O‘ZBЕKISTON RЕSPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI TA’LIM SIFATINI NAZORAT QILISH DAVLAT INSPЕKSIYASI

Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda.

Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda.

Inspeksiya telefoni
998 71 231-07-53 Batafsil
  • Koreya Xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) bilan O‘zbekistonda kasb-hunar ta’limini rivojlantirish yuzasidan Davlat inspeksiyasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi
    ...

     

    Oʻzbekistonda taʼlim sohasini yanada rivojlantirish yuzasidan Koreya Respublikasi bilan uzoq yillardan buyon hamkorlik qilib kelinayotganligini va bu hamkorlikni yanada kengaytirish boʻyicha, ayniqsa yoshlarni kasb-hunarga oʻrgatish yoki ularni kasbga qayta tayyorlash boʻyicha Toshkent, Samarqand va Shahrisabz shaharlarida markazlar tashkil etilganligi, bu, yoshlarni va katta yoshdagilarni, shuningdek, vaqtincha ishsizlarni kasb-hunarga qayta oʻqitish imkoniyatlarini yanada kengaytiradi.

    Vazirlar Mahkamasi huzuridagi taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasiga 2019 yil 11 yanvar kuni Oʻzbekistondagi Koreya Xalqaro hamkorlik agentligi(KOICA) direktor oʻrinbosari SongI Xan boshchiligida Koreya Respublikasidan ekspertlar tashrif buyurishdi. Uchrashuvda Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻi U.Tashkenbaev va davlat inspeksiyasi xodimlari ishtirok etishdi.Delegatsiyaning tashrifi davomida Urganch shahrida Koreya Xalqaro hamkorlik agentligi(KOICA) grant mablagʻi hisobiga 240 oʻrinli 5 ta tayyorlov yoʻnalishida ishsizlarni kasb-hunarga oʻqitish markazi tashkil etilishi bilan bogʻliq boʻlgan masalalar muhokama qilindi.Shuningdek, kasb-hunarga oʻqitish markazlari, shu jumladan Urganch shahrida tashkil etiladigan markaz faoliyatini yanada takomillashtirish maqsadida davlat inspeksiyasi boshligʻi U.Tashkenbaev bir qator takliflarni aytib oʻtdi. Jumladan:

    -Koreya Respublikasi delegatsiyasi tomonidan taklif etilayotgan5 ta yoʻnalish boʻyicha qisqa muddatli kurslardan tashqari, ushbu tashkil etiladigan markazda kadrlar tayyorlanishi rejalashtirilayotgan kasblar diapazonini yanada kengaytirish;

    -taʼlim standartlari va oʻquv dasturlarini mazmunan ekspertizadan oʻtkazish masalalari;

    -markazda nafaqat taʼlim muassasalarining pedagog xodimlarini, balki, ishlab chiqarish korxona va tashkilotlarning ishchi xodimlarini ham qisqa muddatli malaka oshirish kurslarini tashkil etish;

    -markazda oʻquv jarayonlarini tashkil etishda xorijiy tajribalarni oʻrgangan holda oʻqitishning zamonaviy metodikalarini joriy etish kabi takliflarni bildirdi.

    Delegatsiya tomonidan yuqorida bildirilgan takliflarga asosan markazlarda sifatli taʼlim berish imkoniyatlarini yanada kengaytirish yuzasidan doimiy ravishda hamkorlik qilish rejalashtirildi. Shuningdek, Urganch shahrida tashkil etilishi rejalashtirilayotgan kasb-hunarga oʻqitish markazini qoʻllab-quvvatlagan holda Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi Koreya Xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) bilan Oʻzbekistonda kasb-hunar taʼlimi tizimini rivojlantirish yuzasidan doimiy ravishda hamkorlik qilishini bildirdi.

    Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarini attestatsiyadan oʻtkazish boʻlimi

    O`xshash yangiliklar
...
04.02.2019 762
Xabaringiz bor, hududlarda umumiy oʻrta taʼlim maktablarining 10- va 11-sinf oʻquvchilari uchun umumtaʼlim maktablari va kasb-hunar kollejlari bazasida tashkil etilgan “Oʻquv ishlab chiqarish majmualari” faoliyati oʻrganilmoqda. Hususan, Qoraqalpogʻiston Respublikasida ishchi guruh tomonidan kollejlar va maktablar bazasida faoliyati yoʻlga qoʻyilgan “Oʻquv ishlab chiqarish maj...

...
20.12.2018 1478
Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi Respublika OTMlarini kelgusida dunyo universitetlari reytingi roʻyxatiga kirishiga koʻmaklashish maqsadida olib borayotgan xalqaro hamkorlik ishlarini davom ettirmoqda. Jumladan, 2018 yil 19 dekabr kuni Davlat inspeksiyasida THE agentligining Rossiya va MDH davlatlari boʻyicha mintaqaviy direktori Yegor Yablokov bilan Uzluksiz taʼlim ...
HUDUDIY BO’LIMLAR
SAYT XARITASI