O‘ZBЕKISTON RЕSPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI TA’LIM SIFATINI NAZORAT QILISH DAVLAT INSPЕKSIYASI

Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda.

Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda.

Inspeksiya telefoni
998 71 231-07-53 Batafsil
  • Ilk marotaba eʼlon qilingan maktablar reytingi Bosh vazir oʻrinbosari boshchiligida muhokama qilindi
    ...

    Respublikamizdagi umumtaʼlim maktablari reytingi eʼlon qilingani haqida xabar bergan edik.

    30-avgust kuni Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari Aziz Abduhakimov boshchiligida ilk bor eʼlon qilingan mazkur reyting natijalari muhokamasiga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Tadbirda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi rahbari Ulugʻbek Tashkenbayev, Xalq taʼlimi vazirining birinchi oʻrinbosari Alisher Umarov, mutasaddilar tashkilotlarning tegishli boshqarma boshliqlari hamda hududiy studiyalarda turib davlat inspeksiyasi va vazirlikning hududiy boshqarma boshliqlari, tuman va shahar xalq taʼlimi boʻlimlari mudirlari va maktab rahbarlari ishtirok etishdi.

    Yigʻilishni olib borgan Aziz Abduhakimov Muhtaram Prezidentimiz tomonidan xalq taʼlimi xodimlarini qoʻllab-quvvatlashga, pedagoglarning jamiyatimizdagi obroʻ-eʼtiborini oshirishga alohida eʼtibor qaratilayotganligini taʼkidlar ekan, Davlatimiz rahbari tomonidan taʼlim tizimini isloh etish, uni yangi sifat bosqichiga olib chiqish boʻyicha qatʼiy koʻrsatmalar berilganini maʼlum qildi.

    Bosh vazir oʻrinbosari shuningdek, ilk marotaba eʼlon qilinayotgan reyting natijalari boʻyicha past koʻrsatkich qayd etgan hududlar boʻyicha vaziyatni oʻrganib chiqish hamda hududiy taʼlimi boʻlinmalari va maktab direktorlari nisbatan qatʼiy choralar koʻrish boʻyicha topshiriq berdi.


    Shundan soʻzga chiqqan Davlat inspeksiyasining Uzluksiz taʼlim sifati monitoringi bosh boshqarmasi boshligʻi Ayubxon Radjiyev respublikamiz boʻyicha maktablar reytingini aniqlashda shaffof va adolatli tizimni yoʻlga qoʻyish uchun amalga oshirilgan ishlar haqida maʼlumot berar ekan, ayrim maktablarda nazorat ishlar va soʻrovnomalar oʻtkazish jarayonida uchragan noxush holatlar, javoblarni soxtalashtirish, 9-sinf oʻquvchilari oʻrniga 10-11 sinf oʻquvchilari kirish boʻyicha kuzatilgan holatlarni aniq misollar bilan keltirib oʻtdi.

    Tadbirda shuningdek, Davlat inspeksiya rahbari Ulugʻbek Tashkenbayev ham soʻz olib 2021-yilda Oʻzbekiston ishtirok etadigan PISA (15-16 yoshli oʻquvchilar bilimini baholash boʻyicha xalqaro dastur) sinovlariga tayyorgarlik jarayoni, xususan hududlardagi tayanch maktablarning ahvoli, inspeksiya tomonidan mahalliy hokimliklar birgalikda ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar va mavjud muammolar haqida maʼlumot berdi.

    Bosh vazir oʻrinbosari tomonidan umumtaʼlim fanlari boʻyicha sinflar va mavzular kesimida eng ilgʻor oʻqituvchilarning darslarni videotasvirga olish va joylashtirib borishlari uchun yaxlit tizim yaratish hamda shu tizim orqali pedagoglarning oʻzaro tajriba almashishlariga, doimiy malaka oshirib borishlariga sharoit yaratish vazifasi topshirildi.

    Yakunda hududiy xalq taʼlimi boshqarmalari rahbarining mavjud kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha koʻrilayotgan chora-tadbirlar haqidagi axborotlari tinglandi va ularga tegishli koʻrsatmalar berildi.

    Vazirlar Mahkamasi huzuridagi

    Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi

    Matbuot xizmati

    O`xshash yangiliklar
...
21.07.2018 2347
2018 yilning 21 iyul kuni Xalqaro press klubda “Xalqaro press klub” va “Munosabat” ko‘rsatuvi ijodkorlari hamkorligida birinchi bor sessiya tashkil qilindi. Unda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Inom Madjidov, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘i...

...
27.08.2019 3549
Xabaringiz bor, bugungi kunga kelib yurtimizda faoliyat koʻrsatayotgan aksariyat oliy taʼlim muassasalariga kirish imtihonlari natijalari eʼlon qilindi va joriy yilda oʻqishga kira olgan yoshlar maʼlum boʻldi. Shu bilan birga qoʻshni Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Rossiya va boshqa MDH davlatlaridagi bir qator oliy taʼlim muassasalari tomonidan masofadan turib (distans) yoki s...
HUDUDIY BO’LIMLAR
SAYT XARITASI