O‘ZBЕKISTON RЕSPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI TA’LIM SIFATINI NAZORAT QILISH DAVLAT INSPЕKSIYASI

Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda.

Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda.

Inspeksiya telefoni
998 71 231-07-53 Batafsil
  • ISH BERUVCHILAR SO'ROVNOMASI! KADRLAR SIFATINI FAQAT ISH BERUVCHILAR XOLIS VA TO‘G‘RI BAHOLASHI MUMKIN
    ...

    Mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida ish beruvchilarning roli muhimdir. 2018 yil 24 oktyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan o‘tkazilgan oliy ta’lim sohasini yanada rivojlantirish, kadrlar tayyorlash sifatini oshirish, ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasini kengaytirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilishda ish beruvchilar bilan oliy o‘quv yurtlari o‘rtasida integratsion aloqalarni baholovchi indikatorlarni joriy qilish topshirig‘i berilgan edi. 
    Shu munosabat bilan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan milliy oliy ta’lim muassasalarimiz bitiruvchilarining sifatiga va OTMlarning ish beruvchilar bilan hamkorlik aloqasiga baho berish maqsadida ijtimoiy so‘rov o‘tkazilmoqda. 
    Sizning bergan javoblaringiz Ta’lim inspeksiyasi tomonidan qat’iy sir saqlanadi va uning natijalari faqat umumlashtirilgan holda ishlatiladi. Bizga, muhimi, OTMlarning kadrlar tayyorlash sifati haqida Sizning xolis fikringiz kerak. Shu sababli so‘rovnoma savollariga to‘g‘ri va xolisona javob berishingizni iltimos qilamiz.
    So‘nggi besh yil ichida kadrlar masalasida Sizning idora(tashkilot)ngiz bilan faol aloqada bo‘lib kelayotgan bir nechta OTMlarni tanlab, bitiruvchilarining sifatiga va OTMning ish beruvchilar bilan hamkorligiga baho bering. 
    Hamkorlik uchun oldindan minnatdorchilik bildiramiz!
    So‘rovnomaga quyidagi havola orqali kirishingiz mumkin: https://forms.gle/PUeF28rnpKgqvvis7

    O`xshash yangiliklar
...
31.07.2018 1860
Respublikamiz milliy reyting tizimiga bag‘ishlangan veb portal (reyting.tdi.uz) ishga tushganligini ma’lum qilamiz. Endilikda oliy ta’lim muassasalarining reyting bo‘yicha to‘plagan ballari, 4 ta yo‘nalish, 59 ta raqamli baholash ko‘rsatkichlaridan iborat 23 ta indikator bo‘yicha to&ls...

...
13.09.2018 1252
Ayni vaqtda mazkur yoʻnalishda litsenziya berish jarayoni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 31 maydagi 408-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish boʻyicha nodavlat taʼlim xizmatlari koʻrsatish faoliyatini litsenziyalash tartibi t...
HUDUDIY BO’LIMLAR
SAYT XARITASI