O‘ZBЕKISTON RЕSPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI TA’LIM SIFATINI NAZORAT QILISH DAVLAT INSPЕKSIYASI

Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda.

Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda.

Inspeksiya telefoni
998 71 231-07-53 Batafsil
  • DAVLAT INSPEKSIYASIDA OSIYO TARAQQIYOT BANKI VAKILLARI BILAN NAVBATDAGI UCHRASHUV BOʻLIB OʻTDI
    ...

    Joriy yilning 7 avgust kuni Davlat Inspeksiyasi Osiyo taraqqiyot bankining texnik amaliyotchilaridan iborat delegatsiyani qabul qildi. Mazkur uchrashuvda inspeksiya vakillaridan Attestatsiya va akkreditatsiya bosh boshqarmasi boshiligʻi Asliddin Odilov , xalqaro aloqalar boʻlimi boshligʻi Madinaxon Xojimurodova hamda delegatsiya vakillaridan “Monitoring va baholash” boʻyicha mutaxassis Muxammad Parvez Axter, “Moliyaviy boshqaruv” boʻyicha mutaxassis Tarun Gupta shuningdek “Texnik-kasbiy taʼlim va mehnat bozori masalalari” boʻyicha mutaxassis Kamol Jiyanxodjayevlar ishtirok etishdi. Ushbu uchrashuv “Zamonaviy iqtisodiyot uchun malakalarni rivojlantirish boʻyicha loyihni amalga oshirishga qaratilgan.” Shu bois delegatsiya vakillari oldiga mavjud oʻquv dasturlari xolatini oʻrganish, texnik-kasbiy taʼlim tizimi doirasida oʻqituvchilarning malakasini oshirishi, shuningdek kompetentlikka asoslangan oʻquv muxitini yaratish choralari, belgilangan kasbiy taʼlimga tayyorlov markazlarida hamda kasb-hunar kollejlarida qurilish ishlari va jixozlarni zamonaviylashtirish,  boʻyicha talablarni oʻrganish va zaruriy yangilashlar roʻyhatini shakllantirish,  texnik-kasbiy taʼlimni boshqarishda maʼlumotlar tizimi va baholash talablari monitoringini loyihada aks ettirish kabi maqsadlar qoʻyilgan.

    Asosan savol-javoblar shaklida boʻlib oʻtgan mazkur uchrashuvda boshqarma boshligʻi bank mutaxassislarni qiziqtirgan jumladan, hozirgi kundagi kasb-hunar taʼlimini rivojlantirishdagi muammolar, mehnat bozori talablari hamda kasb-hunar taʼlimi oʻrtasidagi uzviy bogʻliqlik masalalari qanday qilinishi rejalashtirilayotgani, oʻrta taʼlim va kasbiy taʼlim jarayonlarini qaytadan tashkil etilishi, taʼlimning uzluksizligi masalalari, bitiruvchilarning mehnat bozorida oʻz oʻrnini topishiga asos boʻladigan eng minimal talablar, oʻquv dasturlari va oʻquv-amaliyot jarayonlarning tashkil etilishi borasidagi savollarga javoblar berildi.

    Shuningdek uchrashuv soʻnggida delegatsiya mutaxassislari rejalashtirilgan loyihani amalga oshirish borasidagi dastlabki vazifalar va bu borada kerakli statistik maʼlumotlarni koʻzdan kechirib, oʻz taklif va mulohazalarini bildirishlari uchun inspeksiya vakillariga qoldirishdi.  Bank mutaxassislari taklif etayotgan konsensiya loyiha boʻyicha Inspeksiya mutaxassislari fikrlari va takliflari keyingi haftada maʼlum qilinadi.

    O`xshash yangiliklar
...
20.07.2018 1480
O‘zbekiston Respublikasi Oliy majlisi qonunchilik palatasida 2018 yilning 19 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy majlisi qonunchilik palatasining Demokratik institutlar, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy majlisi qonunchilik palatasining Fan, ta’lim, madaniyat v...

...
12.01.2018 5665
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti “Oliy ta`lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi qarorni imzoladi. Qaror bilan ta`lim-tarbiya jarayonlarining sifati ustidan samarali davlat nazoratini o'rnatish maqsadida Vazirlar Mahkamasi huzurida Ta`lim sifatini nazorat qilish bo'yicha davlat inspeksiyasi tashkil etildi.  ...
HUDUDIY BO’LIMLAR
SAYT XARITASI