O‘ZBЕKISTON RЕSPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI TA’LIM SIFATINI NAZORAT QILISH DAVLAT INSPЕKSIYASI

Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda.

Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda.

Inspeksiya telefoni
998 71 231-07-53 Batafsil
  • Inspeksiya vakili xalqaro seminarda ishtirok etib qaytdi
    ...

    2018 yilning 10-13 sentyabr kunlari Malayziyaning Penang shahrida “Konseptualizatsiya, kontekstli maʼlumotlardan foydalanish va tahlil qilish (Conceptualization, Measurement and Use of Contextual Data)” mavzusidagi seminar boʻlib oʻtdi.

    Unda inspeksiyaning nazorat materiallari bankini shakllantirish va sinovlarni tashkil etish boʻlimi boshligʻi Anvarjon Maxmudov Oʻzbekiston nomidan ishtirok etdi.

    Mazkur seminar UNESCOning Osiyo va tinch okeani mintaqaviy byurosi kotibiyati, Osiyo va tinch okeani mintaqasida taʼlim sifatini monitoring qilish tarmogʻi (NEQMAP - Network on Education Quality Monitoring in the Asia-Pacific), Global taʼlim hamkorligi (Global Partnership for Education) hamda Malayziya ilmiy tadqiqot universiteti (USM - University of Science, Malaysia) hamkorligida tashkil etildi.

    4 kun davom etgan seminar-treningda Osiyo va tinch okeani mintaqasidan 20 ga yaqin (Avstraliya, Oʻzbekiston, Afgʻoniston, Bangladesh, Butan, Kambodja, Fiji, Eron, Qirgʻiziston, Lao, Malayziya, Maldiv, Mongoliya, Myanmar, Nepal, Papua yangi Gvineya, Filippin, Shiri-lanka, Tayland, Timor va Vetnam kabi) davlatlardan ishtirokchilar qatnashdi.

    Ushbu seminarning asosiy maqsadi taʼlim sifatiga taʼsir etuvchi omillarni aniqlash, ularni bartaraf etish, sinov savollari va soʻrovnomalar uchun savollarni tuzishdagi yondashuvlar va asosan natijalarni tahlil qilish orqali taʼlimdagi boʻshliqlarni aniqlashdan iborat boʻldi.

    Malayziya ilmiy tadqiqot universiteti professori Nordin Abd Razak boshchiligidagi guruh maʼlumotlarni tahlil qilishning Koʻp darajali modellashtirish (Multi-Level Modeling) va Ierarxik chiziqli modeli (HLM - Hierarchical Linear Model) qoʻllashning nazariy asoslari va amaliyotini seminar ishtirokchilariga yoritib berdilar.

    Shuningdek seminar davomida PISA, TIMSS kabi oʻquvchilar bilimini baholashning xalqaro dasturlarida ishtirok etuvchi hamda oʻzining milliy baholash tizimiga ega boʻlgan davlatlar vakillarining taqdimotlari tinglanib oʻzaro tajribalar almashildi.

    Eslatib oʻtamiz Oʻzbekiston PISA oʻquvchilar bilimini baholashning xalqaro dasturlarida 2021 yilda ishtirok etishi belgilandi va bu borada Jahon Banki bilan qator tadbirlar amalga oshirilmoqda.

    O`xshash yangiliklar
...
13.01.2018 3619
2018 yilning 11 yanvar sanasida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasida Janubiy Koreyalik maktabgacha ta’lim muassasasi mutaxassislari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Qisqa muddatli uchrashuvda Koreya tomonidan “Pusong” maktabgacha ta’lim muassasasi direktori professor&nbs...

...
12.03.2019 477
Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan litsenziya berilib faoliyat olib borayotgan avtomaktab raxbarlari uchun joriy yilning 11 mart sanasida Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahrida  seminar o‘tkazildi. Seminarni Farg‘ona xududiy bo‘limi yetakchi mutaxassisi Sherzod Yuldashov olib bordi. Yig‘ilishda o‘rganuvchilarning o‘...
HUDUDIY BO’LIMLAR
SAYT XARITASI