O‘ZBЕKISTON RЕSPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI TA’LIM SIFATINI NAZORAT QILISH DAVLAT INSPЕKSIYASI

Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda.

Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda.

Inspeksiya telefoni
998 71 231-07-53 Batafsil
  • O‘zbekiston delegatsiyasi Italiyada tashkil etilgan PIRLS dasturi seminarida ishtirok etmoqda
    ...

    O‘quvchilarning o‘qish savodxonligini baholash PIRLS dasturi doirasida 2019 yil 2-7 iyun kunlari Italiyatining Rim shahrida tashkil etilayotgan seminarda Ta’lim inspeksiyasi huzuridagi Ta’lim sifatini baholash bo‘yicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish milliy markazi vakillari ishtirok etmoqda.

    Seminarda Ta’lim sohasidagi yutuqlarni baholash xalqaro assotsiatsiyasining Amsterdam hamda Gamburg shahridagi idoralari, tadqiqotda qatnashishni rejalashtirigan dunyoning 60 dan ortiq mamlakatlari vakillari ishtirok etayotgan bo‘lib, olti kun davom etadigan tadbir mazmuni jihatidan mantiqan ikki asosiy yo‘nalishlar, ya’ni mazmun va tashkiliy yo‘nalishlardan iborat. Seminarning mazmunga oid yo‘nalishi o‘quvchilarning o‘qish savodxonligini baholashga qaratilgan nazorat-sinov materiallari, matn va topshiriqlar, o‘quvchilar, umumta’lim muassasalari rahbarlari, o‘qituvchi va ota-onalar uchun tayyorlangan so‘rovnomalar loyihalari ko‘rib chiqilishini o‘z ichiga oladi.

     Tashkiliy jihatidan sinovlarda qatnashadigan umumta’lim muassasalari va o‘quvchilarni tanlab olish mezonlari, so‘rovnomalarni o‘tkazish tartibi, tajriba-sinovlarni o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish, matnlarni tegishli tillarga tarjima qilish va xalqaro talablarga mosligini ta’minlash, ma’lumotlar bazalarini shakllantirish masalalarini qamrab olgan.

    Seminarda 60 dan ortiq davlatlar hamda xalqaro tashkilotlardan 150 dan ortiq  vakillar ishtirok etmoqda.

    O`xshash yangiliklar
...
19.01.2018 38907
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi va Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining qo‘shma qarori bilan xalqaro tan olingan tashkilotlarning oliy ta’lim muassasalari reytingida birinchi 1000 talikka kiritilgan oliy ta’lim muassasalarining ro‘yxati tasdiqlandi. Reytingda ...

...
23.01.2019 1052
Bugungi kunda oʻquvchi yoshlarning zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni puxta oʻzlashtirishlari, isteʼdod va salohiyatini namoyon etishlari muhim ahamiyat kasb etadi. Bu borada umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining 10-11-sinflari oʻquvchilariga kasbiy taʼlim berishga ixtisoslashgan oʻquv-ishlab chiqarish majmualaridagi oʻquvchi-yoshlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar talabga javob beradimi? Bugu...
HUDUDIY BO’LIMLAR
SAYT XARITASI