O‘ZBЕKISTON RЕSPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI TA’LIM SIFATINI NAZORAT QILISH DAVLAT INSPЕKSIYASI

Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda.

Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda.

Inspeksiya telefoni
998 71 231-07-53 Batafsil
  • “Oliy taʼlim muassasalarida sifatni taʼminlashning ichki tizimini rivojlantirish” mavzusida xalqaro sеminar oʻtkazildi.
    ...

    XXI asrda dunyo hamjamiyatida globallashuv jarayoni tez surʼatlarda rivojlanib borayotgan va barcha sohalarni qamrab olayotgan bir davrda boshqa yoʻnalishlar qatorida taʼlim sohasida sifatni oshirish va uni yangi pogʻonaga koʻtarish masalasi dolzarb vazifalardan biri boʻlib qolmoqda. Maʼlumki, taʼlim sifatining zaminida har tomonlama bilimli, dunyoda sodir boʻlayotgan hamda roʻy berayotgan oʻzgarishlarga tez moslasha oladigan va bu jarayonlarga tegishli munosabat bildira oladigan kadrlarni tayyorlash masalasi yotadi. Taʼlim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning maqsadi asosan taʼlimning sifatiga, yaʼni taʼlim muassasalarida sifatni taʼminlashning ichki tizimini rivojlantirishga qaratilganligi bilan ham ahamiyatlidir.

    Shu munosabat bilan Oʻzbekistondagi Erasmus+ Milliy ofisi taklifiga binoan joriy yilning 6-7 mart kunlari Olmota shahrida Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston va Oʻzbekiston Respublikalari vakillari xususan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish Davlat inspeksiyasining “Oliy, oliy oʻquv yurtidan keyingi taʼlim muassasalarini attestatsiyadan oʻtkazish boʻlimi” bosh mutaxassisi, yuridik fanlar nomzodi, dotsent N. Saburov hamda xalqaro ekspertlar jumladan Tia Lukolla, Lyusyen Bollayert – Yevropa universitetlari assosiatsiyasi(EUA) vakillarining ishtirokida “Oliy taʼlim muassasalarida sifatni taʼminlashning ichki tizimini rivojlantirish” mavzusidagi xalqaro seminar boʻlib oʻtdi. Seminar faoliyati davomida xalqaro ekspertlar va ishtirokchilarning ushbu masalaga bagʻishlangan maʼruzalari tinglandi, taqdimotlari namoyish etildi. Ikki kun davom etgan mazkur seminarda kun tartibidagi masala boʻyicha Yevropa Ittifoqi davlatlari va Oʻrta Osiyo Respublikalari universitetlaridagi holat, ilgʻor tajriba hamda taʼlim sifatini taʼminlashning tashqi va ichki tizimini takomillashtirishga taʼsir etuvchi omillar, taʼlim sifatini nazorat qilishdan bosqichma-bosqich uni taʼminlashga oʻtish lozimligi, xalqaro yondashuvlarni qoʻllashga sharoitlar yaratish, shuningdek bu borada xalqaro hamkorlik ishlarini yanada kengaytirish maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisida fikrlar almashinildi.

    Ushbu xalqaro seminar davomida olingan maʼlumotlar va tajribalardan oliy taʼlim muassasalarini attestatsiyadan oʻtkazish va akkreditatsiyalashga oid koʻrsatkich va baholash mezonlarini takomillashtirishda, tegishli uslubiy koʻrsatmalarni ishlab chiqishda bevosita foydalanish mumkin.

    O`xshash yangiliklar
...
22.05.2018 2153
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 29 dekabrdagi “Respublika oliy ta’lim muassasalari reytingini baholash tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 371-sonli qarori ijrosi yuzasidan oliy ta’lim muassasasining bitiruvchi talabalarini mutaxassislik fanlari bо‘yicha bilim darajasini aniqlashga oid test sinovlari grafi...

...
04.01.2019 396
Bugungi rivojlanib borayotgan zamonda avtotransport vositalariga bo‘lgan ehtiyoj kundan kunga ortib bormoqda. Bu ehtiyojning ortib borishi transport vositalari haydovchilaridan yuqori tajriba va malakani talab qiladi. Shu sababdan bugungi kunning dolzarb masalalaridan biri yuqori malakali xaydovchilarni tayyorlash, qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirishdir. Bu borada O‘...
HUDUDIY BO’LIMLAR
SAYT XARITASI