O‘ZBЕKISTON RЕSPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI TA’LIM SIFATINI NAZORAT QILISH DAVLAT INSPЕKSIYASI

Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda.

Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda.

Inspeksiya telefoni
998 71 231-07-53 Batafsil
  • Dunyo universitetlari reytingi va ularning muqobil variantlari.
    ...

     Joriy yilning 30 aprel kuni Taʼlim sifatini nazorat qilish Davlat inspeksiyasi rahbariyati, Jahon Bankining Vashingtondagi vakillari jumladan yaqin sharq va janubiy Afrika boʻyicha amaliyotlar rahbari- Andreas Blom, Yevropa va markaziy Osiyo boʻyicha amaliyotlar rahbari- Harry Patrinos hamda Oliy taʼlim tadqiqotlari markazi yetakchi mutaxassisi- John Aubrey Douglasslar ishtirokida oʻtkazilgan vebinar “Universitetlarning global reyting xarajatlari va unga mos muqobil choralar” mavzusiga bagʻishlandi.

    Mazkur onlayn uchrashuvda John Duglass qalamiga mansub “Yangi flagship universitet” nomli kitobining taqdimoti boʻlib oʻtdi. Unda muallif yetakchi milliy universitetlarga tegishli asosiy jihatlar shunigdek global miqyosda koʻplab universitetlar va hukumat vazirliklari eʼtiborini tortadigan Jahonning Nufuzli Universitetlari (JNU) uchun targʻibotni taqdim etadi. Bunda joriy reyting tizimlari va ularning kelgusidagi faoliyati uchun JNU befoyda yoki ahamiyatsiz degani emas. Lekin shu bilan bir qatorda bu turdagi universitetlar oʻzlari uchun juda tor yoʻnalishlarni belgilab olishi natijasida hudud, mamlakat miqyosida nufuzga ega boʻlish uchun juda koʻplab mablagʻlar sarf qilishadi.

    Shuningdek reyting agentliklari va JNU OTMlarda qanday chora-tadbirlar va usullarni qoʻllash orqali ilmiy tadqiqotning ishlab chiqarishdagi ulushini oshirish, taʼlim sifatini va davlat xizmatlari boʻyicha koʻrsatkichlarni oʻstirish borasida hech bir aniq koʻrsatma bermaydi. Ushbu taqdimotda Duglas universitetlarning oʻz oldiga qoʻygan vazifalarini va akademik madaniyatini shakllantirish yoʻllarini targʻib qiluvchi yangi Flagship modelini tavsiya qildi, unga koʻra universitetlar faoliyatining davomiyligi va maqsadini aniqlashda xizmat qiladigan jamiyatdagi rolini oshirishga alohida eʼtibor qaratiladi. Asarda muallif asosan, tadqiqot samaradorligiga qaratilgan mukammallikning xalqaro standartlari eʼtibordan chetda qoldirilmaydi, balki, bu oʻz-oʻzidan tugamaydigan universitetning samaradorligini va katta ijtimoiy maqsadlarini qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan yagona maqsad sifatida belgilanadi.

    Yangi flagman modeli 4 ta siyosiy va amaliy jarayonlardan iborat boʻlib, ushbu jarayonlar OTMlarning tashqi majburiyatlari, ichki amaliyotlari hamda dunyoning yetakchi milliy universitetlarining innovatsion faoliyati misolida bayon qilingan.

    Ushbu modelda nufuzli universitetlar deganda oʻzining qator rivojlanish maqsad va gʻoyalariga, chuqur tajribaga va ularni amalga oshirishda oʻziga xos mantiq va resurslarga ega OTM flagship sifatida baho beriladi.

    Hozirda mazkur model qator oliy oʻquv yurtlari tomonidan strategik rejalashtirish maqsadlari uchun foydalanilmoqda, uning muallifi esa modelning qiymati va uni targʻib qilish bilan bogʻliq fikrlarni kutib qoladi.

    O`xshash yangiliklar
...
11.02.2019 880
  O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 sentyabrdagi “Xalq ta’limini boshqarish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi va Xalq ta’limi vazirligining 2018 yil 17 dekabrdagi &ld...

...
17.04.2018 2278
2018 yil 13 aprel kuni Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Nodavlat ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2017 yil 15 sentyabrdagi PQ-3276 son qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek, nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatish faoliyatini yan...
HUDUDIY BO’LIMLAR
SAYT XARITASI