O‘ZBЕKISTON RЕSPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI TA’LIM SIFATINI NAZORAT QILISH DAVLAT INSPЕKSIYASI

Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda.

Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda.

Inspeksiya telefoni
998 71 231-07-53 Batafsil
  • Oʻzbekistonda Inson kapitali indeksini aniqlash uchun maktab oʻquvchilarining bilimi sinovdan oʻtkaziladi
    ...

    Jahon Banki Oʻzbekistonda Inson kapitali indeksini aniqlashda Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi bilan hamkorlik qilishi haqida xabar bergan edik.

    Yurtimizda ilk marotaba oʻtkazilayotgan ushbu jarayonni tashkil etishga oid dolzarb vazifalar joriy yilning 3-oktyabr kuni Taʼlim sifatini nazorat qilish inspeksiyasi rahbari Ulugʻbek Tashkenbayev, Jahon banki vakillari Yanssen Teysheyra va Arub Iqbol, Oʻzbekistonga xalqaro tadqiqotlarga tayyorlanishda yordam koʻrsatib kelayotgan xalqaro miqyosida tan olingan testolog, yekspert Mark Zelman hamda inspeksiyaning tegishli mutaxassislari ishtirokida muhokama qilindi. Videokonferensiya shaklida oʻtkazilgan muhokamada inson kapitali indeksini aniqlash uchun maktab oʻquvchilaridan olinadigan testlarni tanlash, ishtirokchilarni saralash va natijalarni umumlashtirish yuzasidan oʻzaro hamkorlikdagi vazifalar muhokama qilindi.

    Xususan, mazkur sinovlarni PIRLS (boshlangʻich sinf oʻquvchilarining matnni oʻqish darajasi va sifatini baholash) xalqaro tadqiqotlari savollari asosida tashkil etishga, bunda baholash 4-sinf oʻquvchilari uchun oʻquv yili hali endi boshlanganligini inobatga olib, 5-sinf oʻquvchilar oʻrtasida tadqiqot oʻtkazishga kelishib olindi. Sinovlar uchun topshiriqlar xalqaro miqyosida tan olingan testolog Mark Zelman bilan hamkorlikda inspeksiya huzuridagi Taʼlim sifatini baholash boʻyicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish milliy markazi mutaxassislari tomonidan PIRLSdan saralab tanlab olinadi va koʻrib chiqish uchun Jahon Banki vakillariga taqdim etiladi.

    Sinovlarni respublika boʻylab oktyabr va noyabr oylarida tashkil etish, bunda mavjud maktablarning 2 foizidan 10 foizgacha boʻlgan qismini tanlab olish rejalashtirilgan.

    Taʼkidlab oʻtish joizki, aynan ushbu sinov natijalari sabab Oʻzbekiston tarixda ilk marotaba Inson kapitali indeksi reytingiga kiritilishi kutilmoqda. Inson kapitali indeksi reytingini shakllantirishda asosan 3 xil yoʻnalishda maʼlumotlar tahlil qilinadi: sogʻliqni saqlash, taʼlim sifati hamda boshqa iqtisodiy koʻrsatgichlarga oid statistik maʼlumotlar. Ushbu maʼlumotlar Jahon Banki va ishtirokchi mamlakat hamkorligida shakllantiriladi. 2018-yilda eʼlon qilingan “Inson kapitali indeksi-2018” reytingida Oʻzbekiston Respublikasining maʼlumotlari eʼlon qilinmagan. Oʻzbekiston tomonidan faqat sogʻliqni saqlash va iqtisodiy koʻrsatgichlar taqdim etilgan va bu Jahon banki tomonidan qabul qilingan. Biroq 2017-yilga qadar Oʻzbekiston maktab oʻquvchilarini bilimini aniqlash uchun oʻtkazilgan monitoring ishlari xalqaro standartlarga mos ravishda emasligi sababli taʼlim sifati (oʻquvchilarning bilimini baholash) boʻyicha taqdim etilgan maʼlumotlar qabul qilinmagan.

    Jahon banki vakillari mamlakatimiz ilk marotaba ishtirok etayotgan indeks uchun maʼlumotlar tayyorlashda hamkorlikka rozilik berilgani uchun Taʼlim inspeksiyasi rahbariyatiga minnatdorchilik bildirishar ekan, ushbu xalqaro reytingni aniqlash uchun tashkil qilinayotgan sinovlarni oʻtkazishda Taʼlim inspeksiyasiga toʻla ishonch bildirilayotganligi maʼlum qilishdi.

    Yakunda tomonlar ushbu sinovlarni shaffof va obyektiv oʻtkazish boʻyicha belgilangan vazifalar yuzasidan doimiy hamkorlik qilib borishga kelishib olishdi.

    Maʼlumot uchun, Inson kapitali loyihasining eng asosiy maqsadi – jadal texnologik rivojlanish davri uchun sogʻlom, zamonaviy bilimga ega hamda muammoli vaziyatlarga moslashuvchan yangi avlodni tayyorlashga koʻmaklashishdan iborat. Soʻngi natijalarda Inson kapitaliga boshqalardan koʻproq sarmoya kiritayotgan eng faol mamlakatlar beshligidan Singapur, Janubiy Koreya, Yaponiya, Honkong va Finlyandiya oʻrin olgan. Reytingda shuningdek Markaziy Osiyoning uch davlati natijalari keltirilgan - Qozogʻiston (31-oʻrin), Qirgʻiziston (76) va Tojikiston (89).

    Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi

    Matbuot xizmati

    O`xshash yangiliklar
...
28.09.2018 1496
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasida joriy yilning 27 sentyabrida YUNЕSKOning kasb-hunar taʼlimi tizimi boʻyicha xorijiy ekspertlari (Mr Chakroun Borhene –Chief of Section of Youth Literacy and Skills Development, UNESCO, HQ, Mr Castejon Jean Marc-TVET expert) bila...

...
18.09.2019 448
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 16-yanvardagi “Taʼlim sifatini nazorat qilish tizimini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarorida Oʻzbekiston oliy taʼlim muassasalarining xalqaro darajadagi nufuzini oshirishda yetakchi xalqaro reyting agentliklari bilan hamkorlik aloqalarini yoʻlga qoʻyish vazifalari belgilangan edi. Shunga mu...
HUDUDIY BO’LIMLAR
SAYT XARITASI