O‘ZBЕKISTON RЕSPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI TA’LIM SIFATINI NAZORAT QILISH DAVLAT INSPЕKSIYASI

Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda.

Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda.

Inspeksiya telefoni
998 71 231-07-53 Batafsil
  • JORIY YILDA REYTINGDA QATNASHADIGAN MAKTABLAR RO‘YXATI MA’LUM BO‘LDI
    ...

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xalq ta’limini boshqarish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2018 yil 5 sentyabrdagi PF-5538 sonli farmoni bilan Davlat inspeksiyasiga umumta’lim muassasalari faoliyati samaradorligini baholovchi mezonlar (reyting indikatorlari)ni tasdiqlash, 2019 yil 1 yanvardan boshlab tumanlar va shaharlar kesimida tanlash asosida umumta’lim muassasalari reytingini tuzish, reyting yakunlarini ommaviy axborot vositalarida, Davlat inspeksiyasining veb-saytida keyingi o‘quv yili boshlanishidan kechiktirmay e’lon qilish vazifasi yuklatilgan.

    Ushbu topshiriqlar ijrosi yuzasidan 2019 yil 30 yanvar kuni Davlat inspeksiyasi va Xalq ta’limi vazirligining videoselektr yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda joriy yilda reyting jarayoniga jalb qilinadigan umumta’lim muassasalarini tanlab olish, reytingga oid ma’lumotlar bazasini shakllantirish, ta’lim muassasalarida ijtimoiy so‘rovlar o‘tkazish, nazorat ishlari o‘tkaziladigan fanlar va nazorat turlari belgilab olindi.

    Yig‘ilish qaroriga ko‘ra, joriy yilda quyidagi 3 ta ko‘rsatkichlar (indikatorlar) bo‘yicha maktablar reytingi tuziladi:

    2-ko‘rsatkich: “9-sinf o‘quvchilarining bilim darajasi ko‘rsatkichi”;

    3-ko‘rsatkich: “Oliy va birinchi toifali o‘qituvchilar ulushi”;

    4-ko‘rsatkich: “Ijtimoiy so‘rov natijalari”.

    Keyingi o`quv yilidan boshlab 1-ko`rsatkich (11-sinf bitiruvchilarining ta`lim tayyorgarlik darajasi va sifat ko`rsatkichi)dan ham maktablar reytingida foydalaniladi.

    Reyting jarayonida 9-sinf o‘quvchilari ona tili fanidan diktant (125-140 ta so‘z) va matematika fanidan 1 ta masala va 4 misoldan iborat nazorat  ishi topshiradilar.

    Quyida tuman va shaharlar kesimida umumta’lim muassasalar ro‘yxati bilan batafsil tanishishingiz mumkin.

    Reytingda qatnashadigan maktablar ro`yxati: yuklab olish

    Maktablar reytingi jarayoni haqida ma`lumot: yuklab olish

    O`xshash yangiliklar
...
25.03.2019 343
2019 yil 18 – 23 mart kunlari Fransiya Respublikasi poytaxti Parij shahrida YUNESKO shtab kvartirasida Oliy taʼlim sohasidagi malakalarni tan olish toʻgʻrisidagi Global Konvensiya loyihasining ikkinchi muhokamasiga bagʻishlangan konferensiya oʻtkazildi. Mazkur tadbirda YUNESKOga aʼzo va xalqaro konvensiyalarni ratifikatsiya qilgan 68 ta davlatdan 196 nafar ekspertlar qatorida Va...

...
07.02.2019 346
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish Davlat inspeksiyasining Namangan viloyat hududiy boʻlimi, viloyat xalq taʼlim boshqarmasi bilan hamkorlikda Namangan shahridagi 52-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabida joriy yilning 6 fevralь kuni “Umumtaʼlim muassasalari reytingini aniqlashni samarali tashkil etish hamda PISA xalqaro tadqiq...
HUDUDIY BO’LIMLAR
SAYT XARITASI