O‘ZBЕKISTON RЕSPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI TA’LIM SIFATINI NAZORAT QILISH DAVLAT INSPЕKSIYASI

Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda.

Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda.

Inspeksiya telefoni
998 71 231-07-53 Batafsil
  • NAMANGAN SHAHRIDAGI NODAVLAT MAKTABGACHA TA’LIM MUASSASALARI UCHUN O‘QUV-AMALIY SEMINAR O‘TKAZILDI
    ...

    O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish Davlat inspeksiyasining Namangan viloyati bo‘limi, viloyat Maktabgacha ta’lim Boshqarmasi bilan hamkorlikda Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 27 martdagi 241-sonli “Nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatish sohasidagi faoliyatni litsenziyalash tartibini takomillashtirish to‘g‘risi”dagi Qarorida belgilangan vazifalarni nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasini tashkil etish istagini bildirayotgan tadbirkorlarga tushuntirish va “Ilk qadam” o‘quv dasturi asosida ta’lim-tarbiya jarayonlarini tashkil etish bo‘yicha o‘quv-amaliy seminar tashkil etildi.

    O‘quv-amaliy seminarda viloyat Maktabgacha ta’lim boshqarmasi davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalar faoliyatini yo‘lga qo‘yish sho‘ba mudiri N.Qambarova, metodistlar D.Muxitdinov, Z.Ergashev, viloyat Ta’lim sifatini  nazorat qilish Davlat inspeksiyasi mutaxassislari B.Nasritdinov va E.Qayumovlar, Namangan shahar maktabgacha ta’lim bo‘limi mudiri R.Atamirzaev, mudir o‘rinbosari F.Paxritdinov, davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalar sho‘ba mudiri M.Yulchibaeva, metodist G.Xanafiyaeva hamda 43 ta davlat-xususiy sherikchilik asosidagi nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari, oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari va xususiy maktabgacha ta’lim muassasa rahbarlari hamda nodavlat ta’lim muassasasini ochish istagini bildirayotgan tadbirkorlar ishtirok etdilar.R.Atamirzaev kirish so‘zida Namangan shahrida faoliyat olib borayotgan nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalarining faoliyatlarini tashkil etilishi va ularda ta’lim-tarbiya jarayonlari haqida aytib o‘tdi.

    O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 27 martdagi “Nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatish sohasidagi faoliyatni litsenziyalash tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi 241-sonli Qarorida belgilangan vazifalar va talablar bilan B.Nasritdinov tanishtirib, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning qobiliyatli va iqtidorli farzandlarini tanlov asosida muassasadagi jami tarbiyalanuvchilar, o‘quvchilar umumiy sonining 10 foizidan kam bo‘lmagan miqdorda bepul ta’lim-tarbiya berilishi lozimligi to‘g‘risida tushunchalar berdi.

    Viloyat maktabgacha ta’lim boshqarmasi sho‘ba mudiri N.Qambarova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 30 sentyabrdagi “Maktabgacha ta’lim tizimini boshqaruvini tubdan takomillashtirish to‘g‘risi”dagi PQ-3955-sonli Qarorning mazmun mohiyatini, nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalarining tarbiyalanuvchilari va pedagoglari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni “OpenEMIS” dasturiga  kiritish hamda ma’lumotlarni doimiy tizimda yangilab borish bo‘yicha amaliy tushunchalar berdi.

    Namangan shahridagi “Shirintoy gulg‘unchalar” nomli nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi mudirasi Q.Axmadjanova “Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yilgan davlat talablari” hamda “Ilk qadam” maktabgacha ta’lim muassasalarining davlat o‘quv dasturi asosida nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalarida ta’lim-tarbiya jarayonlarini tashkil etish bo‘yicha takdimotini o‘tkazdi va batafsil tushunchalar berdi. Seminar savol-javob va muzokaralarga boy tarzda o‘tkazildi. Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari mudiralari tomonidan berilgan takliflarga asosan kelgusida bu kabi o‘quv-amaliy seminarlarni tizimli ravishda tashkil etilishi rejalashtirildi.

     

     

    Ta’lim sifatini nazorat qilish Davlat inspeksiyasi

    Namangan viloyati hududiy bo‘limi

    O`xshash yangiliklar
...
19.06.2018 1219
Joriy yilning 18 iyun kuni Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi uzluksiz ta’lim sifati monitoringi boshqarmasi boshlig‘i A.Radjiyev boshchiligida A.Alimov, A.Mahmudov, U.Abdukarimovlar hamda Jahon bankining ta’lim bo‘yicha bosh mutaxassisi janob Janssen Edelweiss Teixeira bilan videouchrashuv bo‘lib o‘tdi. Ushbu videouchrashuvnin...

...
04.07.2018 1875
Tanlovda qatnashish istagi bo‘lgan, yuqori malaka va toifaga ega, umumta’lim yoki maxsus fanlar bo‘yicha o‘zining bilim va iqtidorini namoyon eta olgan pedagog-kadrlar 2018 yilning 20 iyul sanasiga qadar http://expert.tdi.uz/ tizimi orqali ro‘yxatdan o‘tishlari lozim bo‘ladi. Ekspertlarning yakuniy...
HUDUDIY BO’LIMLAR
SAYT XARITASI