O‘ZBЕKISTON RЕSPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI TA’LIM SIFATINI NAZORAT QILISH DAVLAT INSPЕKSIYASI

Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda.

Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda.

Inspeksiya telefoni
998 71 231-07-53 Batafsil
  • 241-sonli Qarori ijrosi yuzasidan Namangan viloyatida amalga oshirilayotgan ishlar
    ...

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Nodavlat ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017 yil 15 sentyabrdagi PQ–3276-sonli hamda Vazirlar Mahkamasining “Nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatish sohasidagi faoliyatni litsenziyalash tartibini takomillashtirish to‘g‘risida” 2018 yil 27 martdagi 241-son qarori ijrosini ta’minlash, mazkur qarorlarning mazmun-mohiyatini tadbirkorlar va keng jamoatchilikka tushuntirish, nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatayotgan tadbirkorlarga qulayliklar yaratish maqsadida Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan Respublikamizning xar bir viloyatida seminar, uchrashuv va davra suhbatlari tashkil etilmoqda.

    Joriy yilning 17 aprel kuni shunday seminar Namangan viloyatida bo‘lib o‘tdi. Amaliy seminar jarayonida Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘i U.Tashkenbayev, inspeksiyaning Nodavlat ta’lim muassasalari faoliyatini litsenziyalash va ta’lim sifati nazorati bo‘limi boshlig‘i S.Obidov, viloyat hokimi o‘rinbosari P.Matkarimov, Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining viloyat bo‘limi boshlig‘i A.Pirnazarov, viloyat maktabgacha ta’lim boshqarmasi boshlig‘i X.Yusupova, viloyat xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘i V.Rajapov, viloyat kasb-hunar ta’limi boshqarmasi boshlig‘i B.Tojimatov, viloyat Arxitektura va qurilish bosh boshqarmasi, viloyat Yer resurslari va Davlat kadastri boshqarmasi, viloyat IIB YOXB boshqarmasi, viloyat Yagona interaktiv davlat xizmatlari ko‘rsatish boshqarmasi mas’ul xodimlari tomonidan viloyatning shahar va tumanlaridan tashrif buyurgan nodavlat ta’lim sohasida faoliyat olib bormoqchi bo‘lgan tadbirkorlarga qarorning mazmun-mohiyati yuzasidan batafsil tushunchalar berildi.

    Seminarda ishtirokchilarga nodavlat ta’lim xizmatlari tashkil etish uchun litsenziya talablari va shartlari, nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatish sohasidagi faoliyat bo‘yicha litsenziya olish uchun zarur bo‘lgan hujjatlar, nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatish sohasida faoliyat ko‘rsatish uchun arizalarni ko‘rib chiqish va litsenziya berish muddatlari, litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini nazorat qilish tartibi va boshqa masalalar to‘g‘risida atroflicha tushunchalar berildi. Jumladan:

    Ta’lim tizimidagi o‘zgarishlar va yangiliklarni inobatga olgan holda, nodavlat ta’lim xizmatlarini ko‘rsatuvchi yuridik shaxslar faoliyatini litsenziyalash jarayonini soddalashtirish, yuridik shaxslar tomonidan mulkchilik va tashkiliy-huquqiy shakllaridan qat’iy nazar, nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatishni litsenziya asosida amalga oshirish tartibini joriy etish, litsenziyalash jarayonini unifikatsiyalash, nodavlat ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish sohasida davlat-xususiy sherikchilik samarali mexanizmlarini joriy etish, ilg‘or xorijiy tajribalarni inobatga olgan holda nodavlat ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxslarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va tashkiliy-huquqiy shakllarini takomillashtirish, nodavlat ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish bilan shug‘ullanadigan yuridik shaxslar faoliyatini nazorat qilish mexanizmlarini ishlab chiqish zarurati yuzaga kelgan bir paytda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatish sohasidagi faoliyatni litsenziyalash tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi ushbu Qarori sohada sog‘lom raqobat muhitini yaratish, yoshlarni ilm-fanga bo‘lgan qiziqishini oshirish, chuqur o‘qitish, yuqori malakali kadrlar tayyorlash uchun xizmat qiladi.

    Seminarda tadbirkorlar tomonidan nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatish sohasida beriladigan litsenziya turlari, litsenziya muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi savollar berildi. Tadbirkorlar tomonidan berilgan savollarga Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining boshlig‘i va xodimlari tomonidan batafsil javoblar berildi.

    O`xshash yangiliklar
...
23.04.2019 385
Joriy yilning 22 aprel kuni Toshkent shahrida Jahon bankining READ dasturi hamda xalqaro ekspertlar ishtirokida taʼlim sifatini baholash boʻyicha PISA va PIRLS xalqaro tadqiqotlariga tayyorgarlik koʻrishga bagʻishlangan seminarning ochilishiga oid yigʻilish oʻtkazildi. Ushbu tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi A.Abduvaxitov, Taʼlim inspeksiyasi boshligʻi U.Tashkenbayev va...

...
07.02.2019 561
Avval xabar berganimizdek, Taʼlim sifatini nazorat qilish inspeksiyasi hududiy boʻlimlari tomonidan Respublikamizning barcha hududlarida sayyor qabullar tashkil etilmoqda. Xorazm viloyati Urganch shahrida joylashgan Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filialida sayyor qabul oʻtkazildi. Sayyor qabulda Nodavlat taʼlim muassasalarida taʼlim sifatini yanada kuchaytirish, viloyatdagi...
HUDUDIY BO’LIMLAR
SAYT XARITASI