O‘ZBЕKISTON RЕSPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI TA’LIM SIFATINI NAZORAT QILISH DAVLAT INSPЕKSIYASI

Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda.

Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda.

Inspeksiya telefoni
998 71 231-07-53 Batafsil
  • Mental arifmetika bilimdonlari taqdirlandi
    ...

    Qozogʻistonda mental arifmetika boʻyicha II xalqaro olimpiada boʻlib oʻtdi. Unda ishtirok etgan yurtimiz jamoasi 11 ta davlat vakillari orasida 3-oʻrinni egalladi.

    Musobaqada Sirdaryo viloyati Yangiyer shahridagi 
    6-maktab oʻquvchilari Shahzod Halimjonov (1-sinf), Valerik Zaxaryan (2-sinf), Ehromjon Bahromov (6-sinf), shuningdek, Guliston shahridagi 7-maktabning 6-sinf oʻquvchisi Firdavs Majidov, 2-maktabning 3-sinf oʻquvchisi Diyora Ruzanova va eng yosh ishtirokchi, Guliston shahridagi “Qaldirgʻoch” nomli nodavlat MTM tarbiyalanuvchisi Muhammadali Hasanov yurtimiz sharafini himoya qildi.

    — Ishtirokchilarning bilimi, qobiliyatini aniqlash maqsadida ularga 25 daqiqa ichida yechish uchun sonli va belgili hisob formulalari berildi,— deydi jamoa murabbiyi, Yangiyer shahridagi 6-maktabning boshlangʻich taʼlim oʻqituvchisi Zuhra Sanginova. — Shuningdek, abak yordamida koʻrsatilgan turli elementlarni ketma-ketlikni saqlagan holda sanab berish vazifasi berildi. Taʼkidlash joizki, mental arifmetika miya yarimsharlarini baravar ishlatish, bolaning qisqa vaqt ichida berilgan maʼlumotni yodlab qolish, mantiqiy fikrlashga oʻrgatish, matn oʻqish tezligini oshirish va mnemotexnikani yanada takomillashtirishda qoʻl keladi. Taʼlim muassasamizda tashkil etilgan “Mental arifmetika” toʻgaragi mashgʻulotlarida oʻquvchilarning darsda diqqat-eʼtiborini jamlash koʻnikmasi hamda xotirasini mustahkamlashga erishyapmiz.

    Xalqaro olimpiada gʻoliblariga viloyat xalq taʼlimi boshqarmasi, hokimlik va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi hududiy boʻlimi tomonidan diplom va esdalik sovgʻalari berildi.


    Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiya Sirdaryo vilayati hududiy bo`limi.

    O`xshash yangiliklar
...
24.04.2018 1347
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta`lim sifati nazorat qilish davlat inspektsiyasi, O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi va “Taraqqiyot strategiyasi” markazi hamkorligida “Ta’lim to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunining yangi tahrirdagi loyihasi muhokama qilindi. Mutasaddi vazirlik va idoralar vakill...

...
05.02.2019 118
Joriy yil 4 fevral kuni Guliston tumanida xalq ta’limi bo‘limi tasarrufidagi umumiy o‘rta ta’lim maktablari uchun navbatdagi sayyor qabul bo‘lib o‘tdi. Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 7 maydagi “Davlat organlarida, davlat muassasalarida va davlat ishtirokidagi tashkilotlarda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi to‘g&...
HUDUDIY BO’LIMLAR
SAYT XARITASI