O‘ZBЕKISTON RЕSPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI TA’LIM SIFATINI NAZORAT QILISH DAVLAT INSPЕKSIYASI

Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda.

Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda.

Inspeksiya telefoni
998 71 231-07-53 Batafsil
  • Inspeksiya vakillari Moskva maktablarining xalqaro baholash tizimida ishtirok etishi borasidagi tayyorgarliklarini ko’zdan kechirdi
    ...

    2018 yilning 28 sentyabrda Davlat inspeksiyasi vakillaridan iborat delegatsiya Moskva shahridagi 1501-sonli o'rta maktab faoliyati bilan yaqindan tanishish uchun tashrif buyurdi. Delegatsiyani maktab direktori, fizika-matematika fanlari doktori, Xalqaro axborotlashtirish akademiyasining akademigi N.T. Rahimova qarshi oldi. Mazkur tashrifda Inspeksiya vakillari TIMSS, PISA xalqaro baholash tizimlarida ishtirok etish bo’yicha tayyorgarlik ishlarini ko'zdan kechirish maqsadida maktab faoliyati bilan tanishib chiqdilar. Tashrif chog’ida delegatsiya vakillari 7-9- sinf o’quvchilarining fizika, informatika, matematika darslarida ishtirok etdilar. Unda Moskva shahar hokimligi tomonidan elektron-innovatsion ta'limni joriy etish bo'yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi. Rejaga ko’ra Moskvadagi maktablarni amaliy ko'nikmalarni rivojlantirish uchun eng zamonaviy o'quv uskunalari bilan jihozlash belgilangan.

    Shuningdek maktab direktorining ta'kidlashicha, TIMSS baholash tadqiqotlariga ko'ra, Rossiya maktablari yuqori natijalarni ko'rsatmoqda, chunki unda asosan fundamental bilimlarni baholashga asosiy e’tibor qaratiladi, PISAda esa o’quvchilar olgan bilimlarining  ijodiy fikrlashda qo'llash qobiliyati inobatga olingan. Shuning uchun bu kabi bilimlarni shakllantirishni bosqichma-bosqich amalga oshirish kerak bo’ladi.

    Xususan Delegatsiya vakillari axborot texnologiyalarini qo’llash orqali tashkil etilgan bir necha darslarda ishtirok etdi. O'quv jarayoni bilan tanishish chog’ida ko'p savollarga javoblar oldilar. Jumladan moddiy- texnik jihozlarga katta e'tibor berish, ta'limga zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, o'qituvchilar malakasini yuqori darajada oshirish ta'lim sifatini munosib darajaga ko'tarish imkonini beruvchi asosiy omillar ekanligi ta’kidlab o’tildi.

    O`xshash yangiliklar
...
21.09.2018 659
2018 yilning 10-13 sentyabr kunlari Malayziyaning Penang shahrida “Konseptualizatsiya, kontekstli maʼlumotlardan foydalanish va tahlil qilish (Conceptualization, Measurement and Use of Contextual Data)” mavzusidagi seminar boʻlib oʻtdi. Unda inspeksiyaning nazorat materiallari bankini shakllantirish va sinovlarni tashkil etish boʻlimi boshligʻi Anvarjon Maxmudov Oʻzbekisto...

...
11.10.2018 1240
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 sentabrdagi “Xalq ta’limini boshqarish tizimini takomillashtirish bo`yicha qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi PF-5538 sonli farmoni ijrosi yuzasidan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasida joriy yilning 10 oktabr kuni Xalq ta’limi vazirligi mutaxassislari bilan hamk...
HUDUDIY BO’LIMLAR
SAYT XARITASI