O‘ZBЕKISTON RЕSPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI TA’LIM SIFATINI NAZORAT QILISH DAVLAT INSPЕKSIYASI

Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda.

Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda.

Inspeksiya telefoni
998 71 231-07-53 Batafsil
  • Attestatsiya va akkreditatsiya jarayonlari takomillashtirilmoqda
    ...

    Bugungi kunda mamlakatimizda yosh avlodning ijodiy-intellektual salohiyatini rivojlantirish, o‘quvchi-yoshlarni har tomonlama sog‘lom va barkamol etib voyaga yetkazish, ta’lim sifati va mazmunini davr ruhi bilan hamohang tarzda yo‘lga qo‘yish masalasiga davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishi sifatida e’tibor qaratilmoqda.

    Oxirgi ikki yil davomida hukumatimiz tomonidan ta’lim tizimini tubdan isloh qilishga qaratilgan bir qator Farmon va qarorlari qabul qilindi.

    Hususan, Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 7 iyundagi 470-son qarori bilan “Davlat ta’lim muassasalari hamda nodavlat ta’lim tashkilotlarini attestatsiyadan va davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom” tasdiqlandi.

    Mazkur hujjat idoraviy mansubligi va tashkiliy-huquqiy shakllaridan qat’i nazar barcha turdagi ta’lim muassasalarini attestatsiyadan va davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazish tartibini belgilaydi.

    Ta’lim muassasalari attestatsiyasi – muhim jarayon bo‘lib, u orqali ta’lim muassasasi faoliyati baholanib, undagi ta’lim mazmuni, darajasi va sifatining davlat ta’lim standartlariga muvofiqligi yuzasidan xulosa beriladi.

    Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim muassasalarini attestatsiyadan o‘tkazish bo‘limi tomonidan yuqoridagi nizom asosida ta’lim muassasalarini attestatsiyadan o‘tkazish mezonlari bo‘yicha yo‘riqnoma ishlab chiqildi.

    Joriy yil  28 iyun kuni mazkur yo‘riqnoma soha mutaxasislari ishtirokida muhokama qilinib, attestatsiya jarayonida umumta’lim muassasalarini baholash shakllari takomillashtirildi.

    Muhokama jarayonida ta’lim muassasalarini attestatsiyadan o‘tkazish mezonlari hamda baholash shakllari joriy yilning 2 iyul kuni rivojlangan davlatlarning ta’lim muassasalarini baholash bo‘yicha tajribalari asosida qayta ko‘rib chiqiishga, bu jarayonga Xalq ta’limi, Jismoniy tarbiya va sport hamda Madaniyat vazirliklarining mas’ul xodimlarini ham jalb etishga kelishib olindi.

    O`xshash yangiliklar
...
13.03.2019 1036
Avval xabar qilganimizdek, Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi Jahon Banki bilan hamkorlikda Respublika umumtaʼlim maktablarining xalqaro baholash tizimlaridagi muvaffaqiyatli ishtirokini taʼminlash yuzasidan, milliy baholash tizimlarini shakllantirish, milliy hamda xalqaro baholash tizimlari oʻrtasidagi mutanosiblikni paydo qilish, bir soʻz bilan aytganda yosh avlodning ijodiy f...

...
28.02.2018 2229
2018 yil 27 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi rahbariyati Birlashgan Millatlar Tashkilotining ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha tashkiloti (UNESCO) vakolatxonasi rahbari janob Badarch Denevning taklifiga binoan ikki tomonlama o‘zaro samarali hamkorlikni yo&...
HUDUDIY BO’LIMLAR
SAYT XARITASI