O‘ZBЕKISTON RЕSPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI TA’LIM SIFATINI NAZORAT QILISH DAVLAT INSPЕKSIYASI

Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda.

Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda.

Inspeksiya telefoni
998 71 231-07-53 Batafsil
  • Ta'lim inspeksiyasi delegatsiyasi “Umumjahon taʼlim sammiti”da ishtirok etmoqda
    ...

    Joriy yilning 9-12-sentyabr kunlari Shveysariyaning Syurix shahrida boʻlib oʻtayotgan “Umumjahon taʼlim sammiti”da Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi rahbari Ulugʻbek Tashkenbayev hamda inspeksiyaning bosh boshqarma boshligʻi Ayubxon Radjiyev ishtirok etmoqda.

    Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 7-iyundagi “Oliy taʼlim muassasalari reytingini aniqlash tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” gi qarorida jahondagi yetakchi reyting tashkilotlari bilan hamkorlik qilish va milliy oliy taʼlim muassasalarining dunyodagi nufuzli oliy taʼlim muassasalari reytingiga kirishida amaliy yordam koʻrsatish vazifalari belgilangan edi. Shuningdek, ilgʻor xalqaro tajriba asosida oliy taʼlimni rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlarini hisobga olgan holda reyting tuzilmasiga zarur oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha takliflar ishlab chiqish topshirilgan.

    Delegatsiya tomonidan sammitda oliy taʼlim muassasalarining rivojida ilmiy asoslarning shakllantirilishi bilan bogʻliq tavsiyalar, inson kapitalini iqtisodiy oʻstirish boʻyicha taklif va muhokamalar, qolaversa koʻplab davlatlar vakillari bilan hamkorlik aloqalarini yoʻlga qoʻyish rejalashtirilgan. Bundan tashqari, xalqaro tadbirda ishtirok etib, milliy OTMlarining reyting metodologiyasini global reyting agentliklari talablariga moslashtirish orqali Oʻzbekiston OTMlarining xalqaro reyting roʻyxatidan munosib joy egallashlariga koʻmaklashish, ularga metodologik va strategik jihatdan yondashuvlarni ishlab chiqish borasida hamkorlik shartnomalarini imzolash boʻyicha kelishuvlarga erishish maqsad qilingan.

    “THE" xalqaro reyting agentligi hamda “Elsevier”, “AdvanceHE”, “Pearson” kabi dunyoning nufuzli taʼlim tashkilotlari hamkorligida tashkil etilgan ushbu sammit kun tartibidan “10 yil ichida tadqiqot dunyosi qanday koʻrinishga ega boʻladi?”, “Eng yirik mehnat bozori buyurtmachilari IBM, Microsoft, Google kompaniyalarining isteʼdodlarni qoʻllab quvvatlashdagi yondashuvlari”, “Har bir insonning kelgusidagi ish oʻrni qanday belgilanadi?”, “Texnologiyaning buguni va ertasini belgilaydigan kompyuter fanlari oldidagi global muammolar”, “OTMlarning salohiyatli kadrlarni yetishtirishdagi roli va kelgusidagi vazifalari”, “Isteʼdodli kadrlarning asosiy xususiyatlari - ijodkorlik va tanqidiy fikrlash”, “Universitetlar bilim berishi muhimmi yoki malaka?” kabi mavzulardagi maʼruzalar oʻrin egallagan. Shu bilan birga, “Dunyo universitetlari reytingi 2020” ning eksklyuziv tarzda ishga tushirilishi, shuningdek jahonning yetakchi ilm-fan universitetlari rahbarlari va ularning vakillik organlari ishtirokida davra suhbatlari boʻlib oʻtmoqda.

    Maʼlumot oʻrnida, Umumjahon akademik sammiti yillar davomida oliy darajadagi rahbar va ekspert-mutafakkirlar ishtirokida dunyo boʻylab oliy ta'limga taʼsir koʻrsatadigan asosiy omillarni toʻplash, tahlil qilish va qayta koʻrib chiqish uchun oʻtkazib kelinmoqda. Bunda universitetlar va taʼlim tizimi organlari oldida turgan eng dolzarb savollarga javob topish uchun “Salohiyatli kadrlar qanday tarbiyalanadi?” mavzusida uzluksiz taʼlim, sanoat hamkorligi, tadqiqot konsorsiumlari, shuningdek, isteʼdodlarni tanlash va boshqarish masalalari boʻyicha tajribalarni umumlashtirish orqali ta'lim jarayonini takomillashtirish maqsad qilingan.

    Madinaxon Xojimurodova,

    Vazirlar Mahkamasi huzuridagi

    Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi

    Xalqaro aloqalar boʻlimi boshligʻi

    O`xshash yangiliklar
...
20.12.2018 1721
Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi Respublika OTMlarini kelgusida dunyo universitetlari reytingi roʻyxatiga kirishiga koʻmaklashish maqsadida olib borayotgan xalqaro hamkorlik ishlarini davom ettirmoqda. Jumladan, 2018 yil 19 dekabr kuni Davlat inspeksiyasida THE agentligining Rossiya va MDH davlatlari boʻyicha mintaqaviy direktori Yegor Yablokov bilan Uzluksiz taʼlim ...

...
19.02.2019 1159
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inpeksiyasi, Xalq ta’limi vazirligi va uning xududiy boshqarmalari, Respublika ta’lim markazi hamda Ta’lim sifatini baholash bo‘yicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish milliy markazi mutaxassislaridan iborat 20 kishilik O‘zbekiston delegatsiyasi ta’lim...
HUDUDIY BO’LIMLAR
SAYT XARITASI