O‘ZBЕKISTON RЕSPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI TA’LIM SIFATINI NAZORAT QILISH DAVLAT INSPЕKSIYASI

Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda.

Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda.

Inspeksiya telefoni
998 71 231-07-53 Batafsil
  • BEJIRIM NOM OSTIDAGI NOQONUNIY FAOLIYAT
    ...

         Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2019 yil 10 yanvardagi buyrugʻiga asosan Jizzax viloyatidagi litsenziya rasmiylashtirmasdan faoliyat olib borayotgan nodavlat taʼlim muassasalarning davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi, bino va xonalarning belgilangan talablarga muvofiqligi, yongʻin xavfsizligi talablariga va sanitariya-gigiyena normalariga muvofiqligi, oʻquv jarayonini taʼminlash uchun zarur boʻlgan moddiy vositalar, sinf jihozlari, koʻrgazmali qurollar, oʻquv-metodik adabiyotlar taʼminoti dars mashgʻulotlarning toʻgʻri tashkil etilganligi, DTS yoki oʻquv dasturlari asosida darslar tashkil etilishi, oʻqituvchilar sifat tarkibi, dars (mashgʻulot)ga tayyorgarligi, litsenziyaga hujjatlar toʻplash jarayonida tadbirkor duch kelgan muammolar tahlil qilindi.

    Oʻrganish jarayonida Jizzax shahri Sharof Rashidov shox koʻchasidagi joylashgan Xolmatov Sherzodga tegishli boʻlgan ELEGANT oʻquv markazi ishchi guruh tomonidan oʻrganish natijasida nodavlat taʼlim muassasasi litsenziyasiz faoliyat yuritayotganligi, ishchi guruhga taqdim etilgan litsenziya Sirdaryo viloyati, Guliston shahrida joylashgan “Sharq Ziyosi izidan” nomli nodavlat taʼlim muassasasiga tegishliligi, amal qilish muddati 2018 yil 20 aprelda tugaganligi aniqlandi. Shuningdek, “ELEGANT” nodavlat taʼlim muassasasida faoliyat yuritayotganlarning 70% oʻrta maxsus maʼlumotga egaligini koʻrishimiz mumkin.

    “IDEAL STUDY” noqonuniy faoliyat olib borayotganligi yetmaganidek, xorijiy davlatlarda oʻqish uchun hujjatlarni rasmiylashtirish kabi qator xizmatlarni yoʻlga qoʻyganligiga ajablanmasdan ilojimiz yoʻq. Mamlakatimizda har bir faoliyat legallashtirilgan bir davrda fuqarolarni noqonuniy ravishda ishonchini qozonishga boʻlgan harakatlardan koʻz yumib boʻlmaydi. Garchi oʻquv kursi tashkil etmagan boʻlsada Rossiya Federatsiyasidagi nodavlat institutlariga oʻqishga kirgizishni maqsad qilgan “UNIVERCAL EXPRESS CONCULTING SERVICE” xodimlari qisqa vaqtda koʻpchilikni ishonchini qozonganini qanday tushunish mumkin. Hattoki, Qozogʻiston Respublikasining akkreditatsiya qilinmagan Sirdaryo universitetida viloyatimizdan oʻnlab fuqarolar tahsil olayotganligini qanday tushunish mumkin. Xalqimizning oʻzbekona tantiligini suisteʼmol qilish qonunga zid harakatdir.

    “REAL LUX GROUP”, “SILVER STAR”, “IBOLI OSIYo KELINI”, “XUMO BILIM YOGʻDUSI” noqonuniy nodavlat taʼlim muassasalaridagi taʼlim jarayoni oʻrganilganda xonalardagi oʻquv jihozlari, yongʻin xavfsizligi talablariga va sanitariya-gigiyena normalariga talab bermasligi aniqlandi.

    “APPLICANT STUDY” noqonuniy nodavlat taʼlim muassasasi 2013 yilda litsenziya rasmiylashtirgan, 2018 yil aprel oyida litsenziya muddati tugagan. Nodavlat taʼlim muassasasi faoliyat olib borayotgan bino buzilish arafasida turibdi. Dars mashgʻulotlari olib boriladigan xonalar talab darajasida emasligi aniqlandi.

    “XADICHA” noqonuniy nodavlat taʼlim muassasasi tomonidan arab tili va yozuvi oʻrta maxsus maʼlumotiga ega oʻqituvchi tomonidan oʻqitib kelinayotganligi ota-onalarimizning eʼtiboridan chetda. Mazkur holatlarni oʻrganish jarayonida shu narsaga amin boʻldikki, Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning “Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish tizimini tubdan takomillashtirish toʻgʻrisida”gi farmoniga muvofiq jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish konsepsiyasi tasdiqlanganligi bejizga emasligiga amin boʻldik. Fuqarolarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyati yuksalmas ekan noqonuniy faoliyat bilan shugʻullanadigan muassasalar faoliyati tomir otaveradi.

    Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi Jizzax viloyat hududiy boʻlimi

    O`xshash yangiliklar
...
13.01.2018 2077
Hurmatli ota-onalar! Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi yanvar-fevral oyi davomida Toshkent shahridagi o‘rta ta’lim maktablari faoliyatini o‘rganishni rejalashtirgan. O‘rganish natijasi bo‘yicha har bir maktabda ta’lim sifatini oshirish yuzasidan xulosalar va takliflar beriladi. Sizning f...

...
07.08.2018 2818
Mamlakatimizda barcha sohalarda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar xalq bilan muloqot prinsipiga g‘oyat uyg‘un va hamohang bo‘lib, jumladan ta’lim tizimiga doir strategik o‘zgarishlar ham bu borada olib borilayotgan maqsadli islohotlar sarasiga kiradi. Bunga misol sifatida Toshkent shahrida yana bir Nodavlat oliy ta’lim muassasasi - T...
HUDUDIY BO’LIMLAR
SAYT XARITASI