O‘ZBЕKISTON RЕSPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI TA’LIM SIFATINI NAZORAT QILISH DAVLAT INSPЕKSIYASI

Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda.

Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda.

Inspeksiya telefoni
998 71 231-07-53 Batafsil
  • Jizzax viloyatida “Ta’lim jarayonlariga zamonaviy yondashuv: Umumiy o‘rta ta’lim muasssasalari reyting indikatorlari” mavzusida amaliy seminar o‘tkazilmoqda
    ...

    Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Xalq taʼlimini boshqarish tizimini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2018 yil 5 sentyabrdagi PF-5538 sonli farmoniga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʻlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi va Xalq taʼlimi vazirligining qoʻshma qarori bilan tasdiqlanayotgan “Umumiy oʻrta taʼlim muassasalari reytingini aniqlash tartibi toʻgʻrisida nizom” loyihasi joriy yilning 20 oktyabrida umumxalq muhokamasiga (https://regulation.gov.uz/uz/document/996)  qoʻyildi.

    Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining Jizzax viloyati bo‘limi tomonidan “Umumiy oʻrta taʼlim muassasalari reytingini aniqlash tartibi toʻgʻrisida nizom” to‘g‘risida  viloyatdagi  Xalq ta’limi boshqarmasi tassarrufidagi umumta’lim maktablari va keng jamoatchilikni  habardor qilish maqsadida “Taʻlim jarayonlariga zamonaviy yondashuv: Umumiy o‘rta ta’lim muasssasalari reyting indikatorlari” mavzusida   2018 yil 30 oktyabr kuni Sharof Rashidov tumanidagi 36-sonli umumta’lim maktabida amaliy seminar tashkil etildi.

    Seminarda tumandagi 59 ta maktab direktorlari, tuman xalq ta’limi bo‘limi metodistlari ishtirok etishdi. Seminarda umumta’lim maktablari reytingini aniqlashning maqsad va  vazifalari,  reyting indikatorlari hisoblash metodikasi,  PISA, TIMSS, PIRLS  xalqaro dasturlari to‘g‘risida ma’lumotlar berildi.

    Seminar ishtirokchilar tomonidan  Umumiy oʻrta taʼlim muassasalari reytingini aniqlash tartibi toʻgʻrisida nizom bo‘yicha savollar va takliflar berildi.

    “Ta’lim jarayonlariga zamonaviy yondashuv: Umumiy o‘rta ta’lim muasssasalari reyting indikatorlari” mavzusidagi amaliy seminarlar  Davlat inspeksiyasining Jizzax viloyati bo‘limi tomonidan viloyatning 13 ta tuman (shahar) larini 6 ta hududga bo‘lgan holda  tashkil etilmoqda.

     

    Taʻlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining Jizzax viloyat bo‘limi  boshlig`i: Sarvar Nazarqosimov

    O`xshash yangiliklar
...
29.03.2019 894
Xabaringiz bor, umumta’lim maktablarida faoliyat yuritayotgan o‘qituvchilarning foydalanishlari uchun turli internet saytlari orqali soxta “PISA testlari” tarqatilganligi haqida xabar bergan edik. Mazkur holatlarni oldini olish va PISA, PIRLS, TIMSS va TALIS xalqaro tadqiqotlari to‘g‘risida tushunchalar berish maqsadida respu...

...
18.07.2018 2741
Joriy yilning 16 iyul kuni podrobno.uz internet saytida Miryakub Haydarovning «Эксперт: малый бизнес, рабочие места и образование, или где Узбекистан пока наступает на старые грабли»​ (https://podrobno.uz/cat/economic/ekspert-malyy-biznes-rabochie-/) nomli maqolasi chop etildi....
HUDUDIY BO’LIMLAR
SAYT XARITASI