya telefoni
998 71 231-07-53 Batafsil
  • “20-30 yoshimda juda o‘jar va sabrsiz edim”: Bill Geyts barchasi haqida
    ...

    1994 yilda 9,35 mlrd dollar boylik bilan eng boy tadbirkorlar ro‘yxatida birinchi o‘rinda joylashgan Bill Geyts qatorasiga 14 yil bu o‘rinni tark etmadi. Bir yildan so‘ng uning Microsoft kompaniyasi kompyuterlar olamida inqilob yasagan Windows 95 operatsion tizimini ishlab chiqdi.

    Uzoq yillar davomida monopoliya yaratishda ayblanib kelgan Geyts xayriya ishlari bilan shug‘ullanish uchun allaqachon Microsoft boshqaruvidan ketgan. U bugunga qadar milliardlab dollar mablag‘ni xayriya maqsadlarida sarflagan. Forbes Bill Geytsning eng yorqin iboralarini yodga oldi.

    Dastlab ish boshlagan paytimizda Pol Allen va men har bir stol va har bir uyda kompyuter bo‘lishi lozim degan maqsadni oldimizga qo‘ygandik. Bu g‘oyamizdan ko‘pchilikning ensasi qotgandi. Bugungi kunda kompyuterlar hayotimizdan qanchalik chuqur joy olganini ko‘rib, bu inqilobda Microsoft o‘ynagan roldan faxrlanamiz.

    Agarda bioterrorizm va yana ayrim og‘ishlarni hisobga olmasa, innovatsiyalar juda yaxshi narsa. Innovatsiyalar insonlar hayotini yaxshilaydi. Afsuski, bu texnologiyalar odamlarga biz istaganimizdan ko‘ra sekinroq yetib boryapti.

    Semizlik, diabet, Alsgeymer kasalligi — biz hali yecha olmagan ko‘plab muammolar bor. Ilg‘or dasturiy ta’minot va sun’iy ong bizga biologiyani tushunishga, tabiatga qanday aralashish mumkinligini aniqlashga va insonlar hayotini yanada yaxshilashga yordam beradi deb o‘ylayapman.

    Sun’iy ong mehnat bozorini o‘zgartiradi – ammo bozor iqtisodiyotida hamisha katta o‘zgarishlar yuz beradi. Innovatsiyalarni joriy etishni cheklash yaxshi qaror emas.

    Kompyuter yordamida ko‘plab ishlarni amalga oshirish mumkin. Unda faqat o‘yin o‘ynash yaxshi ish emas. Bu sizning bor salohiyatingizni ochishga yordam bermaydi.

    Men 20-30 yoshimda juda o‘jar va sabrsiz edim. Hozir ham bundan qutulganman deb aytolmayman. Ammo bu xususiyatlardan me’yorida foydalanishni o‘rgandim deb umid qilaman.

    Mustaqil o‘qib-o‘rganish yaxshi, chunki siz o‘zingizdagi ishonchni oshirasiz va ichingizda: «Men ancha yaxshi bilaman. Buni o‘qituvchilardan ko‘ra yaxshiroq bilaman. Endi keyingi bosqichga o‘tishga urinib ko‘raman, balki bu yanada yaxshi bo‘lar» deb o‘ylaysiz. Bu ayniqsa kompyuterlar borasida muhim. Dasturingiz nosoz, buni dasturni ishga tushirayotgan paytingizda anglaysiz. Bu vaziyatda tuzatishlar kiritasiz va uni yana ishga tushirasiz.

    Yoshlik davringda nimadadir boshqalardan yaxshiroq bo‘lish juda yaxshi. Men esa ikki narsada: o‘qish va matematikada yaxshiroq edim. Ammo kompyuterlar meni hamma narsadan ham ko‘proq jalb etgan.

    Men kechayu kunduz dasturlar tuzar va hamkasblarimga: «Biz bu ishni bir necha oyda tugatishga va’da berganmiz – va’damizni bajarishimiz shart» derdim.

    Biz bitta yaxshi mahsulot bilan cheklanib qolishni istamasdik. Biz ko‘proq odamlarni ishga olish va butun boshli mahsulotlar to‘plamini yaratishni istardik.

    Biz uchun asosiysi har doim eng aqlli odamlarni ishga olish bo‘lgan. Bu yerda boshqacha bo‘lishi mumkin ham emas. Dunyodagi 95% odam dasturiy ta’minot tuza olmaydi.

    Biz reteylda xatolarga yo‘l qo‘ydik va bu xatolardan xulosa chiqardik. Biz ba’zi davlatlarda agentlarni yolladik, aslida ularsiz ishlagan yaxshi. O‘z kadrlaringga ega bo‘lgan yaxshiroq. Agar jiddiy kompaniya bo‘lishni xohlasangiz, uzoq muddatli strategiyaga amal qiling. O‘zingiz ishlamoqchi bo‘lgan mamlakatlarda o‘z odamlaringizni qo‘ying va ular tez pul topish ortidan yugurishga emas, uzoq vaqt birga ishlashga tayyor ekanliklariga ishonch hosil qiling. Biz buni juda tez anglab yetdik.

    Men 10 mlrd dollar soliq to‘ladim – buncha miqdordagi soliqni hech kim to‘lamagan. Ammo davlat menga o‘xshagan kishilardan soliqni bundan ham ko‘proq olishi kerak.

    Nol — bu sehrli raqam. Siz dunyodagi o‘limlar soni nolga tushishi uchun barcha narsani amalga oshirasiz va bundan faxrlanib yurasiz yoki har doim nolga qaytib, taslim bo‘lasiz, dastlabki nuqtada qotib, nufuzingiz, kuchingiz, pullaringizni yo‘qotasiz.

     

    O`xshash yangiliklar
...
27.04.2018 1134
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish Davlat inspeksiyasi xodimlari va Toshkent davlat Pedagogika universitetining professor-o‘qituvchilaridan iborat ishchi guruhlari shakllantirilib, Toshkent shahridagi umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining faoliyati tahlil qilindi. O‘rganishdan asosiy maqsad maktablardagi ta’lim sifatini aniq...

...
17.04.2018 1116
2018 yil 13 aprel kuni Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Nodavlat ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2017 yil 15 sentyabrdagi PQ-3276 son qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek, nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatish faoliyatini yan...
HUDUDIY BO’LIMLAR
SAYT XARITASI