O‘ZBЕKISTON RЕSPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI TA’LIM SIFATINI NAZORAT QILISH DAVLAT INSPЕKSIYASI

Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda.

Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda.

Inspeksiya telefoni
998 71 231-07-53 Batafsil
  • Noqonuniy faoliyat olib borayotgan nodavlat ta'lim muassasasi faoliyati to'xtatildi
    ...

    Mamlakatimizda taʼlim sohasida xususiy sektor salmogʻini oshirish borasida qator ishlar amalga oshirilmoqda, xususan soʻnggi yillar ichida nodavlat taʼlim tashkilotlarini ochish, ularga litsenziya berish borasida qator yengilliklar joriy qilindi.

    Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 27 martdagi 241-sonli qaroriga asosan litsenziya berish jarayoni hududlarda, “Yagona darcha” tamoyili boʻyicha, Davlat xizmatlari agentliklari orqali tashkil etildi. Bundan tashqari, ariza bilan topshiriladigan hujjatlar soni 4 taga qisqardi, yangi qarorga muvofiq litsenziya berish muddati 10 kun ichida rasmiylashtirilishi zarurligi belgilandi.

    Biroq, shunday sharoitlar yaratilishiga qaramasdan, ayrim tadbirkorlar tomonidan litsenziya olmasdan faoliyat olib borish jarayonlari kuzatilmoqda. Xususan, Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi va huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan Namangan viloyatida olib borilgan oʻrganishlar davomida, “Ziyo ilm” nodavlat taʼlim muassasasi noqonuniy faoliyat olib borayotganligi aniqlandi. Ushbu nodavlat taʼlim muassasasi litsenziya olmasdan, litsenziyani qalbakilashtirgan holda faoliyat olib borayotganligi aniqlanib, uning faoliyatiga chek qoʻyildi.

    Hurmatli tadbirkorlar, nodavlat taʼlim xizmatlarini koʻrsatish sohasida Sizlarga berilayotgan imkoniyatlardan foydalanishni va faoliyatingizni qonuniy olib borishni soʻraymiz, aks holda, litsenziyasiz faoliyat olib borayotgan tashkilotlarga nisbatan qonun doirasida choralar koʻrilishini eslatib oʻtamiz.

    O`xshash yangiliklar
...
05.09.2018 1003
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devonining topshirigʻiga asosan, Xalq taʼlimi muassasalarini yangi 2018-2019 oʻquv yiliga tayyorlash boʻyicha “Harakat dasturi”da belgilangan vazifalarning bajarilishini nazorat qilish maqsadida Davlat inspeksiyasi va uning hududiy boʻlimlarida shtablar tashkil etilib, Harakat dasturining ijrosini nazorat qilish mexanizmi ishlab chiqildi. ...

...
12.11.2018 824
Rossiya Federatsiyasi va Oʻzbekiston Respublikasi oʻrtasidagi fan va taʼlim sohasidagi aloqalarni yanada kengaytirish masalalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2018 yil 24 oktyabr kuni oliy taʼlim sohasini yanada rivojlantirish, kadrlar tayyorlash sifatini oshirish, ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasini kengaytirish masalalariga bagʻishlangan yigʻilis...
HUDUDIY BO’LIMLAR
SAYT XARITASI