O‘ZBЕKISTON RЕSPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI TA’LIM SIFATINI NAZORAT QILISH DAVLAT INSPЕKSIYASI

Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda.

Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda.

Inspeksiya telefoni
998 71 231-07-53 Batafsil
  • Avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish boʻyicha nodavlat taʼlim xizmatlari koʻrsatish faoliyatini tashkil etish uchun 307 ta litsenziya berildi
    ...

    Ayni vaqtda mazkur yoʻnalishda litsenziya berish jarayoni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 31 maydagi 408-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish boʻyicha nodavlat taʼlim xizmatlari koʻrsatish faoliyatini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisida”gi Nizomida belgilangan tartib asosida oʻtkaziladi.

    Unga koʻra, Avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish boʻyicha nodavlat taʼlim xizmatlari koʻrsatish faoliyatini tashkil etish uchun yuridik shaxslarga litsenziya berish, litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish, litsenziya amal qilishini toʻxtatib turish yoki toʻxtatish, shuningdek, uni bekor qilish va qayta rasmiylashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan amalga oshiriladi. Avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish boʻyicha nodavlat taʼlim xizmatlari koʻrsatish faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya cheklanmagan muddatga beriladi.

    Litsenziya olish uchun litsenziya daʼvogari tegishli hujjatlarni Davlat xizmatlari markazlariga taqdim etadi yoki elektron shaklda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga yuboradi. 

    Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi ariza qabul qilgandan soʻng 9 ish kuni ichida hujjatlarning litsenziya talablari va shartlariga muvofiqligini oʻrganadi.

    Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (uning hududiy boʻlimlari) Ichki ishlar vazirligi Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati va Oʻzbekiston avtomobil transporti agentligining hududiy boʻlinmalaridan malakali mutaxassislarni jalb etgan holda litsenziya daʼvogarining davlat talablarida nazarda tutilgan moddiy-texnik va oʻquv-metodik bazaga ega ekanligi toʻgʻrisidagi ekspertiza xulosalarini tayyorlash jarayonini tashkil etadi.

    Ijobiy qaror qabul qilinganda elektron litsenziya rasmiylashtiriladi, elektron raqamli imzo bilan tasdiqlab, davlat boji toʻlangandan keyin Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali litsenziya daʼvogariga yuboriladi.

    Ayni vaqtga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan Avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish boʻyicha nodavlat taʼlim xizmatlari koʻrsatish faoliyatini tashkil etish uchun 307 ta litsenziya berildi. Shu toʻgʻrisidagi qoʻshimcha maʼlumotlar jadval asosida xabarga ILOVA qilinadi.

    O`xshash yangiliklar
...
31.07.2018 1546
Respublikamiz milliy reyting tizimiga bag‘ishlangan veb portal (reyting.tdi.uz) ishga tushganligini ma’lum qilamiz. Endilikda oliy ta’lim muassasalarining reyting bo‘yicha to‘plagan ballari, 4 ta yo‘nalish, 59 ta raqamli baholash ko‘rsatkichlaridan iborat 23 ta indikator bo‘yicha to&ls...

...
09.11.2018 3668
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007 yil 10 sentyabrdagi 190-sonli qarori ijrosi yuzasidan Oliy ta’lim muassasalari magistrlarini o'qitish va tayyorlash sifatini baholashga oid test sinovlari hamda ijtimoiy so'rovlar 2018 yil 3-13 dekabr kunlari o‘tkaziladi. Test sinovlarida 4628 nafar magistratura bitiruvchi talabalari  qatnashadilar....
HUDUDIY BO’LIMLAR
SAYT XARITASI