O‘ZBЕKISTON RЕSPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI TA’LIM SIFATINI NAZORAT QILISH DAVLAT INSPЕKSIYASI

Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda.

Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda.

Inspeksiya telefoni
998 71 231-07-53 Batafsil
  • Oliy ta’lim muassasalari reytingini aniqlashga doir test sinovlari o‘tkazildi
    ...

    O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘ining 2019 yil 16 maydagi 37 x/s-sonli buyrug‘i asosida Oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari “Xorijiy til” va “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari” fanlaridan, yuqori bosqich talabalari mutaxassislik fanlaridan test sinovlariga jalb qilindi.

    Ushbu jarayonning joylarda shaffof o‘tkazilishi uchun, Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan tuzilgan ishchi guruhlar uch hafta davomida joylarda faoliyat olib bordilar.

    Test sinovlari onlayn tarzda (masofadan turib real vaqt rejimida) tashkil qilinib, joriy yilning 27 may - 4 iyun kunlari viloyatlarda va 7 - 14 iyun kunlari Toshkent shahridagi oliy ta’lim muassasalarida bo‘lib o‘tdi.

    27 may - 4 iyun kunlari jami 46 ta hududiy OTMlardan test topshirishga jalb qilingan 15922 nafar professor-o‘qituvchilarning 15122 nafari (95%) va 3735 nafar talabalarning 3707 nafari (99.3%) test sinovlarida ishtirok etdilar.

    7 - 14 iyun kunlari Toshkent shahridagi 29 ta OTMlardan jalb qilingan 10760 nafar professor-o‘qituvchilarning 10086 nafari (93,7%) va 2632 nafar talabalarning 2587 nafari (98,3%) test sinovlarida ishtirok etdilar.

    Barcha jarayonlar onlayn (masofadan turib real vaqt rejimida) tarzda o‘tkazildi, test topshiruvchi professor-o‘qituvchi va talabalar imtihon natijalarini test sinovi yakunida kompyuterda ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

    Hozirgi vaqtda o‘tkazilgan nazorat ishlari va so‘rovnoma natijalari tahlil qilinmoqda. Jarayon yakunlangandan so‘ng OTMlar reyting ko‘rsatkichlariga qo‘shiladi.

    O`xshash yangiliklar
...
20.05.2019 470
Vazirlar Mahkamasining huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi va  Madaniyat vazirligining 2019 yil 19 apreldagi “Bolalar musiqa va san'at maktablari, ixtisoslashtirilgan san'at va madaniyat maktablari hamda maktab internatlarning pedagog kadrlari hamda konsertmeysterlarini attestatsiyadan o’tkazish to’g’risida”gi qo’s...

...
02.02.2018 2815
Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanidagi fuqaro Bobomurotov Ne’matullo Asatulloyevich, Tojikiston davlat universitetida tahsil olgan, 2006 yilda o‘rnatilgan tartibda diplomini nostrifikatsiya qilish maqsadida ekspert komissiya sinovlarida ishtirok etib, dastlab testdan, keyin esa suhbatdan muvaffaqiyatli o‘tgan. Biroq, ushbu sinovlarning nat...
HUDUDIY BO’LIMLAR
SAYT XARITASI