O‘ZBЕKISTON RЕSPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI TA’LIM SIFATINI NAZORAT QILISH DAVLAT INSPЕKSIYASI

Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda.

Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda.

Inspeksiya telefoni
998 71 231-07-53 Batafsil
  • Diqqat! Oliy ta’lim muassasalari reytingini aniqlash tartibi to‘g‘risida nizom tasdiqlandi
    ...

    Ma’lumki, joriy yilning 7 iyun sanasida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oliy ta’lim muassasalari reytingini aniqlash tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 467-son qarori bilan “Oliy ta’lim muassasalari reytingini aniqlash tartibi to‘g‘risida nizom” tasdiqlandi. Unga ko‘ra, har yili OTMlar reytingini aniqlash quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

    1-bosqich. Reytingi aniqlanayotgan yilning 20 dekabriga qadar reytingni aniqlashga oid ma’lumotlar bazasini shakllantirish maqsadida tegishli jadvallar ishlab chiqiladi va tizimida OTMlari bo‘lgan vazirlik va idoralar hamda oliy ta’lim muassasalariga yetkaziladi.

    2-bosqich. Tegishli vazirlik va idoralar hamda OTMlari tomonidan har yili 1 fevralga qadar reytingni aniqlashga oid ma’lumotlar asoslovchi hujjatlari bilan birgalikda Davlat inspeksiyasiga taqdim etiladi.

    3-bosqich. 1 aprelga qadar reytingni aniqlashga oid ma’lumotlarning ishonchliligini ta’minlash maqsadida ularni tahlil qilinadi (o‘rganib chiqiladi).

    4-bosqich. 10 aprelga qadar o‘rganilgan ma’lumotlar tanishib chiqish va tasdiqlash uchun oliy ta’lim muassasalariga yuboriladi.

    5-bosqich. 1 mayga qadar OTMlar rektorlari tomonidan tasdiqlangan reytingni aniqlashga oid ma’lumotlar Davlat inspeksiyasiga taqdim etiladi.

    6-bosqich. Reytingni aniqlash jarayonida, har yili may-iyun oylarida:

    1. Professor-o‘qituvchilarning xorijiy til va axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga oid bilim darajasini aniqlash maqsadida test sinovlari o‘tkaziladi.

    2. Talabalarning mutaxassislik fanlariga oid bilim darajasini aniqlash maqsadida nazorat ishlari (test sinovlari) va OTMlardagi ta’lim sifatini o‘rganish yuzasidan so‘rovnoma o‘tkaziladi.

    7-bosqich. Har yili 20 iyulga qadar Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan birgalikda OTMlar bitiruvchilarining bilimi, malaka va ko‘nikmalarini aniqlash maqsadida ish beruvchilar o‘rtasida so‘rovnoma o‘tkazadi.

    8-bosqich. 20-30 iyulda reytingni aniqlashga oid to‘plangan ma’lumotlar, o‘tkazilgan so‘rovnomalar va nazorat ishlari natijalari asosida OTMlarning reyting ballari hisoblanadi.

    9-bosqich. Har yili 1 avgustga qadar hisoblangan reyting ballari asosida oliy ta’lim muassasalarining reytingi tuziladi.

    10-bosqich. Reyting natijalari keyingi o‘quv yili boshlanishidan kechiktirmay O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi va ommaviy axborot vositalarida keng yoritiladi.

     Quyida reyting indikatorlari va ular uchun belgilangan ballar miqdori bilan batafsilroq tanishishingiz mumkin:

     

     

    Oliy ta’lim muassasalari reytingini aniqlash tartibi to‘g‘risida nizomga
    2-ilova

    Oliy talim muassasalari reytingini aniqlash
    MEZONLARI

    T/r

    Reyting indikatorlari

    Ball

     

    JAMI:

    100

    I. Professor-o‘qituvchilarning ilmiy faoliyati

    40

    1.

    Dunyoning nufuzli 1000 taligiga kiruvchi oliy ta’lim muassasalarida fan nomzodi, falsafa doktori (PhD) va fan doktori, fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olgan professor-o‘qituvchilar ulushi (asosiy shtatdagi professor-o‘qituvchilarning umumiy soniga nisbatan foiz hisobida)

    3

    2.

    Reytingni aniqlash yilida dunyoning nufuzli 1000 taligiga kiruvchi oliy ta’lim muassasalarida o‘quv mashg‘ulotlari (ma’ruzalar, amaliy mashg‘ulotlar, seminar-treninglar) o‘tkazgan professor-o‘qituvchilar ulushi (asosiy shtatdagi professor-o‘qituvchilarning umumiy soniga nisbatan foiz hisobida)

    2

    3.

    Professor-o‘qituvchilarning ilmiy salohiyati (asosiy shtatdagilar bo‘yicha foizda), shu jumladan:

    3

    a) fan doktori, fan doktori (DSc) ilmiy darajasiga ega (shuningdek, ilmiy darajaga ega bo‘lmay professor ilmiy unvonini olgan yoki unga tenglashtirilgan) professor-o‘qituvchilar ulushi

    2

    b) fan nomzodi, falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga ega (shuningdek, ilmiy darajaga ega bo‘lmay dotsent ilmiy unvonini olgan yoki unga tenglashtirilgan) professor-o‘qituvchilar ulushi

    1

    4.

    Professor-o‘qituvchilar tomonidan himoya qilingan doktorlik (PhD va DSc) dissertatsiyalari soni

    6

    5.

    Xalqaro ko‘rsatkichlarga ko‘ra oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari nashrlariga iqtiboslar (“Web
    of Science”, “Scopus” va “Google Scholar” bazalari bo‘yicha, so‘nggi
    5 yilda)

    9

    6.

    Reytingni aniqlash yilida xalqaro ilmiy jurnallarda
    va mahalliy ilmiy nashrlarda (“Web of Science”, “Scopus” bazasiga va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi ro‘yxatiga kiritilgan jurnallarda) chop etilgan maqolalar (bir nafar professor-o‘qituvchi hisobiga), shu jumladan:

    5

    a) xalqaro jurnallardagi ilmiy maqolalar

    3

    b) respublika ilmiy jurnallaridagi ilmiy maqolalar

    2

    7.

    Oliy ta’lim muassasasida ilmiy-tadqiqot faoliyati
    va amaliyotga ilmiy-tadqiqot natijalarini taqdim etish asosida olingan mablag‘lar hajmi yoki boshqa nomoddiy ko‘rsatkichlar (ijtimoiy samaradorlik) (bir nafar professor-o‘qituvchiga to‘g‘ri keladigan), shu jumladan:

    4

    a) xorijiy ilmiy-tadqiqot markazlari grantlari va xorijiy ilmiy fondlar buyurtmalari hisobiga olingan mablag‘lar (bir nafar professor-o‘qituvchiga to‘g‘ri keladigan)

    2

    b) sohalar buyurtmalari asosida o‘tkazilgan ilmiy-tadqiqot (ilmiy-ijodiy) faoliyatidan olingan moliyaviy mablag‘lar (bir nafar professor-o‘qituvchiga to‘g‘ri keladigan)

    1

    v) davlat grantlari asosida o‘tkazilgan ilmiy-tadqiqotlardan olingan mablag‘lar (bir nafar  professor-o‘qituvchiga to‘g‘ri keladigan)

    1

    8.

    Professor-o‘qituvchilarning bilim darajasi, shu jumladan:

    4

    a) xorijiy tillar bo‘yicha

    2

    b) axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bo‘yicha

    2

    9.

    Reytingi aniqlanayotgan yilda bajarilgan ilmiy-tadqiqot ishlarining samaradorligi, shu jumladan:

    4

    a) chop etilgan monografiyalar soni

    2

    b) ixtiro, foydali model, sanoat namunalari va seleksiya yutuqlari uchun olingan patentlar (tegishli tashkilotlar tomonidan tasdiqlangan hujjatlar asosida)

    1

    v) axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga oid dasturlar
    va elektron ma’lumotlar bazalari uchun olingan guvohnomalar, mualliflik huquqi bilan himoya qilinadigan turli materiallar

    1

    II. O‘quv-uslubiy ishlar va o‘qitish sifati

    30

    10.

    Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim berish sifati darajasi va ijtimoiy-ma’naviy muhit (talabalar o‘rtasida o‘tkaziladigan so‘rovnoma natijalari asosida), shu jumladan:

    7

    a) ta’lim olish uchun yaratilgan sharoitlar

    2

    b) darslarning sifati

    2

    v) talabalar bilimining xolisona baholanishi

    1

    g) ta’lim muassasasidagi ijtimoiy-ma’naviy muhit

    2

    11.

    Hisob yilida oliy ta’lim muassasasi professor-o‘qituvchilari tomonidan yozib tayyorlangan va belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan darsliklar va o‘quv qo‘llanmalar, shu jumladan:

    8

    a) darsliklar

    6

    b) o‘quv qo‘llanmalar

    2

    12.

    Reyting aniqlanayotgan yilda xorijiy professor-o‘qituvchilar va talabalar ulushi (mos ravishda umumiy songa nisbatan foizda), shu jumladan:

    7

    a) xorijiy professor-o‘qituvchilar

    3

    b) xorijiy talabalar

    4

    13.

    Hisob yilida xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan almashuv dasturlarida, konferensiyalarda, ilmiy yoki o‘quv loyihalarida o‘qituvchilar va talabalarning ishtirok etganligi, shu jumladan:

    5

    a) akademik almashuv (talabalar tomonidan)

    3

    b) xalqaro konferensiyalar, seminarlar, ilmiy yoki o‘quv loyihalarida talabalar va professor-o‘qituvchilarning ishtiroki

    2

    14.

    Ta’lim yo‘nalishlari (mutaxassisliklari) bo‘yicha xorijiy tilda o‘qitiladigan fanlar salmog‘i (mutaxassislik fanlarining jami soniga nisbatan foizda)

    3

    III. Talabalar bilimi va bitiruvchilar sifati

    30

    15.

    Talabalarning bilim darajasi (nazorat ishlari natijalari asosida)

    9

    16.

    Bitiruvchilarning ishga joylashish darajasi (bitirganidan so‘ng 6 oy ichida)

    9

    17.

    Oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilari bilim
    va ko‘nikmalari sifati haqida ish beruvchilarning bahosi (so‘rovnoma asosida aniqlanadi)

    9

    18.

    Reyting yilida xalqaro va respublika olimpiadalarida, nufuzli tanlovlarda sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritgan hamda mukofot (diplom)larga sazovor bo‘lgan talabalar salmog‘i,
    shu jumladan:

    3

    a) xalqaro miqyosda

    2

    b) respublika miqyosida

    1

     

     

    O`xshash yangiliklar
...
28.11.2018 942
2018 yilning 14-17 noyabr kunlari Amerika Qo`shma Shtatlarining Vashinton shahrida “Xalqaro maktabgacha taʼlim muassasalaridagi taʼlim” (The NAEYC Annual Conference is the largest early childhood education conference in the world)” mavzusidagi har yilgi konferensiya boʻlib oʻtdi. Unda inspeksi...

...
22.01.2019 795
Maʼlumki, yurtimizda taʼlimni rivojlantirishga, xususan, xususiy taʼlim muassasalarini tashkil etishga katta eʼtibor qaratib kelinmoqda. Statistikaga eʼtibor qaratsak, 2016 yilda Oʻzbekistonda 24 ta nodavlat umumiy o'rta taʼlim muassasasi faoliyat yuritgan boʻlsa, 2018 yilga kelib ularning soni 84 tadan oshgan. 2019 yilning davlatimiz rahbari tomonidan “Faol invest...
HUDUDIY BO’LIMLAR
SAYT XARITASI