O‘ZBЕKISTON RЕSPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI TA’LIM SIFATINI NAZORAT QILISH DAVLAT INSPЕKSIYASI

Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda.

Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda.

Inspeksiya telefoni
998 71 231-07-53 Batafsil
  • KASB-HUNAR TA’LIMI TIZIMIDA TO‘LOV-KONTRAKT ASOSIDA KADRLAR TAYYORLASHDAGI SHART-SHAROITLAR
    ...

     Bugungi kunda Respublikamiz hududlaridagi 300 dan ortiq kasb-hunar kollejlarida to‘lov-kontrakt asosida o‘qitilayotgan ta’lim muassasalarida har bir kasb bo‘yicha o‘quv-me’yoriy hujjatlar to‘liq ta’minlangan bo‘lsada, ayrim hududlardagi ta’lim muassasalarda ushbu me’yoriy hujjatlarning joriy etilishida to‘liq amal qilinmayotgan holatlari kuzatildi. 

    Jumladan, Samarqand viloyati Tayloq pedagogika kollejida guruh jurnallari yuritilmaganligi, o‘qituvchilar tomonidan ishchi dastur, taqvim mavzu reja, dars rejasi, mavzuga oid ko‘rgazmali qurollar, tarqatma materiallar mavjud emas.  

     Samarqand bank kollejida “Bank ishi” fani bo‘yicha 12 soat dars mobaynida o‘quvchilar deyarli baholanmagan. Dars tugaganiga bir hafta bo‘lgan bo‘lsada, o‘quvchilarga yakuniy baho chiqarilmagan. O‘quv mashg‘ulot jurnalida kamchiliklar ko‘p bo‘lishiga qaramay, jurnal yuritilishi yuzasidan direktor o‘rinbosarlari tomonidan hech qanday munosabat bildirilmagan.  

     Jizzax viloyati Mirzacho‘l agroiqtisodiyot kasb-hunar kollejida  “Psixologiya” fani o‘qituvchisi A.Sh., “Iqtisodiy tahlil” fani o‘qituvchisi N.X.,“Iqtisodiy axborotlarni kompyuterda qayta ishlash” fani o‘qituvchisi A.R.lar tomonidan dars mashg‘ulotlarida foydalaniladigan ishchi o‘quv dasturi, kalendar ish rejasi, kunlik dars ishlanmasi to‘liq shaklda yuritilmagan. Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi 101-102 guruhlarda 50 nafar o‘quvchidan 28 (56%) nafari, “Buxgalteriya hisobi va audit” yo‘nalishi 103-guruhida 12 nafar o‘quvchidan 5 (41,6%) nafari dars mashg‘ulotida qatnashayapti, xolos.

    Jizzax pedagogika kollejidagi “maktabgacha ta’lim” yo‘nalishi 27-17 guruhda 50 nafar o‘quvchidan 25 (50%) nafari dars mashg‘ulotida qatnashmoqda.

     Namangan viloyati, Namangan shahar pedagogika kollejida
     34 nafar o‘quvchilardan 17(50%) nafar, Namangan shahar ijtimoiy-iqtisodiyot va pedagogika kollejida 31 nafar o‘quvchilardan 19(61%) nafari darsda ishtirok etmoqda. O‘qituvchilar  dars jarayonlarini o‘quv me’yoriy hujjatlarsiz tashkil etmoqda. O‘qituvchining dars o‘tayotgan fani bo‘yicha ishchi o‘quv dasturi, taqvimiy mavzu rejasi va dars konspektlari mavjud emas.

    Namangan madaniyat kollejida to‘lov-kontrakt asosida qabul qilingan guruhlarda o‘quv jarayonlarining sifati, o‘quv me’yoriy hujjatlarning yuritilishi, o‘quvchilarning darslardagi ishtiroki holati o‘rganilganda, joriy yilning 24 va 27-sentyabr kunlari kollej rahbariyati tomonidan tasdiqlangan dars jadvali bo‘yicha to‘lov-kontrakt guruhlariga o‘quv jarayonlari tashkil etilmaganligi aniqlandi. O‘rganish kunlari dars jadvali bo‘yicha o‘tilishi lozim bo‘lgan 2- va 3-juftlik darslari to‘lov-kontrakt asosida qabul qilingan guruhlarda tashkil etilmagan.

     Qashqadaryo viloyati, Muborak tibbiyot kollejida 2016/2017-o‘quv yilida 187 nafar o‘quvchilar 2 ta kasb bo‘yicha qabul qilingan bo‘lib, kollej direktorining 2017 yil 25 martdagi 5-sonli buyrug‘i asosida ushbu kundan o‘quv jarayoni boshlangan. Kasb-hunar ta’limi Markazi tomonidan tasdiqlangan “O‘quv reja”ga muvofiq o‘qish muddati 1 yilu 6 oyga rejalashtirilgan, lekin kollej rahbariyati tomonidan o‘qish muddati 1 yilu 3 oy davom ettirilgan. Bu holat bo‘yicha tig‘izlashtirilgan ishchi o‘quv reja, o‘quv jarayoni grafigi va boshqa birorta o‘quv-me’yoriy hujjatlar shakllantirilmagan.

      Shahrisabz pedagogika turizm kollejida “Maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyachisi” kasbi bo‘yicha 3 ta guruhga 93 nafar o‘quvchi qabul qilingan bo‘lib, 2018 yil 30 iyundagi №60-O‘-sonli buyrug‘i bilan 94 nafar o‘quvchi kursdan-kursga, ya’ni 1-kursdan 2-kursga o‘tkazilgan. Qabul buyrug‘ida  mavjud bo‘lmagan, o‘qishini tiklaganligi yoki ko‘chirib kelganligi to‘g‘risidagi hujjatlari mavjud bo‘lmagan Yu.S. 2.3-guruh o‘quvchilari safida paydo bo‘lib, 1-kursdan 2-kursga ko‘chirilgan.

       Ayrim hududlarda, jumladan Jizzax viloyati, Jizzax pedagogika kollejida to‘lov-shartnoma guruhlarda “Maktabgacha ta’lim” yo‘nalishi
    28-17-guruhining 50 nafar o‘quvchisidan 32 (64%) nafari uchun 26-sonli maktabgacha ta’lim muassasasi bilan ishlab chiqarish amaliyoti o‘tashlari uchun shartnoma tuzilgan. Guruhning qolgan 18 nafar (36%) o‘quvchisi va 27-17-guruh 50 (100%) nafar o‘quvchilarining barchasi uchun ishlab chiqarish amaliyotini o‘tashlari uchun  maktabgacha ta’lim muassasalari bilan shartnomalar imzolanmagan.

    Ta’lim muassasalardagi guruhlarni shakllantirishda belgilangan me’yorlarga amal qilinmaganlik holatlari ham qayd qilindi. Jumladan, me’yorga asosan bir guruhda 30 nafar o‘quvchi belgilangan bo‘lsada, Jizzax tibbiyot kollejidagi to‘lov kontrakt asosidagi guruhlar tashkil etish jarayonida guruhda 50 nafar o‘quvchi noto‘g‘ri tarzda qamrab olinishiga yo‘l qo‘yilgan.    

    O‘quvchilarni kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirishda korxonalarda tashkil etilgan ishlab chiqarish amaliyotlari asosiy omillardan biri bo‘lsada ushbu jarayonga ham to‘liq amal qilinmayapti. Masalan, Qashqadaryo viloyati, Muborak sanoat kasb-hunar kollejida ishlab chiqarish amaliyotlarini o‘tash uchun korxona va tashkilotlar bilan shartnomalar tuzilmagan.

    Shunday holatlar Kitob iqtisodiyot va xizmat ko‘rsatish kasb-hunar kollejida ham kuzatildi.   Ya’ni, ta’lim muassasasining 1-MT va 3-MT guruhlariga amaliyot o‘tash uchun tuzilgan shartnomalar asosida  Kitob tumanidagi 5 va 7 maktabgacha ta’lim muassasalarida pedagogik amaliyot belgilangan bo‘lsada, amalda  o‘tkazilmayotganligi qayd etildi.   

    Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, 2017-2018 o‘quv yilida to‘lov-shartnoma asosida o‘qish istagini bildirgan 30049 nafar o‘quvchilar   o‘qishga qabul qilingan. Ushbu ko‘rsatkich sohalar bo‘yicha tahlil qilinganda, sog‘liqni saqlash sohasiga 16878 (56,2%) nafar, ta’lim sohasiga 7099 (23,6%) nafar mutaxassislar tayyorlanadigan bo‘lsa, talab yuqori bo‘lgan yengil sanoat sohasiga 128 (0,4%) nafar, qurilish va kommunal xo‘jaligi sohasiga 171(0,6%) nafar, axborot texnologiyalari va aloqa sohasiga 202 (0,7%) nafar mutaxassislar tayyorlanmoqda, xolos.

     

     O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi

     muassasalarini attestatsiyadan

     o’tkazish bo’limi

    O`xshash yangiliklar
...
26.01.2018 1995
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan mamlakatimiz oliy ta’lim muassasalari reytingini aniqlash indikatorlari ishlab chiqild...

...
06.09.2018 960
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 25 iyuldagi 283-son qaroriga asosan Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujatlarni tan olish va nostrifikatsiyalash (ekvivalentligini qayd etish) bo‘yicha fuqarolardan arizalar qabul qilib kelgan. O‘zbekiston Respublikasi P...
HUDUDIY BO’LIMLAR
SAYT XARITASI