O‘ZBЕKISTON RЕSPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI TA’LIM SIFATINI NAZORAT QILISH DAVLAT INSPЕKSIYASI

Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda.

Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda.

Inspeksiya telefoni
998 71 231-07-53 Batafsil
  • AYYOMINGIZ MUBORAK AZIZ USTOZLAR
    ...

    Goʻzal fasl - oltin kuz – xayollar, shirin oʻylar fasli. Sokin tuygʻularning turnalardek baland parvozi yettinchi osmon qadar yuksak. Farishta kuz gullari bahordagidek navqiron va dilbar...

    Darvoqe, bugun kuz haqida emas, mana shu oltin fasldagi baxtiyor onlarga yoʻgʻrilgan muhim sana Oʻqituvchi va murabbiylar – Aziz ustozlar kuni – muborak ayyom haqida ham surur, ham gʻurur ila qancha soʻzlamaylik kam.

    Shunday ekan, bugun aytiladigan jamiki laziz va iliq soʻzlar ustoz deb atalmish qalb meʼmorlari haqida ekan, ularga hurmat, mehr-muhabbat va ehtiromimiz cheksiz.

     

    Mehringiz-la ochmish hayot koʻzini,

    Madh etmoqqa shaydur bugun ovozim.

    Sizga oʻxshataman quyosh yuzini,

    Oddiy muallimim, aziz Ustozim.

    Qalbi ezgulikka toʻla, limmo-lim,

    Koʻkka yoʻlladingiz baland parvozim.

    Hamisha menga yor Siz bergan taʼlim,

    Otamday ulugʻim – aziz Ustozim.

    Sheʼriyat mulkiga oshno etdingiz,

    Kitoblar qatiga bitilar rozim.

    Siz-ki, boringizni fido etdingiz,

    Har nafas hamdamim – aziz Ustozim.

    Aziz ustozlar davlatimiz ravnaqi, yosh avlod taʼlim-tarbiyasi yoʻlidagi barcha saʼy-harakatlaringizda ulkan zafarlar tilaymiz.

    Tilagimiz barcha ustozlarimiz sogʻ-omon boʻlishsin. Ularni mana shunday shukuhli onlarda ayyomlari bilan chin qalbimizdan qutlaymiz.

    Davlat inspeksiyasi 

    O`xshash yangiliklar
...
05.03.2018 1241
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi Nodavlat ta’lim muassasalari faoliyatini litsenziyalash va ta’lim sifati nazorati bo‘limi tomonidan joriy yilning 23 fevralida jami 172 nafar litsenziya talabgorlari tomonidan topshirilgan hujjatlarini o‘rnatilgan tartibda ko‘rib chiqib, ularga...

...
25.10.2018 186
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007 yil 10 sentyabrdagi “O’zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimida magistratura faoliyatini yanada takomillashtirish, uning samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 190-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida oliy ta’lim muassasalarida magistrlarni o’qitish va tayo...
HUDUDIY BO’LIMLAR
SAYT XARITASI