O‘ZBЕKISTON RЕSPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI TA’LIM SIFATINI NAZORAT QILISH DAVLAT INSPЕKSIYASI

Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda.

Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda.

Inspeksiya telefoni
998 71 231-07-53 Batafsil
  • Navbatdagi sayyor qabul Pop tumanida
    ...

    O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 7 maydagi “Davlat organlarida, davlat muassasalarida va davlat ishtirokidagi tashkilotlarda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi to‘g‘risidagi namunaviy nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining Namangan viloyat hududiy bo‘limi tomonidan Pop tumanida jismoniy va yuridik shaxslar uchun navbatdagi sayyor qabul tashkil etildi.

    Sayyor qabulga tuman xalq ta’limi, maktabgacha va kasb-hunar ta’limi muassasalari rahbarlari, Davlat xizmatlari agentligi Pop tumani bo‘limi mas’ullari, nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatish sohasida faoliyat yuritishni rejalashtirilgan tadbirkorlar, ta’lim hujjatlarini nostrifikatsiya qilish istagida bo‘lgan fuqarolar hamda hududda faoliyat ko‘rsatayotgan pedagoglar taklif etildi.

    Sayyor qabul davomida jismoniy va yuridik shaxslarning nodavlat ta’lim muassasalari faoliyatini litsenziyalash, xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni nostrifikatsiya qilish, pedagog kadrlarni navbatdagi va navbatdan tashqari attestatsiyaga jalb qilish, ta’lim muassasalarini attestatsiyadan o‘tkazish va akkreditatsiyalash, umumiy o‘rta ta’lim maktablari reytingini aniqlash, umumta’lim muassasalarida PISA xalqaro tadqiqotlarni o‘tkazishiga tayyorgarlik ko‘rish borasidagi savollarga atroflicha javoblar berildi.

    Namangan viloyatida sayyor qabul tadbirlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘i tomonidan tasdiqlangan “Jismoniy shaxslar va yuridik shaxslar vakillarini sayyor qabul qilish rejasi” asosida davom ettiriladi.

    O`xshash yangiliklar
...
13.04.2018 1609
Joriy yilning 27 mart kuni qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatish sohasidagi faoliyatni litsenziyalash tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi 241-sonli qarori barcha sohalar qatorida respublikamizda ta’lim sohasini zamon talablari asosida yanada takomillashtirish borasida olib bori...

...
26.11.2018 489
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 7 apreldagi 107-son qarori bilan tasdiqlangan “Maktabgacha, umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, kasb-hunar va maktabdan tashqari davlat taʼlim muassasalari pedagog kadrlarini attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom” Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2016 yil 21 dekabrda 2849-raqami bilan roʻyxatdan oʻtk...
HUDUDIY BO’LIMLAR
SAYT XARITASI