O‘ZBЕKISTON RЕSPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI TA’LIM SIFATINI NAZORAT QILISH DAVLAT INSPЕKSIYASI

Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda.

Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda.

Inspeksiya telefoni
998 71 231-07-53 Batafsil
  • KADRLAR MONITORINGI BO‘YICHA YANGI TIZIM ISHGA TUSHDI
    ...

    O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotini ko‘tarishda kadrlarga bo‘lgan real ehtiyojni o‘rganish va uning natijasi asosida kadrlarni maqsadli tayyorlash muhim rol o‘ynaydi. Bugungi kunda birorta mahalliy boshqaruv organlari yoki idora va tashkilotlar joriy yilda qaysi sohada qancha yosh mutaxassis tayyorlanayotganligi va ularning qanchasi qaysi shaharlarda qanday OTMlarni va qanday mutaxassisliklarni tamomlayotganligi haqida aniqroq ma’lumotga ega emas.

    Ushbu muammoning yechimi sifatida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining Uzluksiz ta’lim sifati monitoringi bosh boshqarmasi tomonidan Respublikamizda kadrlar tayyorlash monitoringiga bag‘ishlangan yangi internet sahifa (http://kadr.tdi.uz/ ) ishga tushirildi.

    Davlat inspeksiyasining ushbu internet sahifasida Oliy ta’lim muassasalarining 2017-2018 o‘quv yilidagi bitiruvchilari to‘g‘risidagi statistik ma’lumotlar joylashtirilgan bo‘lib, undan ish beruvchilar, tadbirkorlar, turli davlat boshqaruvi organlari, ta’lim muassasalari va umuman keng jamoatchilik foydalanishlari mumkin. Bu ma’lumotlar har bir viloyat yoki tuman hokimi, turli idora va tashkilotlar, qolaversa keng jamoatchilik uchun kerakli mutaxassisliklar bo‘yicha kadrlarni qidirib topishda qulaylik yaratilishiga va pirovard natijada bitiruvchilarning ish bilan ta’minlanishini tezlashishiga xizmat qilishi mumkin.

    Ayni vaqtda Davlat inspeksiyasida kasb-hunar ta’lim tizimi bitiruvchilari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ham tayyorlash ishlari amalga oshirilmoqda.

    Bundan tashqari http://kadr.tdi.uz/ sahifasi mutaxassislari kelgusida Respublikamizda kadrlarga bo‘lgan real ehtiyojni ham o‘rganib, keng jamoatchilikka qulay bo‘lgan shaklda yoritib borishni rejalashtirmoqda.

    O`xshash yangiliklar
...
29.01.2019 856
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 17 yanvardagi “2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida” PF-5635-sonli farmoninig 23-bandida O&lsquo...

...
21.12.2018 1646
Taʼlim sifatini baholash, xalqaro tadqiqot loyihalarida ishtirok etish, rivojlanish, ilmiy-ijodiy ishlarga qiziquvchi, yuksak marralarga erishishda oʻzini munosib deb bilgan nomzodlar ishga taklif etiladi.  https://drive.google.com/drive/folders/1JOB8mJPiG0nORDhwxGXl8njFRkANU-TF?usp=sha...
HUDUDIY BO’LIMLAR
SAYT XARITASI