O‘ZBЕKISTON RЕSPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI TA’LIM SIFATINI NAZORAT QILISH DAVLAT INSPЕKSIYASI

Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda.

Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda.

Inspeksiya telefoni
998 71 231-07-53 Batafsil
  • Maktablar reytingida soxtalashtirishlar kuzatilgani sabab natijalar qayta tekshirib chiqilgan
    ...

    Xabaringiz bor, 30-avgust kuni ilk bor respublikamizdagi umumtaʼlim maktablari reytingi eʼlon qilindi.

    Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari Aziz Abduhakimov boshchiligida oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida maktablar reytingini aniqlash jarayonida uchragan soxtalashtirish holatlari haqida maʼlumot berildi.


    Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi bosh boshqarma boshligʻi Ayubxon Radjiyev taʼlim muassasalari reytingining asosiy maqsadlaridan biri - oʻquvchilar bilimini baholash xalqaro dasturlarida mamlakatimizning ijobiy ishtirokini taʼminlashga tayyorlash ekanligini taʼkidlar ekan, reyting natijalarini obyektivligi va shaffofligini taʼminlash Taʼlim inspeksiyasi oldidagi eng muhim vazifa ekanligi maʼlum qildi.

    A.Radjiyev tomonidan ushbu muhim vazifani ijrosini taʼminlash jarayonida aniqlangan ayrim noxolis holatlar keltirib oʻtildi.

     

    Ishchi guruhlar tomonidan joylarda oʻtkazilgan nazorat ishlari vaqtida matematika fan uchun berilgan savollar kitobini soxtalashtirish (nusxalash) hamda shtrix ishlatish holati aniqlangan, bular: Qashqadaryoda 2 ta maktabda, Jizzaxda 1 ta maktabda va Namanganda 1 ta maktabda aniqlangan.

    Bundan tashqari, Qashqadaryoda 6 ta, Fargʻonada 6 ta, Navoiyda 5 ta, Surxondaryoda 5 ta, Namanganda 4 ta, Buxoroda 3 ta, Xorazmda 3 ta va Andijonda 1 ta holatda nazorat ishi oʻtkazilayotgan sinfga oʻquvchining oʻrniga boshqa oʻquvchi yashirincha kiritilganligi maʼlum boʻlgan.

    Oliy taʼlim muassasalaridan va ular qoshidagi Akademik litseylardan ona tili oʻqituvchilarini 9-sinf oʻquvchilari bilan diktant yozdirishga va tekshirishga jalb qilingan. Ayrim viloyatlarda diktant materiallarini noxolis tekshirilganligi oqibatida oʻquvchilarning oʻzlashtirish (10-20%) va sifat (15-25%) koʻrsatkichlari sunʼiy ravishda oshib ketganligi aniqlandi.

    Jumladan, Xorazmda 21,6/24,6 foiz, Fargʻonada 17,7/22,7 foiz,Andijonda 14,5/18,4 foiz, Toshkent shahrida 13,8/15,4 foiz, Navoiyda 11,2/14 foiz noxolis baholashlar qayd etilgan.

    Buning oqibatida reytingda qatnashgan barcha 956 ta maktablarga tegishli nazorat ishlari Davlat inspeksiyasida qaytadan tekshirib chiqildi.

    Yigʻilishda Oʻzbekiston 2021-yilda Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (OECD)ning taʼlim sifatini baholash boʻyicha PISA (15-16 yoshli oʻquvchilar bilimini baholash boʻyicha xalqaro dastur) xalqaro tadqiqotlarida ishtirok etishi taʼkidlanib, yuqoridagi kabi noxush holatlar ushbu sinovlar jarayonida ham kuzatilsa mamlakatimiz ulardan chetlashtirilishi maʼlum qilindi.

    Yakunda hududiy xalq taʼlimi boshqarmalari rahbarlari va umumtaʼlim maktab direktorlariga kelgusida bu kabi holatlarga yoʻl qoʻymaslik hamda maktablardagi mavjud kamchiliklari soxtalashtirish orqali emas, balkim taʼlim sifatini oshirish yoʻli bilan hal qilish vazifasi topshirildi.

    Vazirlar Mahkamasi huzuridagi

    Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi

    Matbuot xizmati

    O`xshash yangiliklar
...
13.09.2018 1310
Ayni vaqtda mazkur yoʻnalishda litsenziya berish jarayoni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 31 maydagi 408-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish boʻyicha nodavlat taʼlim xizmatlari koʻrsatish faoliyatini litsenziyalash tartibi t...

...
05.09.2019 909
Bugun, 5-sentyabr kuni poytaxtimizdagi “Miran International Hotel Tashkent” mehmonxonasida Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi xamda BMT Bolalar jamgʻarmasi - YUNISEFning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi bilan hamkorlikda “Taʼlim sifatini taʼminlash va baholash: Xalqaro yondashuvlar va Oʻzbekiston tajribasi” mavzusida seminar oʻtkazildi. ...
HUDUDIY BO’LIMLAR
SAYT XARITASI